Har qanday boshqarish qarorini qabul qilishda variantlami o‘rga-
nishga yo‘naltirilgan iqtisodiy tahlildan foydalaniladi. Qarorni qabul
qilish mezoni samaraliroq bo‘lgan variantni tanlashdir.
Qarorni qabul qilishda iqtisodiy tahlil rolining oshishi tizimli
tahlildan foydalanishga va bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni
boshqarishda tub o'zgarishga olib kelgan holda, asosan quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
- jarayonlami joriy boshqarishdan strategik, istiqbolli bosh-
qarishga o‘tish;
- alohida xususiy tizim ostilaridan kompleks tizimga o'tish;
- yangi mahsulotlami, bozorlami va jarayonlami o‘rganish
bo‘yicha tezkorlikning va moslashuvchanlikning oshishi;
- alohida hodisalar tahlilidan qarorlar variantlarining tizimli tah-
liliga o‘tish;
- samaradorlikning alohida elementlarini hisoblashdan barcha
omillami kompleks baholashga o‘tish;
- joriy nazoratni hisoblash texnikasi va iqtisodiy-matematik
usullardan foydalanish asosida qo‘llash hisobi.
Boshqarishda iqtisodiy tahlil asosida kompyuter texnikasidan
foydalangan holda ratsional qarorlami tayyorlash va qabul qilish
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tizimli yondashuv kibemetika, tizimli tahlil, operatsiyalarni
tadqiq qilish, qarorlar nazariyasi kabi fanlaming rivojlanishi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Ulami oddiy elementlar yig'indisidan iborat
bo‘lgan tizimlar va obyekt tushunchasi emas, balki butun rivojlanuvchi
yagona uslubiyat birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: