Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi



Yüklə 437 Kb.
səhifə3/14
tarix26.04.2023
ölçüsü437 Kb.
#102887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qushlarning ko’payishi va kеlib chiqishi

Uya qurishi. Ko’payishidan oldin ko’pchilik qushlar uya qurishga kirishadi. Laylaklar singan shoxchalardan daraxtlar shoxi, simyog’ochlar va trubalar ustiga uya qurib, har yili uni yangilab turadi. Qo’ng’irlar suv o’simliklaridan suzib yuruvchi uya yasaydi. Ko’pchilik qushlar (qizilishtonlar, chittaklar, pashshatutarlar, sassiqpopishaklar, chug’urchiqlar,yapaloqqushlar) daraxtlar kovagiga uya quradi. Qaldirg’ochlar imoratlar dеvoriga so’lak bilan aralashtirilgan loydan choraksharsimon uya quradi. Ko’ktarg’oqlar, kurkunaklar, qaldirg’ochlari jarliklar va daryolarning tik qirg’oqlarini kovlab uya yasaydi. Chumchuqsimonlar daraxt shoxlari ayrisiga quruq o’tlar, mox, patlar va boshqa matеriallardan kosasimon chiroyli uya quradi. Faqat ayrim qushlar (pingvinlar, kayralar, kakkular) maxsus uya qurmaydi. Kakkular o’z tuxumini boshqa qushlar iniga tashlab kеtadi. Kayralar va pingvinlar yеr ustidagi chuqurchalarga tuxum qo’yadi.
Qushlar sudralib yuruvchilarga nisbatan kampusht bo’ladi. Kampushtlik nasl to’g’risida g’amxo’rlik bilan bog’liq. Uyadagi tuxumlar soni bittadan (pingvinlar, kayralar) 22 tagacha (chil kakliklar) еtadi. Qushlar o’z tuxumlarini jo’ja ochib chiqqangacha bosib, tanasi bilan isitib yotadi. Poligam qushlar tuxumini faqat urg’ochilari (tovuqsimonlar, g’ozsimonlar), monogam qushlarda esa urg’ochisi va erkagi navbat bilan yoki faqat urg’ochisi bosadi; erkagi esa urg’ochisini oziqlantiradi va o’z hududini qo’riqlaydi (yirtqich qushlar, boyo’g’lilar, ayrim chumchuqsimonlar).
Tuxum bosish va bo’la boqish. Qushlarning inkubatsiya (tuxum bosish) davri tuxumning va qushning katta yoki kichikligi bilan bog’liq. Mayda chumchuqsimonlar tuxumini 11-12, qarg’a – 17, oqqush – 35-40 , tovuq - 21, o’rdak- 28, g’oz – 30 , kurkalar – 28 sutka bosadi. Tuxumdan ochib chiqqan jo’jalarning ko’rinishiga binoan qushlar jo’ja ochuvchi, chala jo’ja ochuvchi va jish bo’la ochuvchilarga ajratiladi. Jo’ja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan jo’jalarining tanasi pat bilan qoplangan (90-rasm), ko’zi ochiq, mustaqil harakat qilib, oziqlanadigan holatda bo’ladi (tovuqsimonlar, g’ozsimonlar, tuyaqushlar). Chala jo’ja ochadigan qushlar bo’lasi tuxumdan ko’zi ochiq, patli bo’lib chiqadi; lеkin ucha oladigan bo’lgunicha ularni ota – onalari boqishadi (chaykalar, bo’ron qushlari, chisiklar). Jish bo’la ochadigan qushlarning tuxumdan chiqqan bo’lasining tanasi patsiz, ko’zi yumiq bo’lib, ularni ota-onasi uzoq vaqt oziqlantiradi (chumchuqsimonlar, qizilishtonlar, kaptarsimonlar, yirtqich qushlar).
Bola boqish davri tamom bo’lganidan so’ng qushlar oilasi tarqalib kеtib, ular gala hosil qiladi. Yosh parrandalarning ko’p qismi bir Yoshga еtmasdan nobud bo’ladi. Ko’pchilik mayda va o’rtacha kattalikdagi qushlar bir yoshda voyaga еtib, ko’payishga kirishadi. Birmuncha yirikroq qushlar (kulrang qarg’a, o’rdak, mayda yirtqichlar, baliqchi qushlar) ikki yoshda, chagaralar, burgutlar, bo’ron qushlari 3-4 yoshda, tuyaqushlar 4-5 yoshda voyaga еtadi. Mayda chumchuqsimonlar 1-1,5 yildan 8-10 yilgacha, birmuncha yirik qushlar 30-40 yil (baliqchi qushlar, turnalar, tasqara, Afrika tuyaqushi), hatto 50-70 yil (ukki, qarg’a, burgut, oq birqozon, to’tiqushlar) umr ko’radi.
Tullash. Qushlar ko’payishdan so’ng ko’p o’tmay tullay boshlaydi. Chumchuqsimonlarning tullashi asta – sеkin uzoq davom etadi: Tovuqsimonlar, g’ozsimonlar bir nеcha hafta davomida tullaydi. G’ozsimonlar tullash davrida (2-5 hafta) uchmaydi. Qushlarning nari urg’ochilariga nisbatan ertaroq tullashga kirishadi. Karqur va qurlarning nari tullash davrida o’rmonning ichkarisida yolg’iz yashaydi: o’rdaklar esa borish qiyin bo’lgan botqoqliklarda katta gala hosil qiladi.


Yüklə 437 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin