Qurilishda axborot texnologiyalari fanidan Hisob grafik ishini bajarish uchun masalalar to’plami Topshiriq №1: Quyidagi chiziqli masalalarni Python tilida dasturini tuzing



Yüklə 346,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.04.2023
ölçüsü346,24 Kb.
#102808
  1   2   3
python topshiriqlar



Qurilishda axborot texnologiyalari fanidan
Hisob grafik ishini bajarish uchun masalalar to’plami
Topshiriq №1: Quyidagi chiziqli masalalarni Python tilida dasturini tuzing: 
1-masala. Kvadratning tomoni a berilgan. Uning perimetri P=4*a va yuzasi S=a
2
ni hisoblash 
dasturini tuzing. 
2-masala. Kubning yon tomoni a berilgan. Uning hajmini V = a
3
va to‘la sirti S=6*a
2
ni 
hisoblash dasturini tuzing.
3-masala. Paralelepepidning tomonlari a, b, с berilgan. Uning hajmini V = a*b*c va to‘la sirti 
S = 2*(a*b+b*c+a*c) ni hisoblash dasturini tuzing.
4-masala. Nolga teng bo'lmagan ikkita son berilgan. Ularning yig‘indisini, ko‘paytmasini va har 
birining modulini hisoblash dasturini tuzing.
5-masala. Umumiy markazga ega bo‘lgan ikkita aylana radiusi berilgan: R1,R2 (R1>R2). 
Ularnig yuzalari S1 va S2, ularning ayirmasi S3 ni hisoblash dasturini tuzing. S1 = π R1
2
, S2= 
π R2
2
, S3 = π (R1
2
- R2
2
) . π ning qiymatini pythondan oling. 
6-masala. Aylananing uzunligi L berilgan. Uning radiusi R va yuzasi S ni hisoblang dasturini 
tuzing. L = 2* π *R, S = π R
2
, π ning qiymatini pythondan oling. 
7-masala. Aylananing yuzasi S berilgan. Uning diametri D va radiusi R ni hisoblash dasturini 
tuzing. L = 2* π *R S = π R
2
, π ning qiymatini pythondan oling. 
8-masala. Sonlar o‘qida А, В, С nuqtalar berilgan. AC va BC kesmalarning uzunligini va 
kesmalar uzunligining yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing.
9-masala. Sonlar o‘qida А, В, С nuqtalar berilgan. С nuqta A va В nuqtalar orasida joylashgan. 
AC va BC kesmalar uzunligining ko‘paytmasini toping va dasturini tuzing.
10-masala. To‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi uchlari koordinatlari berilgan. Uning 
tomonlari koordinata o‘qiga parallel. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzasini hisoblash 
dasturini tuzing.
11-masala. Uchburchakning uchta tomoni uchlari koordinatalari berilgan: (x1,y1), (x2,y2), 
(x3,y3). Ikki nuqta orasidagi masofani topish(uchburchakning tomonlari uzunliklari) dasturini 
tuzing. 
12-masala. A, В va С sonlari berilgan. A ning qiymati В ga, В ning qiymati С ga va С ning 
qiymati A ga almashtirilsin. A, В va С ning yangi qiymatlarini ekranga chiqaruvchi dastur 
tuzing.
13-masala. x ning qiymati berilganda y=3x
6
-6x
2
-7 funksiyaning qiymatini hisoblash dasturini 
tuzing.
14-masala. x ning qiymati berilganda y=4(x-3)
6
-7(x-3)
3
+2 funksiyaning qiymatini hisoblash 
dasturini tuzing.
15-masala. A soni berilgan. A ning A
2
, A
3
, A
5
,A
10
, A
15
darajalarini aniqlovchi dastur tuzing.
16-masala. Temperatura T
F
Farengeytda berilgan. Temperatura qiymatini T
C
gradus selsiyga 
o‘tkazuvchi dastur tuzing: T
C
=(T
F
-32)*5/9.
17-masala. Temperatura T
C
gradus selsiyda berilgan. Temperatura qiymatini T
F
Farengeytga 
o‘tkazuvchi dastur tuzing: T
C
=(T
F
-32)*5/9.
18-masala. X kg shokolad A so‘m turadi va Y kg konfet В so‘m turadi. 1 kg shokolad 1 kg 
konfetdan qancha qimmat turishini aniqlovchi dastur tuzing.
19-masala. Qayiqning tezligi V km/soat, daryo oqimining tezligi U km/soat (V>U) Qayiqning 
daryo oqimi bo‘yicha xarakatlanish vaqti T1, oqimga qarshi T2 Qayiqni yurgan S yo‘lini 
aniqlovchi dastur tuzing.


20-masala. Birinchi avtomabilning tezligi V1 km/soat, ikkinchisiniki V2 km/soat, ular orasidagi 
masofa S km. Ular biri-biri tomonga harakatlana boshlasa T vaqtdan keyin ular orasidagi 
masofani aniqlaydigan dastur tuzing. 
21-masala. Uch xonali son berilgan. Uning raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'lgan 
sonni aniqlovchi program tuzilsin.
22-masala. Uch xonali son berilgan. Uning chapdan birinchi raqamini o’chirib o'ng tarafiga 
yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
23-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'ngdan birinchi raqamini o’chirib chap tarafiga 
yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
24-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan yuzliklar 
xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish 
=123; Natija = 213)
25-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan birliklar xonasidagi 
raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123; 
Natija = 132)
26-masala. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish 
operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni yuzliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma 
tuzilsin.
27-masala. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish 
operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma 
tuzilsin.
28-masala. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut 
to’la o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
29-masala. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha to’la soat 
o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin. 
30-Uch xonali son berilgan. Uning raqamlar yig'indisini aniqlovchi programma tuzilsin.

Yüklə 346,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin