22
saqlanmoq uchun ularning xatti-harakatlarini mahkam tutmoq
har bir aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga yaqin bo‘lish
uchun eng asosiy yo‘l – ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki
ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq soladilar,
o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto ular
o‘z panohida turgan boshqalarning gunohini ham kechib
yuboradilar.
Ishonchli bir buxorolik olimdan va nisoburlik boshqa bir
ishonchli olimdan shunday eshitgan edim, ular bu so‘zni
payg‘ambarga nisbat berib aytgan edilar: payg‘ambar
qiyomatning belgilari, oxir zamon fitnalari va o‘g‘uz
turklarining xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: turk
tilini o‘rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom
etadi.
Hadisning to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligining javobgarligi
aytgan kishilar gardaniga. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, turk tilini
o‘rganish vojib(zarur)dir; hadis to‘g‘ri bo‘lmagan taqdirda ham
uni o‘rganish zarurligini aql taqazo qiladi (MK.I.43–44).
Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarida turkiy qavmlarning
yerlashuvi, bu o‘lkalardagi xalqlarning tillari to‘g‘risida ham
keng ma’lumot beradi. Asarda ta’kidlanishicha, Rumga yaqin
birinchi qabila
Dostları ilə paylaş: