218
voqea-hodisalar Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida yuz
bergan. Aftidan, bundan burunroq, xitoy bosqini chog‘ida
tavg‘ach imperatorining o‘g‘li bu yerlarga kelgan va shu yerda
halok bo‘lgan. Uning jasadi shu toqqa qo‘yilgan bo‘lishi
mumkin yoki yerli xalq orasida uning bilan bog‘liq biror
rivoyat tarqalgan chiqar. Shularga asoslanib, To‘nyuquq ham
joy nomini shunday atagan. Bunga o‘xshash hodisalar O‘rta va
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida uchrab turadi. Masalan, arab
istelosi chog‘ida islom olamida dong‘i ketgan ayrim
kishilarning jasadi bizning tuprog‘imizga qo‘yilgan yoki
muqaddas qadamjolar avliyolar, ayrim sahobalarning nomi
bilan bog‘lanadi. Jumladan, yurtimizda hazrat Ali va uning
o‘g‘illarining nomi bilan bog‘lanuvchi qadamjolar bor.
Vaholanki, ular bu tuproqqa kelmagan ham.
Shunday qilib, ilk o‘rta asrlarda madaniy, falsafiy va diniy
qarashlar, adabiy aloqalar etkisida qadimgi turkiy tilga
xitoycha so‘zlarning butun bir qatlami o‘zlashgan edi. Xuddi
shuning singari, o‘sha kezlarda xitoy tiliga ham turkiy tildan
ko‘plab atamalar o‘tgani ma’lum. Ushbu qatlam leksikografiya
tarixi, turli oilalarga kiruvchi turkiy va xitoy tillarining o‘zaro
munosabatlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: