Qon unversiteti maxsus



Yüklə 48,73 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü48,73 Kb.
#202250
1   2   3   4
ft5f7JIo5Dp3Ihu46SvqhQGzx9lcDB5X

Topshiriq – 4

“ Men o‘z kasbimni sevaman” Mavzu asosida “ESSE” yozing


KIrish:
Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashidir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
Asosiy qisim:.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh .M.Mirziyoev tashabbuslari bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining biringi Prezidenti I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi dunyosini to‘g’ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to‘g’ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g’ri qaror qabul
qilish;
- tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish
qobiliyati; Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi.
Xulosa:
Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg’otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog’likdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g’amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Yüklə 48,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin