qilmoqda. Bunday vaziyat ko'proq qishloq aholi punktlarining
ko'pchiligi markaziy aholi punktiga yondosh bo'lganida kuzatiladi.
Bunday holatda mahalliy markaz (tuman markazi) o ‘ziga yondosh
qishloq aholi punktlari, shuningdek o ‘z hududi chegaralari yaqinida
joylashgan ayrim qishloq xo'jalik obyektlari bilan joylashuv yadrosini
shakllantiradi, bu yadro lokal hududiy joylashuv birligining rejali
tuzilmasida yetakchi o'rinni egallaydi.
Shahardan tashqarida yashaydigan, lekin markazda ishlaydigan
mehnatkashlar joylashuvining chiziqli radiusi bir qator omillarga,
birinchi navbatda, transport qatnoviga bog'liq ravishda sezilarli
darajada farqlanadi. Shaharlikmas mehnatkashlaming katta qismi
(30% va undan ko‘p) mahalliy markazga avtobus qatnovi bilan
bog‘langan bo'lib, odatda, shahardan IS km dan uzoq bo'lmagan aholi
punktlarida yashaydilar. Bunday mehnatkashlaming aksariyati uchun
joylashuv zonasi markaziy aholi punktidan 10-12 km uzoqlikdagi
radiusni tashkil qiladi. Bir soatli yo‘l radiusida joylashgan qishloq
aholi punktlarida yashovchi aholi (shuningdek, 10-15 km uzoqlikda,
ya’ni 1,5 soatli radiusda yashaydiganlar ham) tumanning boshqa aholi
punktlariga qaraganda tuman markazi bilan ko‘proq va yaqinroq,
taxminan haftasiga bir marta aloqada bo'lib, tuman markazidagi
asosiy madaniy-maishiy muassasalardan foydalanadilar. Mehnat va
madaniy-maishiy aloqalar tahlili shuni ko'rsatdiki, ushbu zonada
joylashgan qishloq aholi punktlari shahar bilan boshqa aholi
punktlariga qaraganda ko'proq aloqada bo'lar ekanlar. Bundan kelib
chiqib aytish mumkinki, ko'pchilik tuman markazlari 10-15 km
radiusda o'ziga xos «intensiv ta’sir zonasi»ni tashkil etadilar.
Bayon etilganlaming hammasi mahalliy markaz va unga yaqin
joylashgan qishloq aholi punktlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar
yetarlicha murakkab xususiyatlarga ega ekanligidan va mahalliy
markazga tushayotgan yuklama nafaqat mavjud, balki, intensiv ta’sir
zonasida yashaydigan aholining kundalik qatnovlari natijasida borgan
sari ortib borishidan dalolat beradi. intensiv ta’sir zonalaridagi aholi
punktlari aksariyat hollarda tumanning boshqa qishloq aholi
punktlariga qaraganda tezroq rivojlanadi. Natijada, ushbu zona
joylashuvning mahalliy tizimi va uning markazi tuzilmaviy-rejali
tashkil etilishining mustaqil kompleks omili sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: