Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli


  Biz bir-birimizga juda kerakmiz



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Qaytganimda uyda bo l


Biz bir-birimizga juda kerakmiz...
Qizim Dostu,
piyozli piyova sho’rva juda zo’r chiqdi. Uning tayyorlanishini 
ayniqsa Jan sarimsoq surtilgan qotgan nonlarni sho’rvali ko’zachalarga 
biqtirib, ustidan ziravor sepgancha duxovkaga tiqqan onlarni kuzatish 
juda maroqli. Ikki daqiqadan so’ng biz farangcha sho’rvadan 
lazzatlandik. Tansiq taomga oq vino hamrohlik qildi.
Biz anchadan beri piyozli piyovadan totib ko’rishni istardigu hech 
vaqt-soatini topolmay garang edik. Uning bunchalar shirin bo’lishi 
xayolimizgayam kelmagan ekan. Maktab davridagi katta-katta 
parraklangan piyoz bo’laklari suzib yurgan shiltiq sho’rva hech kimning 
ishtahasini ochmasdi-da... 
"... Menimcha, fransuzlarning o’zlari ham bu g’aroyib taomni 
qanday tayyorlanishini unutib yuborishganlari sababli doim biri-biridan 
shirin yangi retseptlarni o’ylab topishadi. Eng muhimi - piyozning shirin 
navlaridan keraklisini tanlash. Shakar qo’shish esa ilojsiz hollardagina 
zarur. Yana sho’rvani kim bilan tanovul qilishingiz ham muhim. 
Fransuzlar piyozli piyovani yolg’iz ichishmaydi. "BUNING UCHUN U 
HADDAN TASHQARI ISSIQ VA LAZZATLI", der edi mening 
Izabellam." 
Jan buvisini shunday atagan. Uning ota-onasi avtohalokatda nobut 
bo’lganlarida Jan hali bolakay edi. Uni Izabella xonim tarbiya qilgan. 
Ujuda oqila ayol bo’lganiga isjonchim komil. Buvisining tug’ilgan 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
kunida Jan piyozli sho’rva qaynatadi, do’stlarini chorlaydi va 
jilmaygancha bolaligini xotirlaydi. 
Jan Fransiyaning shimolida, dunyodagi barcha rassomlar, shular 
jumlasidan Mone ham manzaralar chizgani keladigan Barbizon 
shahridan.
"Mening Izabellam menga odamlarni sevish va boshqalarga 
o’xshamaganlarga yordam berishni o’rgatdi. Balki, bundaylar o’shanda, 
bizning mingtacha aholisi bor kichik qishlog’imizda boshqalardan 
ajralib turishgani va bu ularni og’ir ahvolga solganligidan bo’lsa kerak. 
Buvim aytishicha, o’rtamiyonalik-hukmronlikni qo’lga olganlarning 
o’ylab topgan aqidasi bo’lib, bizlarni kamsitish va o’ylab topgan 
ideallariga muvofiq kelmasligimizni pesh qilish quroli bo’lgan. O’zlarini 
allaqanday illatlilar toifasiga kiritib qo’yganlarni boshqarish osonroq 
emish... U meni maktabga kuzatib qo’yarkan, har gal bir gapni turli 
jumlalar orqali uqtirardi.
"BUGUN 
SEN 
O’ZINGDAGI 
BETAKRORLIKNI 
UCHRATASAN DEB UMID QILAMAN!" derdi rahmatli..." 
... Dostu, o’sha kecha juda ajoyib edi. Chor-atrofimiz ajoyib 
xotiralar, ishtaha ochuvchi iforlar, ta’mning yangicha mazasi bilan to’liq 
edi.
To’kin dasturxon atrofida o’tirardik, radiodan esa Toni 
Bennettning "Life is beautiful" taronasi taralayotgandi. Oyoqlarimiz 
ostida qorni to’ygan Mars va mezbon mushuk Matis uxlardi. Bizni 
yorug’ xotirjamlik og’ushiga olgandi, bir so’z bilan aytganda, hayot 
davom etardi.
Jan Izabella xonimni, Mariya ikkimiz esa o’zimizning bobo-yu 
buvilarimizni eslardik. Biz ulardan xayolan uzr so’rar va hayotiy 
saboqlarimiz uchun tashakkurlarimizni bildirardik. Biz ulg’aygan sari 
ularning g’amxo’rliklariga kamroq muhtoj bo’lganligimiz uchun unutib 
qo’yganday edik. Ular esa baribir bizlarni sevishda, kutishda davom 
etishgan.


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
Dostu, bu g’alati dunyoda bizlar bir-birimizga g’oyatda kerakmiz.
Unutma, bizga keraksan!
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin