Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/26
tarix22.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#89012
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Qaytganimda uyda bo l

 
 
 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
22 
Orzu yo’lida chekinma, unga yetishmoq uchun tavakkal 
qilishdan cho’chima!
Dostu,
Yaxshimisan, qizim? Salomat boʻlsang kerak. Sen yurgan joylar 
ham issiq boʻlsa kerak ... 
Sendan xat-xabar kutib qolamiz. Mabodo yozmoqchi yoki 
kelmoqchi boʻlsang, xatjildda manzilimiz bor. Bu biz uchun baxt 
boʻlardi. Oying hali ham xoʻjagʻat qiyomli pecheniye pishirmoqda. U 
Leonga shu qadar yoqadiki, kecha bildirmasdan senga olib 
qoʻyganimizni ham yeb qoʻyibti.
Bizning ishlarimiz joyida. Ertaga kechki paytgacha Jan Darʼya 
bilan safardam qaytib qolishlari kerak. Hozircha qoʻngʻiroq qilishmadi, 
balki aloqa yoʻqdir. Mayli, dam olishsin. Nimadandir gʻashman. Qon 
bosimimni oʻlchatib koʻrishim kerak...
Kecha dasturxonimizni sabzavoti mevalar bilan taʼminlab 
turadigan Salohni cherkov yonida uchratib qoldim u bamiua deb 
ataladigan sabzavotlarni yerkazib beradigan mashinani kutib turgan 
ekan. Sabzavotni yana boshqacha qilib "orqa" deb ham atashadi. Sirtini 
qoplagan mayda tuklarni aytmasa, xuddi ingichka qalampirning oʻzi.
Men bamiyani oq loviya, qizil garmdori va piyoz qoʻshib 
tayyorlashni oʻrganib oldim. Garniriga esa qaynatilgan guruch 
qoʻshiladi. Mariyaga ham bu taom yoqdi. Juda ham mazali!
Salohning aytishicha, rohiblar ham cherkov tomorqasida bamiya 
yetishtirishga urinib koʻrishgan ekan.
"Ruhoniylar maʼqul koʻrgan bu sabzavotni yeb turish kerak. Xoʻsh, 
qoʻshni sizga qancha tortay? " 
Salohning doʻkonida bamiya talash boʻlib ketadi. Abadiy qish 
shahrida sabzavotlarga munosabat oʻzgacha. Bamiya tarkibida foliy 


Qaytganimda uyda bo’l Elchin Safarli 
@BookBek 
kislotasi koʻpligi uchun u homilador ayollarga foydali, ayniqsa birinchi 
uch oyida. Tugab qolmasidan biror kilo ola qolaman.
"Men sabzavot va mevalar sotishni ellik yoshimdan keyin 
boshladim. Bungacha gaz idorasida zerikarli ish bilan band edim. 
Bolalar katta boʻlishdi, kichikroq boʻlsa ham uy qurdim, daraxt ekdim, 
ammo yuragimdagi notinchlik bosilmadi. Oʻzlarining sevimli 
yumushlarini topib olganlarga yovvoyilarcha hasad bilan qarardim. Men 
esa oʻzimning sevimli soham qaysiligini hech ajratolmasdim. Yo qalb 
koʻzim ochilmagan, yo tuygʻularimning tili soqovdek, faqat moʻjizaga 
ishonib yashardim " 
Salohning roʻzgʻorida bozorlikni xotini bilan kenja oʻgʻli qilardi. 
Bir kuni ishxonasidan ertaroq chiqib oʻzi ham ularga qoʻshilib olibdi de. 
Oʻsha yerda, bodring va apelsinli qutilar orasidan unga shu paytgacha 
maʼlum boʻlmagan haqiqat ochildi.
"Ranglar, tovushlar, iforlar ogʻushidagi bu joyda oʻz doʻkonimni 
masavvur qildim. Idoradan boʻshadim, doʻkon uchun maʼqul joyni 
ijaraga oldim, bor sarmoyamni yangi ishga sarfladim. Shu tariqa mana 
shu koʻchamizda doʻkoncha ochdim. Dastlabki oylarda ancha 
qiynaldim, keyin bari izga tushib ketdi. Narxlarimizni koʻrib turibsan, 
oʻrtachadan pastroq, jni oshirmaymiz. Endi tonglarda ishga borishga 
majbur boʻlganim uchunmas, yangi kasb-korimni yaxshi koʻrib 
qolganim uchun uygʻonaman..." 
Qizim, hayot oʻz tasodiflari orqali orzular va ishonchdan 
chekinmaslikka, kezi kelganda tavakkal qilishdan choʻchimaslikka 
oʻrgatadi.
Sogʻinib kutgan, 
Dadang 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin