Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi maktabgacha, boshlang



Yüklə 160,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix20.09.2023
ölçüsü160,94 Kb.
#146119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ONA TILI FANIDAN LUGʻAT VA TEKSHIRISH DIKTANTLARI (umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqit

2. Mirzo Ulugʻbek 
Bobokalonimiz Mirzo Ulugʻbek ham podshoh, ham olim edilar. U kishi 
Amir Temurning nevarasi boʻlganlar.
Mirzo Ulugʻbek 15 yoshidan boshlab, podshohlik qila boshlagan. 40 
yillik podshohlik davrida juda koʻp savob ishlarni amalga oshirgan. 
Samarqandda osmon sirlarini oʻrgahish uchun rasadxona qurdirganlar. 
Rasadxonada osmon jismlari kuzatilgan. Samarqand shahridagi ushbu 
rasadxona bugungi kunda ham saqlanib qolgan. Shuning uchun ham u kishini 
buyuk munajjim, olim va shoh deyishadi.
 (65 soʻz)
3. Qish 
Oʻlkamizda dekabr oyida oltin kuz oʻrnini kumush qish fasli egallaydi. 
Bepoyon dalalarni, bogʻlarni, togʻlarni, dov-daraxtlarni oppoq qor qoplaydi. 
Ona tabiat oq choyshabga oʻranadi. Hamma yoqda sovuq izgʻirin kezadi.
Qishda yerga sepilgan don urugʻlari qor ostida zararsiz turadi
muzlamaydi. Hozir urugʻlar tinch uyquda. Daraxtlar ham oppoq qorga 
oʻranib, rohatlanib uxlamoqda. 
Qish faslida, ayniqsa dekabr oyida, juda tez qorongʻi tushadi. Kunduzi 
juda qisqa, kechasi esa uzun boʻladi.
(66 soʻz) 


19 
4
.
Vatan
Inson oʻzligini anglagan, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida 
Vatanga muhabbat tuygʻusi ildiz otib, ulgʻaya boradi. Bu ildiz qancha teran 
boʻlsa, tugʻilib oʻsgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak boʻladi. 
Albatta, jahon keng, dunyoda mamlakat koʻp, lekin bu olamda betakror ona 
yurtimiz, Oʻzbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu goʻzal yurt, bu muqaddas 
zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulugʻ tuygʻu har birimizning dilimizga 
jo boʻlishi, hayotimizning mazmuniga aylanishi lozim. I.A.Karimov
(69 soʻz)
5. Alisher Navoiy 
Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tugʻilgan. U 
bolaligidanoq ziyrakligi, oʻtkir zehni, she’r oʻqish va yodlash qobiliyati bilan 
koʻpchilikning e’tiborini qozondi. Alisher 10-12 yoshidanoq ilk she’rlari 
bilan shoir va olimlarni hayratga soldi. U davlat arbobi sifatida mamlakat va 
xalq faravonligi uchun kurashdi. Maktab, madrasa, shifoxona, kutubxonalar 
qurdirdi. Ariq va kanallar qazdirdi. Ilm va san’at ahllariga rahnamolik qildi. 
Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida Hirotda vafot etdi.
 (70 soʻz)

Yüklə 160,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin