Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi biologiya fanidan nazorat topshiriqlarini



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix13.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#112723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BIOLOGIYA FANIDAN NAZORAT TOPSHIRIQLARINI BAJARISH METODIKASI VIII

 
Muallif 
 
 
 



NAZORAT ISHI. NI –1 

Mavzu.Hujayra va to‘qima. Ichki sekretsiya bezlari. 
Nazorat shakli: Test topshiriqlari. 
 
1. Odam organizmi faoliyatini o‘rganuvchi fan qanday ataladi? 
A. Gigiyena B. Anatomiya C. Fiziologiya D. Sitologiya 
2. Ibn sinoning “Kitob al-qonun fit tibb” asarida … haqidagi 
ma’lumotlar keltiriladi. 
1. Odam a’zolarining tuzilishi, funksiyasi
2. Kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari
3. Insonning dastlab hayvonot dunyosidan kelib chiqqanligi
4. Oddiy va murakkab dorilar, ularning a’zolarga ta’siri
5. 1116 xil dori
6. O‘simlik va hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati 
A. 1, 2, 3, 4 B. 2, 3, 4, 5 C. 3, 4, 5, 6 D. 1, 2, 4 
3. Qaysi o‘zbek olimi qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va 
davolash bo‘yicha ilmiy izlanish olib borgan? 
A. Vohidov V. B. To‘raqulov Yo. X. 
C. Oripov O‘. D. Zufarov K. A. 
4. Hujayra membranasi qanday vazifalarni bajaradi? 
1. Moddalar almashinuvi 2. Oqsil sintezi 3. Hujayra bo‘linishi
4. Zaharli chiqindilarni qonga chiqarish
5.Hujayralararo suyuqliklardagi ionlar tarkibini muvozanatda 
ushlab turish 
A.2, 5 B.1, 5 C. 2, 3 D.1,4 
5. Hujayra tarkibiga kiruvchi organik moddalarni aniqlang?
1. Suv 2. Yog` 3.Uglevod 4.Makro elementlar 5.Oqsil 
6.Mikro elementlar 7.Nuklein kislotalar
A.1,2,3,4
B.2,3,5,7
C.1,5,6,7
D.1,3,5,6 
6. Qaysi to‘qima ichki a’zolar pardasi deb ham ataladi? 
A. Epiteliy B. Biriktiruvchi C. Muskul D. Nerv 



7. Odamdagi qaysi to‘qima hujayralarida elastik tolalar ko‘p 
bo‘lib, ular cho‘zilish, bukilish, tortilish kabi ta’sirlarga chidamli 
bo‘ladi?
A. Epiteliy B. Biriktiruvchi C. Muskul D. Nerv 
8. Epiteliy to‘qimasining xarakterli belgisini aniqlang.
A. O‘zaro zich joylashgan hujayralardan iborat. 
B. Hujayralararo moddasi bo‘lmaydi yoki juda kam bo‘ladi.
C. Tez ko‘payish xususiyatiga ega.
D. Barcha javoblar to‘g`ri. 
9. Silliq muskullarga xos belgilarni aniqlang. 
1. Shakli duksimon. 2. Tolasining uzunligi 0,1 mm. 3. Bir 
yadroli.
4. Ko‘p yadroli. 5. Kalta miofibrilla ipchalari mavjud. 6. 
Suyaklarga birikadi.
7. Qon tomirlari devorida bo‘ladi. 8. Faoliyati odam ixtiyoriga 
bog`liq.
9. Oshqozon – ichaklarda bo‘ladi.
A. 1,2,3,6,7,8.
B. 1,2,3,5, 7,9
C. 2,4,6,7,9 
D. 1,2,7,8,9 
10. Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kirishini belgilang?
A. Oshqozon osti bezi, so‘lak bezlari, gipofiz, qalqonsimon bez 
B. Buyrakusti bezi, qalqonsimon bez, ayrisimon bez, qalqon orqa 
bezi 
C. Jigar, oshqozonosti bezi, ko‘z yosh bezi 
D. Gipofiz, epifiz, qalqonsimon, buyrakusti bezi, jinsiy bezlar 
11. Intermidin gormoni qaysi ichki sekretsiya bezidan ajraladi? 
A. Ayrisimon bez B. Epifiz bezi 
C. Gipofiz bezi D. Qalqon orqa bezi
12. Gormon – bu … .
A. Organizmdagi reaksiyalarni tezlashtiruvchi ferment 
B. Hujayra tarkibiga kiruvchi oqsil 



C.Organlar faoliyatiga ta’sir qiluvchi biologik faol modda 
D. Modda almashinuv jarayonini tezlashtiruvchi mineral 
moddalar yig‘indisi 
13. Bosh miyaning asosida, ya’ni o‘rta miya sohasida qaysi bez 
joylashgan va u ishlab chiqaradigan gormon qanday vazifani bajaradi?
A. Gipofiz, orgnizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. 
B. Ayrisimon bez, jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi. 
C. Epifiz, organizmda pigment almashinuvini boshqaradi. 
D. Qalqonorqa bez, odam organizmida kalsiy – fosfor 
almashinuvini tartibga soladi. 
14. Qalqonsimon bez faolligi pasayganda qanday kasallik kelib 
chiqadi? 
A. Gipoterioz B. Qandli diabet 
C. Tireotoksikoz D. Tetaniya 
15. Timozin gormoni qanday jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi? 
1) bolalarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi. 
3) bolada balog‘atga yetishni susaytiradi.
4) limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
5) organizmning immunitet xususiyatini oshiradi. 
A. 1, 4, 5 B. 1, 2, 4 D. 1, 2, 5 C.barcha javoblar to‘g`ri 
16.Odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lsa ham 
funksiyasi bir-biriga chambarchas bog`liq bo‘lgan sistemani aniqlang. 
A.qon aylanish B.ovqat hazm qilish
C.nafas olish D.endokrin
17.Odamda qaysi bezning faoliyati buzilsa, tananing umumiy
qaltirashi kuzatiladi? 
A.buyrak usti B.oshqozonosti C.qalqon orqa
D.qalqonsimon 
18.Qaysi bezning vazni chaqaloqda 12 g, 14-15 yoshda 30-40 g ga 
yetadi? 
A.ayrisimon bez B.buyrak usti bezi 
C.epifiz bezi D.qalaonsimon bez 



19.Androgen va estrogen garmonlari qayerdan ishlab 
chiqariladi? 
A.buyrak usti bezining miya qavatidan 
B.gipofiz bezining orqa bo‘lgidan 
C.buyrakusti bezining ustki po‘stloq qavatidan 
D.gipofiz bezining oldingi bo‘ldigan 
20.”Langergars orolchasi” deb atalgan hujayralar to‘plami qaysi 
bezga tegishli? 
A.epifiz bezi B.me’daosti bezi 
C.ayrisimon bez D.qalqon orqa bezi 
21.Qaysu bezdan ajralayotgan garmon ta’sirida follikula
rivojlanadi? 
A.jinsiy bez B.buyrakusti bezi C.qalqonsimon bez
D.me’daosti bezi 
22.Italiyalik shifokor Andrias Vezaliy yozgan asarni belgilang. 
A.”Bosh miya reflekslari” 
B.” Odam tanasi qismlari” 
C.”Odam tanasining tuzilishi to‘g`risida”
D.” Nerv sistemasi fiziologiyasi” 
23.Quyidagi olimlardan qaysi biri “Gerontologiya”ga oid ishlari 
uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan? 
A.Pavlov Ivan Petrovich 
B.Mechnikov Ilya Ilich 
C.Sechenov Ivan Mixaylovich 
D.Leonardo da Vinchi 
24.O‘zbekistonlik qaysi olim oshqozonosti bezining bir qismini 
ko‘chirib o‘tkazish usulini ishlab chiqgan? 
A.To‘raqulov Yolqin Xolmatovich 
B.Zufarov Komiljon Ahmadjonovich 
C.Vohidov Vosid Vohidovich 
D.Aripov O‘ktam Aripovich 
25.Qaysi organoid endoplazmatik to‘rda joylashgan bo‘lib, unda 
oqsillar sintezlanadi? 



A.Lizosomalar 
B.Ribosomalar 
C.Mitoxondriya 
D.Xromosomalar 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin