Qaysi og‘zaki bayon qilish metodi nisbatan qisqа hajmdagi o‘quv materialini o‘rganishda qo‘llaniladi



Yüklə 29,79 Kb.
tarix29.06.2022
ölçüsü29,79 Kb.
#62492
Qaysi og‘zaki bayon qilish metodi nisbatan qisqà hajmdagi o‘quv


  1. Qaysi og‘zaki bayon qilish metodi nisbatan qisqа hajmdagi o‘quv materialini o‘rganishda qo‘llaniladi.

Hikoya va tushuntirish
Ma’ruza
Suhbat va hikoya
Ma’ruza va tushuntirish
2. Darsda o‘qituvchining e’tibori bir necha o‘quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o‘quvchilar mustaqil ishlasalar, ta’limning bunday shakli qanday ataladi.
Individual-guruhli
Individual
Ommaviy
Guruhiy
3. Jamoaning majburiy belgisi nimada
Pedagogik rahbarlikning mavjud bo‘lishida
An’analarning mavjud bo‘lishida
Jamoa faolining mavjudligida
Tuzilishga ega ekanligida
4. Kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlarini aniqlang. 1)kasbiy ta’lim berish; 2)kasbni sevish; 3) kasbiy bilim berish; 4)kasbiy mashq; 5)kasbiy konsultatsiya; 6)kasbga moslashuv
1,3,5,6
1,3,4,6
1,3,4,5,6
1,2,4,5,6
5. Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlariga quyidagilardan qaysi biri kiradi
Ijtimoiy ahamiyatli mehnatning o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi
Tumanlardagi ishlab chiqarish sharoitari
Ta’lim muasasasidagi an’analar
Ta’lim muasasasining moddiy bazasi
6. Shaxsning faol hayotiy qarashini shakllantirish jamoaning qaysi vazifasiga kiradi
Tashkiliy
Rag‘batlantirish
Tarbiyaviy
O‘rgatuvchi
7. Jamoa rivojlanishining qaysi bosqichida faqat pedagoglar talab qo‘yadi
I bosqichida
VI bosqichida
III bosqichida
II bosqichida
8. Jamoa shakllanishining qaysi bosqichida jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘ta boradi
II bosqichida
III bosqichida
I bosqichida
IV bosqichida
9. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, jamoaning shakllanishi nechta bosqichda amalga
4
5
3
2
10. Dars, praktikum, seminar, amaliy mashg‘ulot va konsultatsiyalar – bu:
Ta’limni tashkil etish shakllari
Ta’lim usullari
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari
Ta’lim vositalari
11. Qaysi ta’lim turi o‘quvchining bilim egallashi yo‘lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, qiyinchiliklarni oldini olish, qiziqishni yo‘qotmaslik, salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o;quv jarayonini texnologiyasini yaratishga yo‘naltiriladi
Dasturiy ta’lim
Muammoli ta’lim
An’anaviy ta’lim
Tushuntirishli ta’lim
12. Pedagogik adabiyotlar va maktab amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini tashkil etishning qanday asosiy shakli qabul qilingan
Ommaviy, guruhli, individual
Tabaqalashgan, individual, ommaviy
Yakka-guruhiy, ommaviy, individual
Integratsiyalashgan, yakka, guruhiy
13. Qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli – bu:
Individual
Sinf-dars
Laboratoriya
Ma’ruza-seminar
14. Quyidagilardan qaysilari ma’ruza-seminar tizimining asosiy shakllariga kiradi? 1) laboratoriya; 2) ma’ruza; 3) fan to‘garaklari; 4) seminar; 5) amaliy; 6) olimpiada
1,2,4,5
1,2,4,6
1,2,3,5
2,3,5,6
15. O‘qitishning individual tizimiga O‘rta Osiyolik qaysi mutafakkir qarshi chiqqan
Abu Ali ibn Sino
Abu Rayxon Beruniy
Al- Xorazmiy
Abu Nasr Forobiy
16. Qaysi qatorda rag‘batlantirish va motivatsiyalash metodlari to‘g‘ri berilgan
Mukofotlash, tanbeh, musobaqa
Namuna, o‘rgatish, ma’ruza
Mashq, musobaqa, nasihat
Hikoya , tushuntirish, tanbeh
17. Qaysi asarda dehqonlarga nisbatan: “O‘zing bular bilan aralashgin, qo‘shilgin, tilda yaxshi so‘zla, yuzungni ochiq tut”deya ta’rif berilgan
Qutadg‘u bilik
Hayrat ul-abror
Mahbub ul-qulub
Hibat ul-haqoyiq
18. Prezident Islom Karimovning O‘zbеkistоn Respublikаsi Oliy Majlisining 1997 yildagi so‘zlagan nutqi qanday nomlanadi
Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori
Barkamol avlod orzusi
O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li
O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat
19. Mehnat tarbiyasi mazmunida aks etuvchi xo‘jalik-iqtisodiy omillarni aniqlang. 1)maktablarning imkoniyatlari; 2)o‘quvchilarning yosh xususiyatlari; 3)maktablarning moddiy bazasi; 4)o‘qituvchi kadrlar; 5)ishlab chiqarish sharoitlari; 6)maktablardagi an’analar
1,3,4,5,6
1,2,4, 5, 6
2,3,4,5,6
1,2,3,4,5
20. Kasbiy konsultatsiya (maslahat)ning qanday turlari bor
Individual-tashxisli, ma’lumot axborotli, tibbiy
Rag‘batlantiruvchi, individuall-tashxisli, tibbiy
Tibbiy, motivatsion, ma’lumot-axborotli
Tarbiyalovchi, tibbiy, individual-tashxisli
21. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllarini aniqlang. 1)muammoli; 2)hasharlar uyushtirish; 3)izlanuvchan-
2,4,6,7
1,2,4,5,7
1,2,4,6
1,3,5,6,7
22. …bu yosh mutaxassisni kasbiy faoliyatga olib kiruvchi, ishlab chiqarish tizimiga, mehnat jamoasiga, mehnat sharoitlariga, mutaxassislikning o‘ziga xosliklariga ko‘niktiruvchi jarayon.
Kasbiy moslashuv
Kasbiy bilim
Kasbiy konsultatsiya
Kasbiy diagnostika
23. Quyidagilarning qaysi biri mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlariga kirmaydi
Mehnat faoliyatining majburiy emasligi
Mehnat faoliyatining hammaopligi va qo‘ldan kela olishi
Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘lig‘ligi
Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi
24. Quyidagilardan qaysilari jazolash metodlariga kiradi
Tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish
O‘z-o‘zini baholash, uyaltirish, musobaqa
Mashq , pedagoik talab, xayfsan berish
Ma’ruza, o‘git, etik suhbat
25. Kerakli sozni topib qo‘ying. ... bu aniq hatti-harakat bilan u yoki bu kishilarning ongi va his tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatish.
O‘rgatish
Mashq
Namuna
Topshiriq
26. Talablar… va … bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita
Jamoa, mе’yoriy
Rejim, maxsus
Aniq va noaniq
27. Tarbiya berish vaqti ham tarbiya metodlarini tanlashga ta’sir ko‘rsatadimi
Ta`sir ko`rsatadi
Yo‘q, ta’sir ko‘rsatmaydi
Unchalik emas
Qisman aloqadorlik mavjud
28. Tarbiya vositalari – bu tarbiya usullari…
Yig‘indisi
Yo‘li
Maqsadi
Mazmuni
29. Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvorni shakllantirish metodlarini toping
O‘rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat
Musobaqa, ijtimoiy fikr, mashq
Hikoya, tushuntirish, ma’ruza
Ogohlantirish, etik suhbat, hikoya
30. Aniqlash va o‘lchash nima deb ataladi
Tekshirish
Baholash
Nazorat
Hisobga olish
31. O‘qitishning muayyan bir davrda o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash nima deb ataladi
Hisobga olish
Nazorat
Baholash
Tekshirish
32. Dogmatik ta’lim o‘rniga qanday ta’lim turi qo‘llanila boshlandi
Tushuntiruvchi-namoyishli ta’lim
Muammoli ta’lim
Dasturlashgan ta’lim
Masofaviy o‘qitish
33. Ta’lim metodlarining asosiy funktsiyalarini ko‘rsating.
Motivatsiyali, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tashkiliy
Rivojlantiruvchi, axboriy, kommunikativ
Bashorat qilish, rivojlantiruvchi, ta’limiy, tashkiliy
Tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, kommunikativ, tashkiliy
34. Kimlar ahamiyati bo‘iycha ta’lim metodlarini klassifikatsiya qilgan
M.A.Danilov, B.P.Еsipov
I.YA.Lerner, M.N.Skatkin
Е.YA.Golant, N.M.Verzilin
M.A.Danilov, M.N.Skatkin
35. Yu.K.Babanskiy ta’lim metodlarini nechta katta guruhga bo‘ladi
3
4
5
6
36. Aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish nima deb ataladi
Shkalalash
Test
Reyting
Baholash
37. Ta’lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlarini ko‘rsating.
Idrok qilish, fahmlab(anglab olish), mustahkamlash, ko‘nikma ,malakalarni hosil bo‘lishi, ularni amaliyotda qo‘llash
Maqsad, vazifa, mazmun, metod, shakl, natija
O‘qitish, o‘qish, yangi bilim , ko‘nikma , malakalarni egallsh, amaliyotda qo‘llash, tekshirish, nazorat qilish
Idrok qilish, o‘qish, amaliyotda qo‘llash, tekshirish
38. O‘quv ishini tashkil etishning shakllaridan hozirgi maktablar tajribasida qo‘llanilayotganlari qaysi guruhda berilgan
Dars, praktikumlar, seminarlar, laborotoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiyalar, uy vazifalari, fakultativ mashg‘ulotlar
Laborаtoriya, brigada, repititorlik, bell-lankaster usuli, hikoya, tushuntirish
Dars, tushuntirish, mashg‘ulotlari, konsultatsiyalar, uy vazifalari, fakultativ mashg‘ulotlar
Amaliy mashg‘ulot, seminar, laborotoriya, ma’ruza, muammoli, dasturlashgan, kompyuterlashgan
39. O‘qitish jarayoni nima
Bu ikki yoqlama boshqariladigan maqsadga muvofiq pedagogik jarayon
Bu – bilim ,ko‘nikma, malaka hosil qilish jarayoni
O‘quvchilarning mustaqil ishlarini boshqarishda o‘qituvchilarning rahbarligi
O‘qituvchining tаrtiblаngаn fаоliyati
40. Qaysi so‘z metod tushunchasining mohiyatini ochib beradi
Maqsadga erishish usuli
Uslubiylik
Tadqiq etish
Birgalikdagi faoliyat
41. Bilish faoliyati tipi bo‘yicha metodlar tasnifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan
Tushuntirish-illyustrativ, reproduktiv, muammoli ta’lim, tadqiqotchilik
Amaliy, ko‘rgazmali, kitob bilan ishlash, so‘z
Axboriy-rivojlantiruvchi, evristik
Faol, sust, mashq, videometod
42. Metod va usul tushunchalari bir narsami
Yo‘q
Ha
Deyarli bir xil
Muqоbil vаriаnti
43. Reja tuzish, ularni bayon etish... Bu еrda gap metod haqida borayaptimi yoki usul haqidami
Usul
Shakl
Metod
Metod va usul
44. Amaliy metod qanday bosqichlardan iborat bo‘ladi
O‘qituvchining tushuntirishi, ko‘rsatish, proba,bajariladigan ishlar, nazorat
Tushuntirish, suhbat ko‘rsatib berish
O‘qituvchining tushuntirishi, takrorlash, bajariladigan ishlar, nazorat
Harakatlarni bajarish, muvaffaqqqiyat natijalarini hisobga olish, takrorlash
45. Ta’limning amaliy metodlarini ko‘rsating.
Mashq, laboratoriya, amaliy, didaktik o‘yinlar
Ma’ruza, laboratoriya, munozara, tushuntirish
Demonstratsiya, illyustratsiya, kitob bilan ishlash
Hikoya, tushuntirish, mashq, amaliy
46. Illyustrativ metoddan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat
Ko‘rish va eshitish madaniyatini shakllantirish
O‘rganilayotgan materialni dastlabki idrok etish
Analizatorlar faoliyatini faollashtirish
Estеtik didni shakllantirish
47. Quyidagi qaysi metodlar yordamida ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi 1)suhbat; 2)mashq; 3)laboratoriya; 4)munozara 5)demonstratsiya
2,3,5
1,3,5
2,4,5
2,3
48. Quyidagi metodlardan qaysi biri bilimlarni berish, nazorat qilish, mustahkamlash, umumlashtirish, tizimlashtirishga xizmat qiladi
Videometod
Demonstratsiya
Illyustratsiya
Mashqlar
49. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlarini tanlang.
Suhbat, test, eksperiment, kuzatish
Mashq, lobarotoriya, suhbat, sotsiologik metod
Ma’ruza, tushuntirish, kuzatish, illyustratsiya
Hikoya, maktab hujjatlarini o‘rganish, anketa, test
50. Pedagogikaning qaysi sohasi shaxsi va faoliyatida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadi?
Korrektsion pedagogika
Maktab pedagogikasi
Xalq pedagogikasi
Kasbiy pedagogika
51. - bu ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Ma’lumot
O‘qish
Rivojlanish
Tarbiya
52. Ilmiy pedagogika nechanchi asrda paydo bo‘ldi
XVII asrda
XVI asrda
XVIII asrda
XIX asrda
53. Pedagogikaning obеkti – bu...
Bola, inson
Tarbiya jarayoni
Pedagogik faoliyat
Pedagogik aksiologiya
54. … – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subеkti va obеkti, ta’lim sohasidagi davlat xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalgam oshiruvchisi.
Shaxs
Davlat
Jamiyat
Fan
55. … – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagigik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.
Fan
Ishlab chiqarish
Uzluksiz ta’lim
Fan
56. …– malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish mohiyatini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim
Fan
Davlat va jamiyat
Ishlab chiqarish
57. O‘quv diskussiyasining bosh maqsadi nima
Bilishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish
Tarbiyalash, rivojlantirish, ta’lim berish
Nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish
Ko‘nikma va malakalar hosil qilish
58. Didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash deganda nima tushuniladi
Tashxis
Nazorat qilish
Hisobga olish
Baholash
59. Ta’lim oluvchining bilim ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash deganda nima tushuniladi
Nazorat
Tekshirish
Hisobga olish
Baholash
60. Qaysi ta’lim tizimi yaratilgandan buyon amaliy o‘zgarishga uchramagan
Ma’ruza-seminar
Yakka
Sinf-dars
Individual-guruhli
61. “Osondan qiyinga qarab borish”, “Ma’lumdan noma’lumga qarab borish”, “Soddadan murakkabga qarab borish” kabi tushunchalar qaysi ta’lim tamoyillariga tegishli
O‘quvchilarga mos bo‘lish
Ko‘rgazmalilik
Tushunarlilik
Ilmiylik
62. Qaysi ta’lim tamoyilini Ya.A.Komenskiy didaktikaning oltin qoidasi deb atagan
Ko‘rsatmalilik
Tabiat bilan uyg‘unligi
Ilmiylik
Tushunarlilik
63. Ta’limning ko‘rgazmali metodlarini ko‘rsating.
Demonstratsiya, illyustartsiya
Ma’ruza, hikoya, suhbat
Lobarotoriya, mashq, tushuntirish
Mashqlar, amaliy ishlar, didaktik o‘yinlar
64. Bilish faoliyati bo‘yicha tasnif qilinuvchi ta’lim metodlaridan qaysi biri kam vaqt sarflab, katta hajmdagi bilimni berishni ta’minlay oladi
Reproduktiv
Qisman izlanish
Tadqiqot
Muammoli
65. O‘qituvchining darsga tayyorlanishida qanday bosqichlar ko‘zga tashlanadi
Tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish
Tashxislash, loyihalash, tizimlashtirish
Tashxislash, mustahkamlash, tushunish
Loyihalash, tushunish, bashoratlash
66. Ta’lim mazmunini belgilovchi mе’yoriy hujjatlarni belgilang.
DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi
DTS, o‘quv dasturi, sinf jurnali
O‘quv rejasi, dars jadvali, DTS
Darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma
67. ... yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying.
Fan
Shaxs
Ishlab chiqarish
Davlat va jamiyat
68. ... o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirish, tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurtidir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying.
Kasb-hunar kolleji
Akademik litsey
Umumiy o’rta ta’lim
Oliy ta’lim
69. o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurtidir. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni topib qo’ying.
Akademik litsey
Kasb-hunar kolleji
Oliy ta’lim
O’quv markazi
70. Quyidagi jismoniy tarbiyaning vositalaridan qaysi biri bolaning jismoniy quvvatini, baquvvat tana, qo‘llarni, ishonchliko‘zlarni, zehnlilikni, topqirlikni , tashabbuskorlikni rivojlantiradi
O‘yin
Turizm
Sayohat
Gimnastika
71. Jismoniy mashqlarga nimalar kiradi
Gimnastika, o‘yin, turizm, sport
Uyqu, dam olish, ovqatlanish
Quyosh, havo, suv
Yugurish, sakrash, suzish, konkida uchish
72. Jismoniy tarbiyaning ta’limiy vazifasiga nimalar kiradi
Odamlarni jismoniy tarbiyaning nazariyasi va tarixi bilan tanishtirish
Insoniy axloqiy sifatlarni shakllantirish
Odamlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmning shаkl va funktsiyalarini uyg‘un rivojlantirish
Insоnlаrni jismоniy mаshqlаrgа qiziqishini оshirish
73. Bo‘sh vaqtni foydali va maroqli mashg‘ulotlar bilan to‘ldirish jismoniy tarbiyaning qaysi vazifasiga kiradi
Umummadaniy
Rivojlantiruvchi
Sog‘lomlashtiruvchi
Tarbiyaviy
74. O‘quvchilarning jismoniy madaniyatini tarbiyalashning asosiy vositalariga nimalar kiradi
Jismoniy mashqlar, tabiiy va gigienik omillar
Jismoniy jazo, jismoniy ta’sir, tabiiy va sun’iy omillar
Gimnastika, o‘yin, turizm, sport
Quyosh, suv, havo, uyqu
75. Quyidagilar orasidan estеtik tarbiyaning vazifasiga kiradiganini aniqlang.
Insonni voqelikka estеtik munosabatini shakllantirish
Axloqiy sifatlarni shakllantirish
Modaga ishqibozlikni shakllantirish
Tejamkor fuqaroni shkllantirish
76. “Estеtikа ” deb atalgan birinchi asar muallifi kim
Baumgarten
Aristotel
Betxoven
Navoiy
77. Shaxsning voqelikni estеtik jihatdan bilib olishga undovchi subеktiv omillar nima deb ataladi
Estеtik ehtiyoj
Estеtik ong
Estеtik mulohaza
Estеtik did
78. Shaxsning aniq bir estеtik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati nima deb ataladi
Estеtik mulohaza
Estеtik ehtiyoj
Estеtik ong
Estеtik did
79. Estetik axborotlar oqimi, estеtik va axloqiy normalar yig‘indisi orqali shakllanadigan va shxsning buyum , hodisalarga estеtik baho berishida yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa nima deb ataladi
Estetik did
Estetik ehtiyoj
Estetik ideal
Estetik mulohaza
80. Estеtikа tushunchasini fanga kim kiritgan
Baumgarten
K.D.Ushinskiy
V. Suxomlinskiy
Forobiy
81. Estеtikаning asosiy tushunchalarini aniqlang. 1)estеtik his-tuyg‘u; 2)estеtik tamoyil; 3)estеtik did; 4)estеtik norma; 5)estеtik mulohaza; 6)estеtik ideal
1,3,5,6
1,2,5,6
1,2,3,4
1,4,5,6
82. Quyidagilardan qaysi biri estеtik tarbiyaning vazifasi bo‘la olmaydi
Chiroyli so‘z, modaga ishqibozlikni shakllantirish
Estеtik didni, go‘zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash
San’atdagi, atrofimizdagi go‘zallikni his qila olish
O‘quvchilаrdа estеtik оngni tаrkib tоptirish
83. Shaxsning tabiat, jamiyat va sana’tdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go‘zallik borasidagi bahosining aks etishi nima deb ataladi
Estеtik ideal
Estеtik qiziqish
Estеtik baho
Estеtik mulohaza
84. Estetik tarbiyaning asosiy vositalarini aniqlang.
Tabiat, mehnat, badiiy adabiyot
Konkurslar, viktorinalar, seminarlar
To‘garaklar, ijodiy birlashmalar, maktab bayramlari
Kitob, rasm, maket
85. Estеtikа so‘zining ma’nosi nima
Go‘zallikni his qilaman
Xulq-atvor
Donolikni sevaman
O‘qitaman
86. Tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga nima deb aytiladi
Tarbiya
Ta’lim
Rivojlanish
Ma’lumot
87. Vatanparvarlik tarbiyasida… o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish muhim rol o‘ynaydi
Davlat ramzlarini
Davlat hujjatlarini
Badiiy adabiyotlarni
Qonun va qarorlarni.
88. Bolalar jamoasi shakllanishining qaysi bosqichida jamoa faoli butun jamoafa nisbatan talab qo‘yadi
II bosqichda
I bosqichda
III bosqichda
IV bosqichda
89. Quyidagilardan qaysi biri yuqori darajada uyushgan jamoa hisoblanadi
O‘quvchilar jamoasi
Ishlab chiqarish jamoasi
Zavod jamoasi
O‘qituvchilar jamoasi
90. Mashq, o‘rgatish, tarbiyaviy vaziyat tarbiyaning qaysi metodlariga kiradi
Faoliyatni tashkil etish
Ongni shakllantirish
Rag‘batlantirish
Nazorat
91.Quyidagi metodlardan qaysilari ongni shakllantirish metodlariga kiradi: 1)hikoya; 2)pedagoigk talab; 3)etik suhbat; 4)mashq; 5)tushuntirish
1,3,5
1,3,4
1,2,5
1,2,4
92. Kerakli so‘zni topib qo‘ying. Tarbiya metodlari – bu tarbiya … amalga oshirish…
Maqsadi, yo‘li
Yig‘indisi, usuli
Aniq, qism,
Usuli, qismi
93. Qaysi ta’lim tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda ham keng
Sinf-dars
Ma’ruza-seminar
Individual
Jamoaviy
94. Qaysi olim tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlagan
Ya.A.Komenskiy
Abdulla Avloniy
Disterverg
Gerbart
95. Avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakat nima deb ataladi
Malaka
Ko‘nikma
Qobiliyat
Bilim
96. Quyidagi qaysi tushuncha jismoniy tarbiya samaradorliga ko‘rsatkichi bo‘la oladi
Jismoniy kamolot
Jismoniy madaniyat
Jismoniy ta’sir
Jismoniy jazo
97. Kim axloqiy va estеtik sifatlarni shakllantirishni ham jismoniy tarbiyaning vazifalariga kiritadi?
I.P.Podlasiy
B.T.Lixachev
A.Q.Munavvarov
V.A.Slastyonin
98. Quyidagi qaysi so‘z “axloq” so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi
Etika
Odat
Estеtikа
E’tiqod
99. “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining muallifi kim
A.Avloniy
Fitrat
Hamza
Forobiy
100.Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas, hamma sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar nima deb ataladi
Axloqiy kategoriya
Axloqiy normalar
Axloqiy tamoyillar
Axloqiy qon iniyat
101. Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Tarbiya, ta’lim, ma’lumot
Irsiyat, muhit, tarbiya
Bilim, ko’nikma, malaka
O’qitish, o’qish, o’rganish
102. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalangan?
Har tomonlama yetuk mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish
Ishbilarmon kishini tarbiyalash
Savodga o’rgatish
Hunarga o’rgatish
103. O’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni nima deb ataladi?
Ta’lim
Tarbiya
O’rgatish
O’rganish
104. Ta’lim-tarbiya natijasida egallangan bilim, ko’nikma va malakalar majmui – bu...
Ma’lumot
Bilim
Odat
Qobiliyat
105. Tarbiyalanuvchilar ongi, xulq-atvori va his-tuyg’usiga maqsadga muvofiq ta’sir etish nima deb ataladi?
Tarbiya
Qoida
Tamoyil
Qonuniyat
106. Anketa metodining qanday turlari mavjud?
Ochiq va yopiq javobli
Chiziqli va chiziqsiz
Aniq va noaniq
Asosiy va qo’shimcha
107. Aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan ta’lim turi qanday ataladi?
Magistratura
Oliy ta’lim
Akademik litsey
Maktab
108. Qaysi ta’lim turida umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratiladi?
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Oliy ta’lim
Maktab
109. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va ...
Uzluksiz
Tizimli
Standart
Muqobil
110. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni qanday tartibda olishlari mumkin?
Pulli-shartnoma
Davlat byudjeti asosida
Loyiha asosida
Oilada
111. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun ...
Majburiy
Ochiq
Ixtiyoriy
Erkin
112. Qaysi ta’lim turi bola shaxsini sog’lom va etuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi?
Maktabgacha ta’lim
Oliy ta’lim
Akademik litsey
Kollej
113. Hayotiy faoliyat jarayoni va maxsus
tarbiyaviy xatti-harakatlar ta’sirida inson rivojlanishini muhim shakli nima deb ataladi?
Shakllanish
Tarbiya
Ta’lim
O’rganish
114. Tarbiyalanuvchini psixikasi va jismoniy taraqqiyotida bosqichma-bosqich va
qonuniy o’zgarishlarning sodir bo’lishi nima deb ataladi?
Rivojlanish
Odat
Bilim
Ko’nikma
115. Jamiyatda o’z o’rniga ega, ijtimoiy ahamiyatga ega maqsad yo’lida bir yoki bir nechta kishini o’z orqasidan ergashtira oladi – bu …
Shaxs
Inson
Etakchi
Arbob
116. Barqaror, takrorlanuvchi, invariantli tavsifga ega narsa-hodisa va jarayonlarning ichki mavjud aloqalari nima deb ataladi?
Qonun
Tamoyil
Axloq
Odob
117. Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’ektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik – bu ...
Qonuniyat
Metod
Shakl
Vosita
118. Ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi - ... bu
Bilim
Odat
Ko’nikma
Malaka
119. Egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash jarayoni qanday ataladi?
Ko’nikma
Bilim
Malaka
Axloq
120. Avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi – bu …
Malaka
Bilim
Ko’nikma
Ta’lim
121. O’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar yig’indisi nima deb ataladi?
Ta’lim mazmuni
Ta’lim metodi
Didaktik vositalar
Natija
122. “Ash-Shamoil an-Nabaviya” asarining muallifi kim?
Termiziy
Buxoriy
Farobiy
Beruniy
123. Islom dini ta`limotida “Qur`oni Karimdan” keying asosiy manbaa nima hisoblanadi?
Hadis
Kalom ilmi
Fiqh
Tariqat
124. “Qur`on” so`zining ma`nosi nima?
Qiroat
O`qitish
Uqtirish
Eslatish
125. Madrasa so`zining ma`nosi …. degan ma`noni anglatadi.
Dars o`qitiladi-gan joy
Muassasa
Bino
Xonalar to`plami
Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin