Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix31.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#66934
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Qatlam sharoitidagi neft va gazning tarkibi

n
n
H
C
2
,
2
2

n
n
H
C
) hosil bo‘ladi. Bunday to‘yinmagan uglevodorodlar juda beqaror bo‘lib, 


ular uchun qo‘shbog‘li bog‘lanish uzilgan joyda boshqa radikallar va bo‘sh zanjirlar bilan 
biriktirib olish reaksiyasi xosdir. Ular osongina oksidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa 
birikmalar hosil qiladi. To‘yinmagan uglevodorodlar har qanday neft mahsulotlarining 
xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun to‘yinmagan uglevodorodlarni fraksiyalarga ajratish 
350
0
S dan yuqorida vakuum sharoitlarida olib boriladi. 
Neft va uni qayta ishlashdan olingan turli xildagi mahsulotlar xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlarida qo‘llaniladi. Qadimdan boshlab odamlar xom neftdan u yoki bu maqsad uchun 
zarur bo‘lgan turli tarkibdagi moddalarni ajratib olishga intilganlar. Ba’zi bir manbalarga ko‘ra 
rimlik vrach Kassiy Feliks birinchi marta neftni qayta haydashni amalga oshirgan. 
1745 yilda arxangelsklik savdogar Fedor Pryadinov Uxtada dunyoda birinchi bo‘lib 
neftni qayta haydash zavodini qurdirgan. Bu zavodda oddiy haydash yo‘li bilan xom neftdan 
yorituvchi suyuqlik (kerosin) olingan. 1823 yilda aka-uka Dubininlar Kavkazda Mozdok qal’asi 
yaqinida neftni haydash zavodini barpo etgan. Ular juda tiniq och rangli yorituvchi suyuqlik - 
fotogen (grekcha «fotos» -rang, «genuao» -paydo qilaman, yarataman) oldilar, haydashdan keyin 
qolgan suyuqlik suyuq, qora-iflos rangda bo‘lib, uni arabcha «makzulat» (qoldiq) deb atashgan. 
Bu so‘z vaqt o‘tishi bilan «mazut» so‘ziga aylangan. Tiniq yorituvchi suyuqlik keyinchalik 
«kerosin» (inglizcha «kerozen» so‘zidan) degan nom olgan. 
Neft haydalganda, avvalo foydalanilmagan va kerosindan ham yengil bo‘lgan fraksiyasi 
(qismi) qolgan. Uning katta qismi atmosferaga, daryoga tashlangan, yoqilgan yoki maxsus yutib 
ketuvchi quduqlarga to‘kilgan. Neftning eng yengil fraksiyasi «benzin» (arabcha «lyubenzavu» -
yonuvchi moddaning buzilib aytilishi) degan nom oldi. Deyarli yuz yil vaqt davomida tez yonib 
ketuvchi benzin neftni qayta ishlashda chiqqan eng xavfli qoldiq deb hisoblangan. 
Hozirgi vaqtda neft va tabiiy gazdan murakkab ko‘p pog‘onali qayta ishlash natijasida 
juda ko‘p tarkibiy qismlar olinadi. Ko‘p pog‘onali bu jarayon neftni birlamchi qayta ishlashdan 
boshlanadi. Birlamchi qayta ishlashda hom neft qatlam suvidan, noorganik moddalar 
aralashmasidan va boshqa qo‘shimchalardan tozalanadi. So‘ngra tozalangan neft zamonaviy 
qurilmalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydaladi. Haydashning birinchi bosqichi atmosfera bosimi 
sharoitida o‘tkaziladi. Neftni 250°S gacha qizdirganda, benzinli va ligroinli fraksiyalarga tegishli 
uglevodorodlar qaynab tamom bo‘ladi. 250-315°S haroratda kerosin-gazoyilli fraksiyalar, 300-
350
0
S haroratda esa yog‘li (solyarli) fraksiyalar ajralib chiqadi. Qoldiq mahsulot sifatida mazut 
qoladi. 
Ko‘p vaqt mazut, neftni haydashdan chiqqan kerakmas cho‘kindi deb hisoblangan. 
Keyinchalik undan yoqilg‘i sifatida foydalanila boshlandi. Mazutni esa yana haydash yo‘li bilan 
undan benzinli, kerosinli va yog‘li fraksiyalar olina bashlandi. Mazutdan yog‘li fraksiyalarni 
ajratib olish uchun 400-500°S harorat kerak. Ammo bunday haroratda yog‘lar parchalana 
boshlaydi. Buning oldini olish uchun mazut vakuum qurilmasida 8-18,6 kPa bosim ostida 
haydaladi. Vakuum sharoitida suyuqliklar normal sharoitdagidan ancha past haroratda qaynaydi. 
Vakuumda yog‘li fraksiyalarni ajratish uchun mazutni (yoki neftni) 300-400°S gacha isitish 
yetarli. Natijada mazutdan yog‘lar ajrala boshlaydi. Qolgan qoldiq gudron deyiladi. Gudrondagi 
juda og‘ir yog‘lar erituvchilar yordamida olinadi, qoldiqni qayta ishlash orqali yo‘l qurilishi 
uchun va boshqa turdagi bitumlar olinadi. Neftni haydashda chiqqan og‘ir qoldiqlarni qayta 
ishlash usullari kerosin, benzin va boshqa neft mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi bilan 
takomillashib va rivojlanib bormoqda.
Oddiy haydash bilan olingan benzin miqdori unga bo‘lgan talabni qoniqtirmas edi. 
Quduqdan olinadigan xom neftda benzinli fraksiyalar miqdori uncha ko‘p emas, o‘rtacha 10-
15% ni tashkil qiladi. Shuning uchun olimlar mazutdan qo‘shimcha benzin olishni tadqiqot 
qildilar. Mazutning uglevodorod tarkibli qismini parchalab och rangli neft mahsulotlarini "termik 
kreking" (inglizcha "kreking" - parchalash) usuli bilan benzin olish yo‘lga qo‘yilgan. 
Neft birlamchi haydalgandan keyin qoldiq mazut atmosfera vakuum trubkasida qaytadan 
haydaladi. Undan surkov moylari haydash usuli bilan olinadi. Qurilma texnologik sxemasi 4.1-
rasmda keltirilgan. 


Yonilg‘ilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada ko‘tarish 
maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, ya’ni ikkilamchi jarayonlar qo‘llaniladi. Ular orasida 
uglevodorodlarni parchalash - kreking jarayoni keng tarqalgan. Krekinglash jarayoni asosan, ikki 
xil usulda: termik kreking – uglevodorodlarning yuqori haroratda parchalanishi va katalitik 
kreking-katalizatorlar yordamida parchalash bilan amalga oshiriladi. 
Neftni to‘g‘ri haydashda va krekingda hosil bo‘lgan kerosinli va boshqa fraksiyalarni 
650-700°S va undan yuqori haroratda qayta ishlash piroliz (grekcha "piros" - olov, "lizis" - 
parchalanish) deyiladi. Piroliz jarayoni atmosfera bosimida o‘tadi. Piroliz natijasida piroliz gazi, 
shuningdek xushbo‘y (aromatik) uglevodorodlar (benzol, toluol va boshqalar) va smola qoldig‘i 
olinadi. Hozirgi vaqtda piroliz gazsimon to‘yinmagan uglevodorodlarni, birinchi navbatda - 
polimerlar uchun boshlang‘ich ashyo bo‘lgan etilenni, shuningdek, propilen va atsetilenni olish 
usuli hisoblanadi. 
III
IV
V
VI
I
II
1
2
5
6
2
3
3
3
4
4
4
5-rasm. Neftni atmosfera bosimida haydash qurilmasi texnologik sxemasi. 
1-bug‘lanuvchi tizma; 2-sovutgich-kondensator; 3-issiqlik almashtirgich; 4-sovutgich; 5-
pech; 6-atmosfera tizmasi. I-neft; II-yengil benzin fraksiyasi; III-og‘ir benzin fraksiyasi; IV-
kerosin fraksiyasi; V-dizel fraksiyasi; VI-mazut.
Odatda neft qazib olingandan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlanmaydi; dastlab u 
ma’lum tayyorgarlikdan o‘tadi: suvsizlantiriladi va tuzsizlantiriladi. Neft suv va tuzdan 
tozalangandan so‘ng turg‘unlashtiriladi, ya’ni yengil propan-butan, qisman esa pentan fraksiyasi 
haydash usuli bilan olinadi. Neftni haydab qayta ishlash boshlang‘ich (birinchi) bosqich 
hisoblanadi. Qayta ishlashning ikkinchi bosqichiga (kreking, riforming, gidroforming va boshqa 
jarayonlar kiradi), bunda og‘ir uglevodorodlar yengilroq uglevodorodlarga parchalanadi, olingan 
neft mahsulotlari tozalanadi, so‘ngra ularning ekspluatatsion sifati yaxshilanadi, ya’ni ularga 
turli xildagi qo‘shimchalar qo‘shiladi. 
Parafin turkumiga asosan suyuqlanish harorati 50-70
0
S bo‘lgan 
40
19
H
C
dan 
72
35
H
C
gacha bo‘lgan to‘yingan uglevodorodlar kiradi. Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan to‘yingan 
qattiq yuqori uglevodorodlarning 
76
37
H
C
-
108
53
H
C
tarkibli aralashmasi serezin deyiladi. 
Kimyo sanoatida parafinlar karbon kislota, sirt yoyuvchi vositalar hamda sirt-faol moddalarni 
olishda ishlatiladi. Undan tashqari neftni qayta ishlashda bitum va neft koksi (eng og‘ir 
fraksiyalaridan biri) qorakuyu (rezina sanoati uchun), muhim erutuvchilar-benzol va toluol 
olinadi. Shu bilan birga neft mahsulotlaridan kimyo sanoatida turli xildagi moddalar olinmoqda. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin