Qarori xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari reyestrini yuritish



Yüklə 94,58 Kb.
səhifə14/16
tarix17.05.2023
ölçüsü94,58 Kb.
#115456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2022-yil 17-yanvar 25-son Vazirlar Mahkamasi qarori

12-bob. Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari reyestrini yuritish
108. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish uchun Vazirlik tomonidan Reyestr shakllantiriladi va u bir yil muddatga amal qiladi.
109. Reyestr Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanib boriladi.
110. Quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Reyestrga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi:
Institut;
Oldingi tahrirga qarang.
pedagogika markazlari;
(110-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy murojaati asosida pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari.
111. Nodavlat ta’lim tashkiloti xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirganligi uchun Davlat budjetidan mablag‘lar olish uchun Reyestrda belgilangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.
So‘rovnomada nodavlat ta’lim tashkiloti nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joy(lar)ining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, Reyestrga kiritilayotgan malaka oshirish kurslari yo‘nalishlari, so‘rovnomani to‘ldirgan va uni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatiladi.
So‘rovnomani Vazirlikka yuborishdan oldin nodavlat ta’lim tashkiloti xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va boshqa holatlarni nazarda tutuvchi ommaviy oferta bilan tanishib, uni tasdiqlaydi.
112. Ommaviy ofertani tasdiqlash Vazirlik va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishiga tenglashtiriladi hamda talablar va shartlarga to‘liq amal qilishga roziligini bildiradi.
113. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:
malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog kadrlar to‘g‘risida ma’lumot (ularning pasporti nusxasi yoki identifikatsiya ID-kartasi, oliy ta’lim muassasasini tamomlaganligi yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi);
malaka oshirish kursi o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;
yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar.
114. Quyidagi holatlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining Reyestrga kiritish bo‘yicha murojaatiga rad javobi berilishi mumkin:
yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar salbiy bo‘lganda;
so‘rovnomaga nodavlat tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilmaganda yoki soxta ma’lumotlar taqdim etilganda.
115. Vazirlik Reyestrga kiritish yoki Reyestrga kiritishni rad etish bo‘yicha qarorni nodavlat ta’lim tashkilotiga Reyestr orqali yetkazadi.

Yüklə 94,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin