25
Iyulning oxiri — avgust oyining boshlarida urg’ochilari 3 tadan 15 tagacha
uzunligi 10—20 sm bo'lgan tirik bola tug’adi — tutqunlikda yaxshi yashamaydi.
Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bog’ida odatda 3—4 oydan keyin nobud bo'lar
edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.
Charxilonning chaqishi juda og’ritadi. Zahari qonning shaklli elementlarini
buzadi. Bundan tashqari burundan, quloqdan va tananing shilliq qavatidan qon
ketishi mumkin. Ba'zan ilon chaqqan odam uchinchi kuni halok bo'ladi. Odatda u
bir oy va hatto bir yarim oy davolanib yotadi.
Dostları ilə paylaş: