Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»



Yüklə 91,48 Kb.
səhifə1/35
tarix21.05.2023
ölçüsü91,48 Kb.
#119017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
iqtisod


1 Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy gʻoyalar


Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalariQadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu yerda u xo’jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo’yadi.
Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb ta‘kidlaydi.
Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini o’rganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida ko’pgina qadimgi Xitoyasarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖ o’rganishlardan ko’ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi mulohazalari bilan cheklangan.7Konfutsiy ta‘limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi».
Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitobi‖ ma‘muriy qolipdan uzoq asar sifatida mashhur. U o’z ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli bir qator g’oyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif nazariyasining taxmini bo’lgan uning ―yengil/og’ir‖ nazariyasidir.
Guan Szi tovar agar u mo’l bo’lsa, uning vazni yengillashgan va uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning vazni og’irlashgan va narxi ko’tarilgan bo’ladi. Tovarning yengilligi va og’irligiga asoslangan holda narxlarning muayyan darajasida tovarlar bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu tarzda yengil/og’ir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi bo’lgan. Guan Szi yengil/og’ir nazariyasidan pulning miqdor nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og’ir bo’lganida uning narxi ko’tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil bo’lganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi ko’tariladi). Bu tebranishni to’xtatish uchun u pul og’ir bo’lganida (buning yordamida narx darajasi ko’tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va pul yengil bo’lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib) tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini barqarorlashtirishga, balki hukumat uchun pul daromadlarini ko’paytirish imkonini bergan.Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi
kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan,
«oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengay- tirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xohlaganlar.



Yüklə 91,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin