Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash dastaklari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


-§. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash dastaklari



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#199802
1   2   3   4   5   6
XO’JALIK FAOLIYATINING PUL-MOLIYA SOHASIDAGI IQTISODIY XAVFSIZLIK

3-§. Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash dastaklari
O’zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi inflatsiyani past darajada ushlab turish va so’mni barqaror ayriboshlash kursini ta‘minlashga qaratilgan. Bu vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog’langan. Markaziy bank pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog’ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalarini ishga solmoqda.
Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash bank xavfsizligini ta‘minlashni talab etadi. Bank xavfsizligiga salbiy ta‘sir etuvchi omillarga ustav kapitalida xorijiy kaital ulushi yuqori bo’lgan kredit korxonalarining ko’payishi, induvidal tadbirkorlar va yuridik shaxslarning kreditor qarzdorliklarini ko’payishi hamda kapital aktivlar rentabelligining pasayishi bo’lib hisoblanadi.
247
O’zbekistonda Markaziy bankning tijorat banklarini nazorat qilish bilan bog’liq faoliyatining quyidagi asosiy yo’nalishlari qonun bilan mustahkamlandi:
bank tizimining xavfsizligi, barqarorligi va samaradorligini ta‘minlash;
banklar faoliyatini litsenziyalash jarayonida bank sohasiga faqatgina ishonchli banklarning kirib kelishini ta‘minlash;
tijorat banklarining Markaziy bankka hisobot berish va nazorat jarayonida zarur ma‘lumotlarni ochiq taqdim etishini yo’lga qo’yish;
muammoli banklar faoliyatiga o’z vaqtida ta‘sir o’tkazish va ularning muammolarini
tezlik bilan hal etish;
bank tizimida sog’lom
raqobat muhitini yaratish;
zarur holatda, bank
tizimiga minimal darajada salbiy ta‘sir ko’rsatgan holda alohida banklarni tugatish choralarini ko’rish.
Respublikamizda bank nazorati uch uslubda – litsenziyalash, masofadan nazorat qilish va joylarga chiqib tekshirish orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonning valyuta siyosati quyidagilarga qaratilgan:
mamlakatning valyuta – moliyaviy holatini mustahkamlash, uning to’lov qobiliyatiga va kreditga layoqatligiga erishish;
inflatsiyani «jilovlash»;
chet el kapitalini jalb etish;
iqtisodiyotning «dollarlashuvi»ga yo’l qo’ymaslik;
o’zbek so’mining mavqYIni mustahkamlash va uning to’liq konvertatsiyasiga erishish.
Bu siyosat valyutaviy cheklashlar, valyuta kursini tartibga solish, oltin-valyuta zaxiralarini oshirish, so’mning konvertatsiyalanish jarayonlarini boshqarish kabilarda namoyon bo’ladi. Moliya-kredit sohasida banklar xavfsizligini ta‘minlashning tashkiliy boshqarish chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Xulosa
Xulosa qilib aytsak tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida bank tizimi jami kapitali 1,9 barobarga, shu jumladan, ustav kapitali hajmi 2,1 barobarga oshib, 2020-yilning 1- yanvar holatiga mos ravishda 51 trln. so’m va 42 trln. so’mga yetdi. Bunda davlat banklari moliyaviy barqarorligini ta‘minlash va iqtisodiyotning kreditga bo’lgan o’sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq davlat banklari kapitaliga 1,9 mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag’lar yo’naltirilganligi alohida o’rin tutdi. Shuningdek, mazkur qarorlar bilan 4,3 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi kreditlar banklar balansidan O’TTJ balansiga o’tkazildi. Natijada kapital monandlilik ko’rsatkichi 2018-yilga nisbatan 7,9 foiz bandga oshib, 2020-yil 1-yanvar holatiga 23,5 foizni (minimal talab 13%) tashkil etdi. 2020-yil 1-yanvar holatiga bank tizimi bo’yicha jami muammoli kreditlar4 3,2 trln. so’mni tashkil etgan bo’lib, uning 43 foizini qoniqarsiz, 19 foizini shubhali va 38 foizini umidsiz kreditlar tashkil etadi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab asosiy foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasining joriy ko’rsatkichi – 16 foiz darajasida amaliyotga joriy etildi. Mazkur stavka Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pulkredit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalarini belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari hajmi 2019- yil davomida 2,1 mlrd. AQSH dollariga yoki 7,7 foizga o’sib, 2020-yilning 1- yanvar holatiga 29,2 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Zaxiralar hajmining o’zgarishiga asosan jahon bozorida oltin narxining oshishi, ichki valyuta bozorida intervensiyalarning amalga oshirilishi hamda Markaziy bankdagi tijorat banklari, mijozlar va hukumat mablag’lari qoldig’idagi o’zgarishlar o’z ta‘sirini ko’rsatadi. 2010-yildan 2016-yilga qadar bo’lgan davrda xalqaro zaxiralar hajmining oshishi asosan uning tarkibidagi monetar oltin miqdorining 45 tonnadan 336 tonnagacha oshganligi bilan izohlanadi


Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin