Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda ta’limot, jon bilim to’g’risida («psyuxe» jon, ruh va «logos» ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi



Yüklə 19,57 Kb.
səhifə2/2
tarix08.12.2022
ölçüsü19,57 Kb.
#73201
1   2
PSIXOLOGIYA

HISSIYOT VA EMOTSIYA
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo’lishiga ko’ra histuyg’ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar. Hissiy ton. hissiyot ko’pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o’ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo’ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko’ngildagi mashg’ulot, hushchaqchaq sayohat, og’ir ish kabilar. Hissiy ton tushunchasiga ko’pgina adabiyotlarda turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiyning "Umumiy psixologiya" darsligida hissiy ton sezgi yoki idrok jarayonida shaxsning idrok qilingan narsa va hodisaga munosabatini ifodalovchi maxsus hissiy bo’yoq yoqimli yoki yoqimsiz idrok bilan bog’langan hissiyot, deb ta'riflanadi.
Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. E. qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. E. ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. E xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida E. salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida hissiyot - kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M.Vohidovning "Bolalar psixologiyasi" o’quv qo’llanmasida hissiyot deb - tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo’lgan ichki 232 kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat.

Yüklə 19,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin