122
Bo‟g‟ma ruhiy buzilishlar qizamiq va skarlatinadan xam kamroq uchraydi.
Adabiyotlarda yozilishicha qisqa muddatli qo‘zg‘aluvchi deliriy va meningizm
kabi holatlar bo‘lib, bir necha soat yoki kun davom etishi mumkin.
Dizenteriyada psixozlar juda kam uchraydi. Erta
yoshdagi bolalarda toksik
dizenteriya asosan komatoz holat va talvasa
reaktsiyasi bilan kechsa, o‘smirlarda
esa emotsional buzilishli oneyroid holatlar bo‘ladi. Rekonvalestsentsiya
bosqichida
jismoniy va ruhiy rivojlanishning ortda qolishi, tutqanoqlar kuzatilishi mumkin.
Kasallikning o‘tkir davrida delirioz holatni qisqa muddatli epizodik va rudimentar
holda deb hisoblash mumkin. Bolalarda odatda yaqqol deliriy rivojlanmaydi va
faqatgina delirioz oldi holat ya‘ni giperesteziya, tashqi ta‘sirotga javobning
pasayishi bilan, qo‘rqinchli tush, illyuziyalar, gipnogogik gallyutsinatsiyalar,
qo‘rquv hxrujlari va boshqalar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: