Prokariotlarning sistematikasi Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi


Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi



Yüklə 31,87 Kb.
səhifə3/6
tarix31.12.2021
ölçüsü31,87 Kb.
#49580
1   2   3   4   5   6
Mikroorganizmlarning zamonaviy sistematikasi

2. Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi

Hozirgi vaqtda viruslar Vira olamiga birlashtirilgan. Viruslami o'rganuvchi fanga birinchi bo'lib, L.lvanovskiy (1892-y.) asos solgan bo'lib, hozirda bu fan virusologiya deb ataladi. Viruslar barcha tirik organizmlarda kasallik qo'zg'atadi. Viruslar qachon va qanday paydo bo'lganligi noma'lum, ammo har xil gipotezalar mavjud. Hozirgi kunda viruslarga quyidagi ta'rif beriladi: «Viruslar o'ta kichik organizm — mikroorganizm ham bo'lmagan, mineral organizrnlar bo'lgan mikroplazmalar, rikketsiylar va xlamidiylar kabi o'z oqsil sintezlovchi sistemalariga ham ega bo'lmagan, nuklcin kislotasining sintezi har xil darajada hujayraga bog'liq bo'lgan va mustaqil evolutsiyaga uchraydigan, avtonom genetik strukturaiar bo'lib, tabiatning mikroskopik molckulalarga yaqin qilib yaratgan, o'ziga xos parazitUk qilib yashaydigan, xilma xil, ko'p sonli guruh-larga ega va Vira olamiga birlashgan hayotning hujayrasiz formasidir».

Viruslar virusologiyada o'rganiladigan mustaqil fan bo'lib, o'z obyekti va tadqiqot metodlariga ega. Umurniy virusologiya virus­larning tabiati, ularning tuzilishi, ko'payishi, sistematikasi, bio-kimyosi, genetikasini o'rganadi. Tabiiy, veterenariya va qishloq xo'jaligi virusologiyalari vinislarning patogenhgi, ularning yuqum-liligi, profilaktikasi, diagnostikasi va ular qo'zg'atadigan kasalliklami davolashni o'rganadi (Jdanov V.M., 1990-y.)



1886-yih nemis olimi Adolf Mayer Gollandiyada tamaki o'sim-ligida uchraydigan mozaika kasalligini o'rganadi. U o'z ishlari natijasida tamaki o'simligida kasallikni vujudga keltiruvchi mikro­organizm nihoyatda mayda ekanligini va hatto bakterial filtrlardan ham o'tib ketishini ko'rsatib beradi. Uning bu ishlarini Beyerink o'z tajribalari asosida tasdiqlaydi.

Tamaki o'simligining virus zarrachasida 5% RNK va 95% oqsil bo'ladi. Lekin rangli karamda uchraydigan mozaikada va ko'pgina hayvonlarda uchraydigan viruslarda va bakteriofaglarda DNK ning ham uchrashini Shlizinger 1934-yilda ko'rsatgan edi.

Viruslar biologik mikroskopda ko'rinmaydi, sun'iy oziqa muhi-tida o'smaydi, faqat o'simlik, hayvon, odam organizmida o'zining tirikligini namoyon etadi. Ularni faqat elektron mikroskop orqali kuzatish mumkin.

Traxoma, qizamik, quturish, chinchechak, suvchechak. polio-miyelit, gripp va ko'pgina boshqa kasalliklar viruslar orqali vujudga keladi. Virusli kasalliklar natijasida ko'pgina hayvonlar zararlanadi, madaniy o'simliklarning hosili kamayib ketadi. Bunda o'simliklar bargi yemiriladi, rangi oqarib, buralib, burishib, bo'yi o'smay, pakana bo'lib qoladi, ba'zan esa gipokotili va ildizlari ham zarar­lanadi.

O'simliklarda viruslar sfera yoki tayoqcha shaklidagi oqsilli qobiq va uning ichida joylashgan nuklcin kislotadan iborat bo'ladi. Nuklein kislota miqdori 15-45% atrofida, spiral simmetriyalilarda 5%, batsillalarga o'xshashiarida 1% ga yaqin; ba'zi vakillarida 20% ga yaqin lipidlar ham uchraydi. Bulardan tashqari, viras kristallarida 50% ga yaqin suv ham bo'ladi.

Tamaki o'simligi mozaikasi virusi tayoqcha shaklidagi nukle-proteid bo'lib, hujayradan tashqaridagi virus virion (hujayra ichi-dagisi vegetativ qurollangan virus) deb ataladi. Virionlar boshqa organizmlarga kirgandan so'ng o'zining tirikligini namoyon qiladi. Tamaki o'simligining zararlangan barglarda kristallarni ko'rish mumkin. Bu kristallar yaxshi eriydi. Ularni amorf holda ajratib olish mumkin, qaytadan kristallar hosil qilish ham mumkin. Har bir kristall millionlab virus zarrachasidan iborat bo'lib, virionning massasi 40 106daltonga teng bo'lgan molekulyar massaga ega bo'l-gan ribonuklein kislotadan va oqsilli qobiqdan iborat bo'lib, bu qobiq kapsid deb ataladi (yunon. kapsa — quti demakdir).

Oqsilli kapsid monomerlardan iborat bo'lib, kapsomerlar deb ataladi. Наг bir virusdagi kapsomerlar soni doim bir xil bo'ladi (masalan, poliomiyeiit virustaa 32 ta, tamaki virusida 2130 ta subbirlik mavjud).

Kapsid bilan о'rattan nuklein kislota nukleokapsid deb ataladi. Ba'zi kapsidlar ustidan qobiq bilan o'raladi, bu qobiq peplos deb atalib, u peplomerlardan iborat. Ba'zi viruslarda peplos virus oqsilidan iborat bo'lsa, boshqalarida esa hatto o'simtalar — lipidlar, glikoproteidlar va fermentlar ham uchraydi.

1955-yilda X.Frenkel-Konrat va R.Uilyams tamaki mozaikasi virusidan RNK ni ajratib olishga muvaffaq bo'ldilar va u sog'lom tamaki o'simligiga yuqtirilganda, tamakida mozaika alomati liosil bo'lganligini kuzatdHar. Tamaki o'simligining virusi nukleoproteid bo'lib, nuklein kislotasining massasi 2106 D, oqsnining molekulyar massasi 18000 D; uzunligi 3000 A, eni 180 A, uzunligi eniga nisbatan 17 marta katta, 158 ta aminokislota qoldig'idan iboratligi aniqlangan.

Hayvonlar hujayrasidagi viruslarda RNK yoki DNK uchraydi. Masalan, poliomiyeiit virusi RNK va oqsildan iborat, gripp virusi RNK, oqsil, lipid va uglevoddardan tashkil topgan.

Viruslar noqulay omillarga ancha chidamlidir. Masalan, kar-toshka o'simligining virusi pH 4,5 da inaktivatsiyaga uchrasa, tamaki o'simligining virusi hatto pH 2 dan past bo'lgan muhitga ham chiday oladi, virionlaming temperaturaga chidamliligi pH ga bog'liq. Masalan, tamaki mozaikasi virusining qozoq shtammi pH 7 bo'lganda, 82°C da parchalansa, tomat shtammi 96—98°C issiqlikdagina faolligini yo'qotadi, no'xatning C-l virusi 108°C da qisman inaktivatsiyaga uchraydi.



Ko'pchilik viruslar past temperaturalarga ham chidamli bo'ladi. Masaian, gripp virusi —70°C temperaturada 6 oy yashay oladi. Psittakoz virusi esa ushbu temperaturaga bir yilgacha chidasa, xona haroratida esa bir necha kun ichida nobud bo'ladi.

Ko'pchilik viruslar juda tez (vakuumda) quritilsa, uzoq muddat chidamli bo'ladi. Masaian, ensefalit virusini vakuumda quritib, besh yil saqlash mumkin. Lekin ultrabinafsha nurlar viruslarga salbiy ta'sir etadi, chunki nuklein kislotalar bu nurlarni ko'p yutadi.

Viruslar shunchalik kichikki, ular oddiy bakteriyalarni tutib qoluvchi chinnidan yasalgan filtrdan ham oson o'ta oladi. Ularning kattaligi nanometr bilan o'lchanadi.




Yüklə 31,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin