Html – hujjatlarni ko‗rish uchun maxsus dasturiy ta‘minot kerak bo‗lib, ular html – kodini dinamik qayta ishlash va web – sahifani ekranda aks ettirishga mo‗ljallanadi. Brouzer – web uzellarning tashkil etuvchi elementlarini ko‗rish uchun hamda html – hujjatlarni namoyon etish uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturdir.
Brouzer gipermatn belgilash tilining interpretatoriga ega bo‗lib, u html – kodni web–sahifa ochilish jarayonida kompilyatsiya qiladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‗lish mumkin. Turli brouzerlardagi HTML interpretatorlar bir xil ishlamaydi. Shuning uchun ba‘zi bir html - hujjatlar brouzerlarda turlicha ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Brouzerlarning html – kodlarni qayta ishlash algoritmlarini statistik taxlil qilish mumkin. Bu esa html – kodlarni turli brouzerlarda aks etish vaqtidagi mos kelmasligiga sabab bo‗lgan xatoliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Web – brouzerlar – bu dunyoning har xil burchaklaridagi web – serverlar bilan tanishib chiqish imkonini beradigan,
kompyuterga joylashtirilgan dasturiy ta‘minotdir. Brouzerlar Internet bo‗ylab uzatiladigan matn va HTML teglarni interpretatsiya qila oladi va ularni ekranda to‗g‗ri aks ettiradi. Brouzerlar kompyuterlarning turidan qat‘iy nazar bir hil xizmat qiladi. Ular HTML ni yaxshi tushunadi va interpretatsiya qila oladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‗lish mumkin. Zamonaviy brouzerlarning ko‗pgina qismini grafik elementlarni aks ettiruvchi sinfga taaluqli deb ko‗rsatish mumkin(1.2-rasm).
1.2-rasm. Zamonaviy brouzerlar5.
Hozirgi paytda eng ommabop brouzerlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Netscape Communication (ilgari Netscape Navigator) va Microsoft Internet Explorer. Netscape va Microsoft o‗rtasidagi raqobat umuman olganda web texnologiyaning tez rivojlanishiga ko‗maklashdi. Internet foydalanuvchilari orasida eng ko‗p tarqalgan ushbu brouzerlar Microsoft Windows tizimida ishlashga mo‗ljallangan. Netscape Communication – bu dunyodagi eng ommabop va eng ko‗p ishlatiladigan brouzer hisoblanadi. Netscape kompaniyasi foydalanishda nihoyatda yengil dasturni kashf qilib va ulardan pulsiz foydalanish imkonini yaratib Internet va WWW da katta qadam qo‗ydi. Netscapening eng asosiy raqibi Microsoft kompaniyasining Internet Explorer brouzeri hisoblanadi. Bu brouzer Netscape tomonidan kiritilgan ko‗plab yangiliklardan va o‗zida mavjud ilg‗or texnologiyalardan foydalanadi. Shu bilan birga Internet Explorer HTML ni barcha darajalarini ham quvvatlaydi.Opera – bu Oslodagi Opera Software Norvegiya kompaniyasi tomonidan yaratilgan kichikkina va oddiygina brouzer. Bu brouzer juda
5www.study.com
kam vaqt ichida yuklanadi va disk hajmiga minimal talablar qo‗yadi. Operaning afzalligi HTML standartlariga to‗liq mos kelishi hisoblanadi. Ancha obro‗li brouzerlar o‗tkazib yuboradigan teglarni yozishdagi noaniqliklar (masalan, yopuvchi teglarni qoldirib ketish, noto‗g‗ri o‗rnatish va h.k.) bu brouzerda to‗g‗ri aks etmaydi. Opera foydalanishning tezligi bo‗yicha birinchi o‗rinlarda turmasada, ko‗pchilik ishlab chiquvchilar kodning to‗g‗riligiga amin bo‗lish uchun o‗z saytlarini Operada tekshirishni davom ettirmoqdalar.
Lynx – bu faqat matnni ko‗rishni ta‘minlaydigan bepul tarqatiladigan brouzer, sizga webdan tez va ishonchli erkin foydalanishni taklif etadi. U web-sahifani bazaviy funktsional tasniflar bo‗yicha tekshirish uchun yaroqli bo‗lgan standart sifatida mashhur bo‗ldi. Oddiyligiga qaramay, bu brouzer eskirmaydi. Lynx har doim takomillashtiriladi va zamonaviylashtiriladi. Accent (http://www.acctntsuft.com) brouzeri o‗nlab har xil tillardagi web–sahifalarni yaratish va ko‗rib chiqish uchun sharoit tug‗dirib beradi. Butun dunyodagi barcha tashrif buyuruvchilarni axborotlar bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratish – bu eng yaxshi tanlovdir. Mosaic webning grafik manipulyatsiyasi uchun loyiha sifatida ishlab chiqilgan brouzer.
Amaya (http://www.w3.org(pub/www/Amaya/) – bu HTML ning oxirgi va eng qiziqarli imkoniyatlarini hamisha quvvatlab turadigan eksperimental brouzer. Agar siz UNIXga ega bo‗lsangiz bu yaxshi tanlovdir, lekin foydalanuvchilar Windows yoki Macintoshga kira olmaydilar.
America Online brouzerlari. America Online (AOL) foydalanuvchilari (platformaga va AOL dasturiy ta‘minotining versiyasiga qarab) mavjud yetti brouzerning birini ishlatadi, ularning ba‘zilari faqat HTMLni qo‗llab-quvvatlashni minimal darajada ta‘minlaydi. WebTV bizning xonadonimizga masofaviy boshqarish pulti mavjud oddiy televizor orqali webni olib kirmoqda (shuningdek, klaviaturadan ham foydalansa bo‗ladi). Web-sahifalarni ko‗rish uchun WebTV o‗z ixtisoslashgan brouzeridan foydalanadi. U HTML standartiga muvofiq sintaksik tahlilni amalga oshiradi, lekin freymlarni, Java, JavaScript, ActiveX yoki ichiga o‗rnatiladigan ilovalarni talab etadigan boshqa ixtiyoriy formatni aks ettirish imkoniyatlarini taqdim
etmaydi. Shuningdek faqat WebTVda ishlatiladigan ko‗pgina yangi HTML-teglari
yaratilgan. WebTV tasvirni televizor ekraniga chiqarganligi sababli rang xarakteristikalari va ekran parametrlariga yangi talablar qo‗yilmoqda.
Agar qaysi brouzerlar eng ko‗p ishlatilishi ma‘lum bo‗lsa, qaysi texnologiyadan foydalanish to‗g‗risida qaror qabul qilish oson bo‗ladi. Eng ishonchli axborotni, albatta, sayt tashriflarining statistikasini yuritish bilan olish mumkin.Internetda brouzerlar to‗g‗risida statistik ma‘lumotlarni taqdim etadigan bir qancha saytni topish mumkin. Bu saytlardagi statistika ushbu saytlarni o‗ziga tashrif buyurishlarning tahliliga asoslangan bo‗ladi(1.3-rasm).
1.3-rasm. Eng ko‗p tarqalgan brouzerlar6.
Turli brouzerlardagi HTML interpretatorlar bir xil ishlamaydi. Shuning uchun ba‘zi bir html - hujjatlar brouzerlarda turlicha ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Brouzerlarning html – kodlarni qayta ishlash algoritmlarini statistik taxlil qilish mumkin. Bu esa html – kodlarni turli brouzerlarda aks etish vaqtidagi mos kelmasligiga sabab bo‗lgan xatoliklarni bartaraf etish imkonini beradi.