“pedagogs” international research journal issn


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.09.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#145995
1   2   3   4
105-108

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-19, Issue-1, October- 2022
 
106
agregatlarining, shu jumladan, plugli agregatlarning ko‘p marta ishlatilishiga olib 
keladi. Natijada, tuproq ustki qatlamining uvalanib changga aylanishi, pastki 
qatlamining esa zichlanishi kuchayadi. Bundan tashqari, plug bilan yillar davomida bir 
xil chuqurlikda ishlov berilganda shudgor tubida o‘ta zichlangan «plug tovoni» paydo 
bo‘lib, ekin ildizining rivojlanishiga va suvning shimilishiga to‘sqinlik qiladi [2]. 
Har yili ekin ekiladigan yerlarni kuzgi shudgorlashda hamda bo‘sh yerlarni 
birinchi marta shudgorlashda chimqirqar (yoki burchakqirqar) o‘rnatilgan plugdan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sochilgan go‘ngni ko‘mish uchun chimqirqarsiz 
plug ishlatiladi. Serildiz joylarda palaxsani ag‘darib, uni maydalashga intilmasdan 
shudgorlash kerak (kesaklar boshqa qurollar yordamida keyinchalik maydalanadi). 
Sertosh yerlar saqlagichli plug bilan haydaladi. Tuproqning namligi 16–18 foiz 
bo‘lganda yer 20 sm (makkajo‘xori va paxta uchun kamida 30 sm) chuqurlikda 
shudgorlanadi. Yillar davomida bir xil chuqurlikda haydash natijasida hosil bo‘lgan 
«plug tovoni»ni buzish uchun har 2–3 yilda chuqurlatkich bilan ishlov berish talab 
qilinadi.
Pluglar vazifasi, traktorga ulanish usuli, tuzilishi, korpuslar soni va mo‘ljallangan 
ish tezligiga qarab har xil turlarga bo‘linadi. Tuproqqa asosiy ishlov beradigan har 
qanday plug rama , korpus, g‘ildiraklar, chimqirqar va boshqa qismlardan tuzilgan. 
Pluglarning ishchi qismi: pichoq, chimqirqar, asosiy korpusdan iborat. Pichoq 
shudgorlanayotgan yerni tik tekislikda ma’lum chuqurlikda kesib ketadi. Asosiy 
korpus esa to‘rtburchakka o‘xshagan tuproq palaxsasini o‘ng tomonga surib ag‘daradi. 
Agar yerning ustki qatlami serildiz bo‘lsa, asosiy korpus oldiga chimqirqar o‘rnatiladi. 
U palaxsaning bo‘lagini ajratib olib, shudgor tubiga tashlaydi. Palaxsaning o‘z joyida 
qolgan L shaklidagi qismini asosiy korpus shudgor tubidan ajratib olib, ilgari 
to‘ntarilgan 
qismining 
ustiga 
ag‘darib, 
ko‘mib 
ketadi
(1-rasm). 
Agrotexnik talab bo’yicha shudgorlash chuqurligi ko’pi bilan, ±5 % dan 
oshmasligi, plugning qamrov kengligi konstruktiv kengligiga nisbatan ±10 foizdan 
ortiq farq qilmasligi lozim. Shudgorlash natijasida o‘simlik qoldiqlari va sochilgan 
go‘ng to‘liq ko‘milishi shart. Har bir korpus ag‘dargan palaxsalardan paydo bo‘ladigan 
do‘ngchalar balandligi 5 sm dan oshmasligi, shudgorlangan joylarda baland tuproq 
uyumlari va o‘ta keng ochilgan marzalar bo‘lmasligi kerak [3, 4]. 



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin