Pedagogika


Temuriylay davrida pedagogik fikrlarning maydonga kelishiga hissa qo’shgan mutaffakirlarning faoliyati



Yüklə 270,87 Kb.
səhifə3/6
tarix09.09.2022
ölçüsü270,87 Kb.
#63509
1   2   3   4   5   6
Tilavova Muqaddamning kurs ishi

1.2. Temuriylay davrida pedagogik fikrlarning maydonga kelishiga hissa qo’shgan mutaffakirlarning faoliyati
“Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”) va “Voqeoti Temuriy” (“Temurning boshidan kechganlari”) nomlari bilan atalmish asar e’tiborga molik tarixiy manbalar jumlasidan. “E’tiborga molik” deganimizning boisi shuki, uning nusxalari (qo‘lyozmalari ham, toshbosmalari ham) ko‘p tarqalgan. “Temur tuzuklari”ni bugun jahonning ko‘pgina mamlakatlarida, masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Angliya, Fransiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalaridan topish mumkin. O‘z-o‘zidan ma’lumki, qaysi bir asar qimmatli, amalda zarur bo‘lsa, undan ko‘proq nusxa ko‘chirilgan. “Temur tuzuklari” ham ana shunday asarlar sirasidandir. U ko‘proq sohibi tojlarga kerak bo‘lgan. Shuning uchun ham hukmdorlarning ko‘pchiligi bu va shunga o‘xshash asarlardan nusxa ko‘chirtirib, shaxsiy kutubxonalarida asragan va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida ulardan muhim yo‘l-yo‘riq sifatida foydalangan. Masalan, buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shohjahon (1628–1657), Qo‘qon xoni Muhammadalixon (1821–1842) va Buxoro amiri Abdulahadxon (1885–1910) chapdast kotiblariga buyurib, «Temur tuzuklari»dan o‘zlari uchun nusxa ko‘chirtirganlari ma’lum. Ko‘chirganda ham zo‘r mas’uliyat va qunt bilan ko‘chirganlar. Hindistonlik muarrix Abdulhamid Lohuriyning (1654 y. vafot etgan) “Podshohnoma”sida (mavlaviy Kabiriddin Ahmad va Abdurahimlar amalga oshirgan nashr, Kalkutta, 1866–1872 y., I jild, 288-sahifa) bunday gap bor: Hijriy 1047-(milodiy 1637–1638) yili Mir Abu Tolib al- Husayniy at-Turbatiy degan shaxs Shohjahonga “Tuzuki Temuriy”ning forsiy tarjimasini taqdim etgan. Podshoh tarjima bilan tanishib chiqib, uni qozikalon, iste’dodli yozuvchi Muhammad Afzal Buxoriyning (1651 yoki 1652 y. vafot etgan) qo‘liga tutqazgan va Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454 y. vafot etgan) mashhur “Zafarnoma” asariga solishtirib va kamchiliklari bo‘lsa, tuzatib, xattot va muarrixlari o‘zidan qo‘shgan ortiqcha joylari bo‘lsa o‘chirib tashlashni buyurgan. “Temur tuzuklari”ning shu kunlargacha yetib kelgan qo‘lyozma va toshbosma nusxalari o‘sha Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy tarjimasi asosida yaratilgan. Bu – birinchidan. Ikkinchidan, mazkur asar XVIII asrdan beri (balki undan ilgariroq bo‘lishi ham mumkin, lekin bu haqida qo‘limizda ma’lumot yo‘q) dunyo olimlarining diqqat-e’tiborini qozonib keladi. Masalan, asarning matni, tadqiqot va zarur ilmiy izohlar bilan 1783-yilda Angliyada, 1785 va 1891-yilda Hindistonda, 1868-yili Eronda chop etildi. Asar jahon tillaridan bir nechtasiga: fransuz (1787), ingliz (1830), urdu (1845), rus (1894, 1934) va eski o‘zbek (1835, 1857, lekin to‘liq emas) tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. Uning toshbosma nusxalari (Tehron – 1868, Toshkent – 1890 va h.k.) ham keng tarqalgan. Qiziq, bu tasodifiymi yoki qonuniymi – bilmadim, “Temur tuzuklari” ham, O‘rta Osiyo zaminida yaratilgan ko‘pgina ajoyib asarlar singari, avval o‘zga yurtlarda, xususan, Yevropada shuhrat topdi. “Temur tuzuklari” – podshohlarning turish turmushini va axloq-odob me’yorlarini belgilovchi risola. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste’dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning yetti yoshi (1342) dan to vafotiga (1405 yil, 18 fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqroq qilib aytganda, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo‘shni yurt va mamlakatlarni, masalan, Eron hamda Afg‘onistonni o‘z tasarrufiga kiritish, Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamishxon (1376–1395), butun Yevropaga qo‘rquv va dahshat solgan Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389–1402)ga qarshi va nihoyat, buyuk Jahongirning Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqla­ rining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytmoqchimanki, “Tuzuk” yozish odati Amir Temurdan avval ham bo‘lgan, keyin ham. Bu odat aslida xitoylardan va turk-mo‘g‘ul xonlaridan qolgan. Masalan, turk xoqonlaridan qolgan “Qonunnoma”, Chingizxondan qolgan «Bilik», Xondamir (1474–1535) yozgan “Qonuni Humoyun”, Ro‘zbehon (1458–1521 yoki 1530) ning qalamiga mansub bo‘lgan va shayboniylardan Ubaydullaxonning topshirig‘i bilan yozilgan “Suluk al-muluk” (Podshohlarga yo‘l-yo‘riq) shular jumlasidandir. Bunday asarlarda davlatni idora qilish tartibi, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlarni o‘tkazish va qo‘zg‘olonni bostirish qoidalari bayon etiladi. Mutaxassis olimlarning (A. A. Semyonov, Ch. Re, E. G. Braun va boshqalar) so‘zlariga qaraganda “Temur tuzuklari” boshda turkiy tilda yozilgan va uning bir nusxasi Yaman hokimi Ja’far podshohning kutubxonasida saqlangan. Yuqorida nomi tilga olingan Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiyning forsiycha tarjimasi ana shunday turkiycha nusxalardan biriga asoslangan, albatta. Asarning muallifi ma’lum emas. Butun voqea bir shaxs – Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Aslida shundaymi yoki Amir Temur aytib turgan, kotib yozib olganmi, yo bo‘lmasa uning aytganlarini kimdir jam qilib kitob tuzganmi, bu haqda qat’iy bir fikr aytish qiyin. Sharq mamlakatlarida bu mashhur asar chin­ dan ham Amir Temur tarafidan yozilganligi va uning tarjimai holi ekanligi e’tirof qilinadi. Chunonchi, Somiyning “Qomus ul-a’lom” (Istanbul, 1891, 1727bet) asarida Amir Temur “Tuzukot” unvonli qonunlar majmuasini qalamga olib, unda o‘zining tarjimai holini bayon etgan deyilgan. Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasidagi urushlar tarixini yozgan fransuz sharqshunosi M. Sharmua va rus harbiy tarixchisi M. I. Ivanin (1801–1874) “Tuzuklar”ni Amir Temur o‘zi yozgan va u muhim avtobiografik asar, deb qayd etganlar. Biroq yevropalik boshqa bir guruh olimlar (E. G. Braun, Ch. A. Stori, V. V. Bartold) “Temur tuzuklari”ni soxta asar, uni Amir Temur yozmagan, deydilar. A. Yu. Yakubovskiyning fikricha, asar XVIII asrda Hindistonda yozilgan. Ingliz olimi Ch. A. Stori yuqorida nomi zikr etilgan Mir Abu al-Husayniy at-Turbatiyni asarning muallifi, deb taxmin qilgan. Xullas, qanday bo‘lmasin, asarni Temur yoki boshqa odam yozganligidan qat’iy nazar, u soxta emas, balki chin asardir. Agar unda bayon etilgan voqealarni Nizomiddin Shomiyning Amir Temur tarixini o‘z ichiga olgan mashhur “Zafarnoma”si yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning shu nomdagi asari bilan solishtirilsa, bunga to‘la ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, Sharafiddin Ali Yazdiy shunday yozadi: “...shu tartibda ul hazrat (Amir Temur) hayotining ulug‘ voqealari va kechinmalarini o‘z ichiga olgan turkiy manzuma va forsiy asar, alohida-alohida nazm va nasr tarzida tuzilgan edi”.



Yüklə 270,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin