Pedagogika fakulteti



Yüklə 164,39 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix09.05.2020
ölçüsü164,39 Kb.
#31173
maktabgacha talim muassasasining maktab bilan hamkorligi


1

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI

AL-XORAZMIY NОMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

 

                                       PEDAGOGIKA FAKULTETI  



“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi 101- guruh  talabasi 

Shamuratova Maftunaning 



 “Maktabgacha ta’limda mutaxxasislikka kirish” FANIDAN  

“Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi” 

mavzusidagi 

KURS ISHI

Himoya qilishga ruxsat berilgan

Ilmiy rahbar: ___________  X.M. Atajonova



«_________» ______________________ 2015- y.

2

                                                        

                                                       MUNDARIJA

KIRISH…………………………………………………………………..4-6

I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasai bolalarni

 maktabga tayyorlovchi asosiy muassasa. …….....................................7-8

1.1  Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish 

va unga rahbarlik qilish. …………………………………………………7-11



1.2  Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari…………………..12-14

II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab 

bilan hamkorligining pedagogik asoslari. ……………………………15-17

2.1 Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati………………………… 15-17

2.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi

 usullari va ish shakllari. ………………………………………………..18-20 



XULOSA………………………………………………………………21-22 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………23

3

MAVZU: Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligi. 

REJA: 

KIRISH.

I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni maktabga tayyorlashda 

asosiy muassasa. 

1.1  Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish. 

1.2  Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari. 

II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligining 

pedagogik asoslari. 

2.1 Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati. 

2.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligi usullari va ish shakllari.  

XULOSA. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

4

                                                KIRISH



     Mavzuning  dolzarbligi.  Mamlakatimizda  mustaqillik  yo’lidagi  ilk 

qadamlardanoq jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosit va iqtisodiy tub 

islohotlar  amalgam  oshirila  boshlandi.  Ta’lim  sohasida,  jumladan  uning  birinchi 

pog’onasi  hisoblanmish  maktabgacha  ta’lim  sohasida  ham  katta  o’zgarishlar 

qilinmoqda. 

       Mustaqillik 

yillarida 

mamlakatda 

ta’lim 

muassasalari 



faoliyatini 

me’yorlashtiruvchi  “Ta’lim  to’g’risida”  gi  qonun,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi” , shuningdek “O’zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risida 

Nizom”,  “Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta’lim-tarbiyasiga  qo’yiladigan  davlat 

talablari” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi. 

      Isloh  etish  jarayonida  bolalarga  ta’lim  va  tarbiya  berish  vazifalari,  mazmuni, 

shakl  va  uslublari,  shuningdek  pedagogika  fani  taraqqiyotining  ustuvor 

yo’nalishlari qamrab olinmoqda. 

      “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonunning  30-moddasi  orqali  farzandlar  tarbiyasi  va 

ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-

onalarning o’rni va javobgarligi oshirildi.

      Bugungi  maktab  bolasidan  aniq  bilimlargina  emas,  fikirlash  ko’nikmasi, 

kattalar  hamda  sinfdosh  o’rtoqlarini  tushunish,  ular  bilan  hamkorlik  qilish  ham 

talab  etiladi.  Shuning  uchun  bolaning  maktabga  qadam  qo’yayotganida  nechog’li 

bilimga egaligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorgarligi, atrof-

olamga  moslashish  ko’nikmasi,  voqea-hodisani  mustaqil  ravishda  tahlil  etishi  va 

harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. 

      Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni orttirish, 

o’z  g’oyasini  himoya  qilish,  mustaqil  ravishda  bir  qarorga  kelish  ko’nikmasini 

shakllantirish ham muhimdir. 

     “O’zbekiston  Respublikasida  maktabgacha  ta’lim  to’g’risida”gi  Nizomga 

muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim 

va  tarbiya  berishi  orqali  yoki  doimiy  faoliyat  ko’rsatadigan  maktabgacha  ta’lim 


5

muassasalarida,  shuningdek  maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  jalb  qilinmagan 

bolalar  uchun  bolalar  bog’chalarida,  maktablarda,  mahallalarda  tashkil  etilgan 

maxsus  guruhlar  yoki  markazlarda  oladi.  Bu  yerda  ular  haftada  2-3  marta 

shug’ullanishadi.  Ota-onalarga  maktabgacha  ta’lim  shaklini  tanlash  huquqi 

beriladi. 

      6-7  yoshli  bolaning  maktab  ta’limiga  tayyorligini  aniqlashda  maktabgacha 

yoshdagi  bolalar  ta’lim-tarbiyasi  bilan  shug’ullanuvchilar  asosiy  shart 

hisoblanmish  bolaning  maktabga  tayyorligi  maktabgacha  va  maktab  davridagi 

hayot  tarzi  hamda  faoliyati  uchun  ko’prik  vazifasini  o’tashini,  oila  yoki 

bog’chadagi  ta’lim  va  tarbiya  sharoitlaridan  maktab  ta’limiga  ozorsiz  o’tkazishni 

taminlash zarurligini hisobga olishlari lozim. 

     Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi hamisha uning hayoti, 

ahloqi,  qiziqish  va  munosabatlarida  anchayin  jiddiy  tub  o’zgarishlarni  yuzaga 

chiqaradi.  Shuning  uchun  maktabgacha  yoshdagi  bolani  bog’chada  yoki  uydayoq 

maktab  ta’limiga  tayyorlash,  uni  uncha  qiyin  bo’lmagan  bilim,  tushuncha, 

ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi.  

    Muammoning  o’rganilganlik  darajasi:  Tadqiqot  jarayonida  muammoning 

nazariy  jihatdan  ishlanganlik  darajasini  o’rganish  yoshlarni  ma’naviy-axloqiy 

ruhda   tarbiyalash  hamda  maktabgacha  ta’lim  yo’nalishida  bolalarni  milliy 

tarbiyalashning  o’ziga  xos  jihatlari  bir  guruh  pedagog  va  psixolog  olimlarimiz 

tomonidan yetarli darajada tadqiq etilganligini ko’rsatdi.

    O`zbekistonda  ta`lim  tizimidagi  ulkan  yuksalishlar  XX  asrning  50-yillariga 

to`g`ri  keladi.  Bu  yillarga  kelib,  maktabgacha  tarbiya  sohasida  malakali  oliy 

ma’lumotga ega bo`lgan kadrlar tayyorlashga kuchli ehtiyoj sezildi.

    Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorga binoan 1935-yilda Nizomiy nomli 

TDPI  tashkil  etildi  va  xuddi  shu  yildan  boshlab,  «Maktabgacha  pedagogika» 

kafedrasi o`z faoliyatini boshlaydi. 70-yillik tarixiy davr mobaynida maktabgacha 

pedagogika kafedrasi katta ijodiy yo`lni bosib o`tdi.

     O`zbekistonda  maktabgacha  tarbiya  bo`yicha  oliy  ma’lumotli  mutaxassislarni 

tayyorlash  borasida  tashkiliy-pedagogik,  ilmiy-metodik,  o`quv-tarbiyaviy, 



6

ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  olib  borishda  maktabgacha  pedagogika  kafedrasi 

namunali ishlarni tashkil etdi.

     1954-yilgacha  «Maktabgacha  pedagogika»  kafedrasining  tashkil  etilishi 

quyidagi bosqichlarda rivojlandi:

     1928-29 yillarda Belinskiy nomidagi kechki pedagogika Instituti «Maktabgacha 

tarbiya bo`limi»ni 28 ta talaba bitirib chiqdi. Bular: 15 ta o`zbek va 13 rus guruhi 

talabalaridan iborat edi.

     «Maktabgacha  pedagogika»  sohasi  fani  o`qituvchilari  yetishmasligi  sababli, 

bitiruvchilar bu fanni tinglash maqsadida Moskva shahriga yuboriladi.

      Toshkent  shahriga  bu  mutaxassisilik  yetakchi  pedagog-olimlardan  Flerina 

Ye.A.,  Chuvashev,  Krasnogorskaya,  D.V.Mendjeritskaya,  A.M.Leushina, 

Rudnevlar taklif qilinadi.

      Farg`ona shahriga esa Bass, Rudnik, Kvilg’man F.T lar yuboriladi. 

1954-yilgacha  493  ta  mutaxassis  tayyorlandi.  O`zbekistonning  bir  qancha 

viloyatlarida ham maktabgacha tarbiya bo`limi va fakultetlari jadallik bilan tashkil 

etildi.

     1933-yilda  Farg`ona  pedagogika  Institutida  maktabgacha  ta`lim  mutaxassisligi 



bo`yicha  21  ta,  1936-yilda  18  ta  kadrlar  tayyorlandi,  1937-\yilda  esa  o`qituvchi 

kadrlar  yetishmasligi tufayli tugatildi.

     Qo`qon  kechki  pedagogika  Institutida  ham  1928-yilda  maktabgacha  tarbiya 

bo`yicha kadrlar tayyorlandi.

      SHu  yillardan  boshlab,  kafedra  Z.A.Yagudina,  L.Kai’ova,  G.G.Korneeva, 

K.Saidalieva,  S.A.Ishniyozova,  A.G.Nazarova,  E.M.Rozbaeva  kabi  o`qituvchilar 

bilan to`ldirildi.

Kurs  ishining  maqsadi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  maktab  bilan 

hamkorligini o’rganish. 



Kurs  ishining  obyekti.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  maktab  bilan 

hamkorligi va ish shakli.



Kurs  ishining  predmeti.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  maktab  bilan 

hamkorlik jarayoni.



7

Kurs  ishining  tuzilishi.  Kurs  ishi  2  bob,  4  ta  paragraf,  xulosa  va 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasai bolalarni maktabga tayyorlashda 

asosiy muassasa

1.1  Maktabgacha ta’lim muassasalarini tuzish va unga rahbarlik qilish 

      Avvalam  bor  maktabgacha  ta’lim  haqida  ma’lumot  beradigan  bo’lsak, 

Maktabgacha  ta’lim”  -  Maktabgacha  ta‘lim  bola  shaxsini  sog‘lom,  yetuk, 

maktabda  o‘qishga  tayyorlangan  tarzda  shakllantirish  maqsadini  ko‘zlaydi.  Bu 

ta‘lim  olti-etti  yoshgacha  oilada,  bolalar  bog‘chasida  va  mulk  shaklidan  qat‘iy 

nazar  boshqa  ta‘lim  muassasalarida  olib  boriladi.  Bundan  ko‘zlangan  maqsad, 

bolaning  bilimga  qiziqishini  ta‘minlashdan,  ma‘naviy-axloqiy  tarbiyalashdan, 

dastlabki  mehnat  ko‘nikmalarini,  ilmga  muhabbat  qo‘yishni  o‘stirishdan, 

salomatligini  mustaxkamlashdan  iboratdir.  Maktabgacha  ta‘lim  muassasalari 

vazirliklar,  idoralar,  xalq  deputatlari  kengashi  ko‘rsatmasiga  binoan  ularga 

bo’ysungan  korxonalar  muassasalar,  xalq  deputatlari  tomonidan  xalq  xo‘jaligi 

rejasida  belgilab  berilgan  bolalar  kontingenti  doirasida  tuziladi.  Maktabgacha 

ta’lim  muassasasi  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  ijtimoiy  tarbiya  qiladigan 

Davlat  korxonasi  ekanligi.  Maktabgacha  ta‘lim  mussasasi  o‘z  faoliyatida         

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlariga,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  qarorlari  va  boshqa  hujjatlariga,  O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «Maktabgacha 

ta‘lim  muassasasi  to‘g‘risida»gi  Nizomga  amal  qiladi.  Maktabgacha  ta‘lim 

mussasasi  oila  va  jamiyatning  bolalarga  g‘amxo‘rlik  qilish,  milliy  va  mintaqa 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  har  tomonlama  barkamol  qilib  tarbiyalash  va 

rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida tashkil etiladi. 

        Maktabgacha  ta’lim  muassasasini  boshqarish  uchun  mudira  tayinlanadi.    

Mudira  –  maktabgacha  ta‘lim  muassasasining  tashkilotchisi,  rahbari,  malakali 

pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib 

tarbiyalash  vazifalarini  to‘laqonli  hal  etishga  qaratilgan.  U  bolalar 


8

muassasalaridagi  ta‘lim-tarbiyaviy,  pedagogik  va  gigiyenik  talablarga  muvofiq 

ravishda  amalga  oshirilishi  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  ta’minlaydi.  O‘z 

jamoasida  ishchanlik,  maqsadga  qaratilgan  inoqlik  vaziyatini  yaratadi.  Ularga 

umumiy  rahbarlik  qiladi.  Mudira  o‘z  ishida  davlatimiz  va  Xalq  ta‘limi  vazirligi 

tomonidan  qabul  qilingan  qaror,  qonunlarga  amal  qiladi  va  o‘z  ustida  ijodiy 

ravishda  ishlashni  amalga  oshiradi.  Yuksak  onglilik  va  siyosiy  yetuklik, 

printsiplilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik – bu mudiraga qo‘yiladigan 

asosiy talablardir.   

       Tа`lim to`g`risidаgi qоnunning 4-bo`limi «Tа`lim tizimi bоsh`аrish» bo`limidа 

uning 25-mоddаsidа shundаy dеyilаdi: Tа`lim sоxаsidа yagоnа dаvlаt sistеmаsini 

аmаlgа  оshirish  Dаvlаt  bоshqаruv  оrgаnlаrigа  rаhbаrlik  qilish  tа`limni 

rivоjlаntiruvchi  dаsturlаrni  ishlаb  chiqish  vа  аmаlgа  оshirish  xаr  bir  rаxbаrning 

bоsh  vаzifаlаridаn  biridir.  Mаktаbgаchа  tаrbiya  to’g`risidаgi  Nizоmdа  hаm 

Mаktаbgаchа  tаrbiya   muаssаsаlаrini  bоshqаrish  vа  kаdrlаr  tаyyorlаsh  ishlаrini 

аmаlgа оshirish, rаhbаrning huquq dоirаsi kаfоlаtlаri bеlgilаb bеrilgаn.

      

Hozirda  bolalarni  maktabgacha  ta‘limga  jalb  etish  20%  ni  tashkil  etmoqda. 



Ta‘lim  to‘g‘risidagi  Qonunning  II  moddasi  maktabgacha  ta‘limga  bag‘ishlangan. 

«Maktabgacha  ta‘lim»  bola  shaxsini  sog‘lom  va  yetuk,  maktabda  o‘qishga 

tayyorlangan  tarzda  shakllantirish  maqsadini  ko‘zlaydi.  Maktabgacha  ta‘lim 

mussasasi  mustaqil  ravishda,  o‘z  tashabbusi  bilan  o‘z  faoliyatiga  taalluqli,  agar 

ular  qonunchilikka  va  pedagogik  printsiplarga  moyllik  qilmasa  har  qanday  qaror 

qabul  qilishga  haqlidir.  Maktabgacha  ta‘lim  mussasasi  ta‘lim-tarbiyaviy  ishlar 

sifati bolalar va ota-onalar huquqiga jamiyat va Davlat manfaatlariga rioya qilish 

uchun ma‘suldir va bog‘liq masalalarni birga hal qiladi.    



               II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi

1.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  muassis  tomonidan  tashkil  etiladi  va 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.

2. Quyidagilar:

davlat boshqaruvi organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari;



9

davlat korxonalari;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha 

ta`lim muassasasining muassislari bo`lishi mumkin. 

3. Maktabgacha ta`lim muassasalari o`z ishining o`ziga xosligiga muvofiq 

quyidagi tiplarga bo`linadi:

umumiy tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasi;

ixtisoslashtirilgan  (jismoniy  va  psixik  rivojlanishida  har  xil  nuqsonlar 

mavjud bo`lgan bolalar uchun);

sanatoriy  tipidagi  (zaif,  turli  yuqumli  kasalliklarni  boshdan  kechirgan, 

surunkali asoratlarga ega bo`lgan bolalar uchun). 

4.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  o`z  nizomiga,  bank  muassasalarida 

hisob  raqamiga,  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  gerbi  tasviri  tushirilgan  va  o`z 

nomi ko`rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko`rsatilgan shtam’ga ega bo`ladi.

5.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasini  akkreditatsiya  qilish  davlat  vakolatli 

organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. 



                  III. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish

6.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  belgilangan  davlat  normativlariga  va 

maktabgacha  ta`lim  muassasasiga  qo`yiladigan  talablarga  muvofiq  bolalarni 

tarbiyalashni,  o`qitishni,  ularga  qarab  turish  va  ularni  parvarish  qilishni  hamda 

sog`lomlashtirishni ta`minlaydi. 

7.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasida  ta`lim  mazmuni  O`zbekiston 

Respublikasi  Xalq  ta`limi  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  yoki  tavsiya  qilingan 

dasturlar  bilan  belgilanadi.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  o`z  (mualliflik) 

dasturlaridan  foydalanishga  haqlidir.  Bunday  dasturlarni  tasdiqlash  tartibi 

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi. 

8.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasining  ish  rejimi  va  bolalarning  u  yerda 

qancha vaqt bo`lishi maktabgacha ta`lim muassasasi ustavi va muassisning qarori 

bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki 

vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yiladi. 



10

9. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni o`qitish va tarbiyalash davlat 

tilida  va  «Davlat  tili  haqida»gi  O`zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  muvofiq 

boshqa tillarda olib boriladi. 

10.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasida  ovqatlanishni  tashkil  etish 

maktabgacha  ta`lim  muassasasiga  yuklanadi  hamda  O`zbekiston  Respublikasida 

tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi. 

11.  Bolalarga  tibbiy  xizmat  ko`rsatish  ham  shtatdagi  tibbiyot  xodimlari, 

ham  maktabgacha  ta`lim  muassasalariga  biriktirilgan  sog`liqni  saqlash 

organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta`minlanadi, ular maktabgacha ta`lim 

muassasasi  xodimlari  bilan  birgalikda  bolalarning  hayoti,  sog`lig`i  va  jismoniy 

rivojlanishi,  davolash-’rofilaktika  tadbirlari  o`tkazilishi,  sanitariya-gigiena 

normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.

     Tibbiyot  xodimlari  faoliyatini  nazorat  qilish  mahalliy  sog`liqni  saqlash 

organlariga yuklanadi.

     Maktabgacha ta`lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi 

uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.

     Maktabgacha  ta`lim  muassasasining  shtatdagi  xodimlari  sog`liqni  saqlash 

organlarida be’pul tibbiy ko`rikdan o`tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar 

davlat tomonidan ajratiladigan mablag`lar doirasida belgilanadi.

     Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza 

qilishni  tashkil  etish  tartibi  O`zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta`limi  vazirligi 

tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. 

12. Maktabgacha ta`lim muassasasi nizomda qayd etilgan o`z maqsadlarini 

va  vazifalarini  bajarish  uchun  ota-onalar  yoki  ularning  o`rnini  bosuvchi  shaxslar 

bilan  tuzilgan  shartnomalar  asosida  oilaning  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda 

asosiy ta`lim dasturlaridan tashqari qo`shimcha pulli ta`lim xizmatlari ko`rsatishga 

haqlidir.  Pulli  ta`lim  xizmatlari  muassis  tomonidan  moliyalashtiriladigan  asosiy 

ta`lim faoliyati o`rniga va uning doirasida ko`rsatilishi mumkin emas. 


11

Maktabgacha ta’lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi 

turlarga bo’linadi:

Bolalar  yaslisi,  bolalar  yasli  bog’chasi,  bolalar  bog’chasi,  uydagi  bolalar 



bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).

Maktabgacha  tarbiya  va  boshlang’ich  ta’lim  mussasasi  (bolalar  bog’chasi-



maktab).

Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport 



va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta’lim muassasalari. 

Tarbiyalanuvchilarning  jismoniy  va  ruxiy  rivojlanishdagi  og’ishlarni 



kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.

Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbir va protseduralarini 



amalga  oshiruvchi  zaiflashgan  bolalarni  nazorat  qilish  va  sog’lomlashtirish 

bog’chasi.

      Birlashtirilgan  turdagi  bolalar  bog’chasi  (birlashtirilgan  turdagi  bolalar 

bog’chasiga  rivojlantiruvchi,  tiklovchi  va  sog’lomlashtiruvchi  guruhlar 

umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).

  

       



Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  ish  tartibi  va  u  yerda  bolalarning  bo’lish 

davomiyligi  davlatning  maktabgacha  ta’lim  sifat  va  darajasiga  bo’lgan  talablari, 

nizom,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  va  ota-onalar  orasida  tuzilgan  shartnoma, 

hamda ta’sischilar tomonidan belgilandi. 

      Imkoniyatlari  cheklangan  bolalar  uchun  maxsus  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli 

ta’limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-

tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. 

    


12

1.2  Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari

       Farzandini maktabga yuborayotgan har bir ota-ona farzandim o’quv jarayoniga 

tayyor  deb  hisoblaydi.  Chunki,  har  bir  kishi  o’z  farzandini  qobilyatli  va 

takrorlanmas  deb  o’ylaydi.  Ammo  su  o’rinda  savol  tug’iladi.  Bola  har  jihatdan 

maktabga tayyormi? U yangi sharoitga ko’nika oladimi? 

        Maktabga  tayyorgarlik  va  maktab  hayotiga  moslashtirishning  muvaffaqiyatli 

kechishi  bu  ishni  oldinroq  boshlab,  uni  asta  sekin  bolaning  manfaati  bilan 

uyg’unlashtirgan holda sabr bilan  amalga oshirishni talab etadi. 

        Bolaning  3  yoshdan  6-7  yoshgacha  bo’lgan  muddat  maktabgacha  yosh 

davriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda bola o’zi uchun yangi dunyoni kashf etadi. 

        Maktabgacha  ta’lim  uzluksiz  ta’limning  boshlang’ich  qismi  hisoblanadi.  U 

bolaning  sog’lom  va  rivojlangan  shaxs  bo’lib  shakllanishini  ta’minlab,  o’qishga 

bo’lgan  ishtiyoqini  uyg’otib,  tizimli  o’qitishga  tayyorlab  boradi.  6-7  yoshgacha  

bo’lgan  maktabgacha  ta’lim  davlat  va  nodavlat  bolalar  maktabgacha  ta’lim 

muassasalarida  va  oilada  amalga  oshiriladi.  Maktabgacha  ta’limning  maqsadi – 

bolalarni  maktabdagi  o’qishga  tayyorlash,  bolani  sog’lom,  rivojlangan,  mustaqil 

shaxs  bo’lib  shakllantirish,  qobiliyatlarini  ochib  berish,  o’qishga,  tizimli  ta’limga 

bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.

       Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 

qilish  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  hamda  shtatdagi  tibbiyot  xodimlari, 

shuningdek  maktabgacha  ta’lim  muassasasiga  biriktirilgan  sog’liqni  saqlash 

organlarining 

tibbiyot 

xodimlari 

tomonidan 

amalga 


oshiriladi.

Maktabgacha  ta’lim  muassasasida  bolalarning  hayoti  va  sog’lig’ini  muhofaza 

qilishni  tashkil  etish  tartibi  va  qoidalari,  maktabgacha  ta’lim  muassasasiga 

bolalarni  olib  kelish  va  olib  ketish  qoidalari,  maktabgacha  ta’lim  muassasasi 

binolarida  xavfsizlikni  tashkil  etishga  oid  talablar,  maktabgacha  ta’lim 

muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga 



13

bo’lgan  talablar  “Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalarning  hayoti  va 

sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga 

solinadi.



     Bolalar  maktabgacha  muassasalari  –  O’zbekiston  Respublikasidagi  ta’lim 

muassalarining  turi  bo’lib,  turli  yo’nalishdagi  maktabgacha  ta’lim  umumta’lim 

dasturlarini  amalga  oshiradi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  2  yoshdan  7 

yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va 

sog’lomlashtirishni ta’minlaydi.

    Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsad va vazifalari 

Maktabgacha  ta’lim,  olinish  shakli  va  usullaridan  qat’iy  nazar,  quyidagi 

maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:

Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;



Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish;

Bolalarni  milliy  va  umuminsoniy  etik  va  madaniy  qadriyatlar  bilan 



tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;

Bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;



Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;

      Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  bolani  har  tomonlama  rivojlantirish  yo’lidagi 

muhim ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu boisdan bolalarni albatta maktabgacha 

ta’lim  muassasasida  tarbiya  olishga  topshirish  ularning  rivojlanishi  va  bevosita 

maktab  ta’limiga  tayyorlashning  muhim  jihati  hisoblanadi.  Bunda  albatta,  ijodiy 

imkoniyatlarga  ega  bo’lgan  bola  yangi  o’quv  materialini  mustaqil  tushunib 

yetishga,  izlanish  faoliyatiga,  pedagoglar  va  tengdoshlari  bilan  o’zaro 

munosabatlarini  o’rnatishga  tayyor  bo’ladi.  U  bilishga  qiziquvchan,  faol, 

tashabbuskor bo’ladi. 



14

      O`zbekiston  Respublikasida  maktabgacha  ta`lim  tizimini  takomillashtirish, 

uning  uzluksizligini,  shuningdek  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  vazifalari 

samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat 

maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soladi. 

     2.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  o`z  faoliyatida  O`zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi  va  qonunlariga,  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

qarorlari  va  boshqa  hujjatlariga,  O`zbekiston  Respublikasi  ‘rezidentining 

farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlariga,  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o`z ustaviga 

amal qiladi. 

     3.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  ta`lim-tarbiya  va  sog`lomlashtirish 

muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;

 bola  shaxsi  asoslarini  shakllantirish,  uning  bilimga  qiziqishlarini 

rivojlantirish;

 bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;

 bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

 bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

 bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.



15

II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasasining maktab bilan hamkorligining 

pedagogik asoslari

2.3 Ta’lim tizimida hamkorlikning ahamiyati

      Xalq  ta’limi  vazirligi  tomonidan  “Sog’lom  bola  yili”  Davlat  dasturiga  asosan  

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  

(МТМ)ga  qamrab  olinmagan  bolalarni 

maktabga  tayyorlashga  mo’ljallab  chop  etilgan  besh  nomdagi  («Nutq  o’stirish, 

o’qish  va  savodga  tayyorgarlik»,  «Matematik  tasavvurlarni  shakllantirish», 

«She’riy  asarlar  to’plami»,  «Nasriy  asarlar  to’plami»,  «Sog’  tanda  —  sog’lom 

aql») qo’llanmalarning joylarga yetkazilishi va ulardan oilalarning foydalanilishini 

ta’minlash  tartibi  tasdiqlandi.  «Mazkur  tartib  besh  nomdagi  rangli,  suratli 

kitoblarni  manzilli  ro’yxat  asosida  bosqichma  –bosqich  joylarga  yetkazishni 

ko’zda tutadi. 

Unga ko’ra, jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:  

      Avvalo,  Respublika  “Ta’lim-taminot”  unitar  korxonasi  qo’llanmalarni 

nashriyotdan  qabul  qilib  olgach,  ularning  Qoraqalpog’iston  Respublikasi, 

viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalariga yetib borishini ta’minlaydi. 

       Kitoblar  tashkilotlar  orqali  taqsimotga  asosan  umumta’lim  maktablari  

kutubxonasiga  yetkaziladi.  Ularni  tarqatish  yuzasidan  tuman(shahar)  xalq  ta’limi 

muassasalari  faoliyatini  metodik  ta’minlash  va  tashkil  etish  bo’limlarining 

buyrug’i  chiqarilib,  mas’ullar  tayinlangach,  qo’llanmalar  ota-onalar  va 

maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  beriladi.  Kitoblarda  to’g’ri  foydalanish 

bo’yicha  ota-onalar  va  maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  yo’l  yo’riq  ko’rsatish 

borasida ham muayyan vazifalar belgilanadi.



16

       Jumladan,  tuman(shahar)  xalq  ta’limi  muassasalari  faoliyatini  metodik 

ta’minlash  va  tashkil  etish  bo’limlari  metodistlari,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  pedagoglari  o’z  hududlaridagi  5-6  yoshli  farzandlari  maktabgacha 

ta’lim  muassasasiga  qamrab  olinmagan  oilalarga  besh  nomdagi  qo’llanmalardan 

foydalanish yuzasidan maslahatlar berishadi.

         O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  2014-yil  –  “Sog’lom  bola 

yili”  deb  e’lon  qilinishi  munosabati  bilan  tuman(shahar)dagi  barcha  ta’lim 

muassasalarida  sog’lom  bolani  shakllantirishda  ta’lim-tarbiya  tizimi  va  sportning 

rolini  kuchaytirish,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog’ini  kengaytirish,  

ularda hamkorlik asosidagi ta’lim tarbiyani yanada oshirish, ularni yuqori malakali 

va  tajribali  pedagoglar  bilan  ta’minlash  borasidagi  ishlarning  ko’lami  yanada 

kengaydi.  Jumladan,  boshlang’ich  ta’limning  yuqori  sifatini  ta’minlagan  holda 

bolalarni  maktabga  tayyorlash  darajasini  tubdan  oshirish,  bunda  bevosita  ta’lim 

jarayonidagi  hamkorlikka  alohida  e’tibor  berish,  ilg’or  pedagogik  va  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  amaliyotga  keng  joriy  etish,  bolalar,  ayniqsa, 

qizlar  o’rtasida  jismoniy  tarbiya  va  sportni  ommalashtirish  bo’yicha  aniq  chora 

tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

         Barkamol  avlodni  tarbiyalashda  «Oila,  mahalla,  ta’lim  muassasasi 

hamkorligi»  konsepsiyasi  asosida  o’tkazib  kelinayotgan  «Sog’lom  bolani 

tarbiyalash  –  bizning  umumiy  vazifamiz»,  «Bola  tarbiyasida  oila  va  mahallaning 

roli,  ahamiyati  va  mas’uliyati»  kabi  mavzulardagi  tadbirlar,  davra  suhbatlari, 

uchrashib va kechalar tumandagi barcha ta’lim muassasalarida reja asosida amalga 

oshirilmoqda.  Bunday  tadbirlar  yoshlarning  bilim  va  ko’nikmalarini 

mustahkamlashga puxta zamin yaratadi. 

       Tarbiyalanayotgan  bolalarning  nutqini  oshirish,  ularning  fikrlash  qobiliyatini 

rivojlantirish,  kelgusida  bolajonlarning  yuksak  iqtidor  egasi  bo’lib  kamolga 

yetishida muhim o’rin tutadi. 



17

        Bugungi  davr  talabi  sog’lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalab  voyaga 

yetkazishda  davlat  va  jamiyat  tomonidan  ko’rsatiladigan  yordam  hamdamadadni 

kuchaytirish,  ta’lim  muassasalarida  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan  shart-

sharoitlarni  yaratishdan  iborat.  Shu  boisdan  sog’lom  bolani  tarbiyalash  bo’yicha 

ilg’or xalqaro tajribalar keng ko’lamda o’rganilib, amaliyotga joriy etilmoqda.  

          Shu  jumladan  ta’lim  tizimidagi  hamkorlik  ishlari  yoshlarni  bilimli  ilg’or, 

qiziquvchanlik fazilatlarini, iqtidorini oshirish yo’lidagi yana bir samaradorli ishlar 

sirasiga kiradi. 


18

2.2  Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  va  maktab  hamkorligi  usullari  va  ish 

shakllari

        Maktabgacha  ta’lim  muassasasining  maktab  bilan  hamkorligi  va  tuziladigan 

shartnoma  ish  rejasi  muhim  jarayon  hisoblanadi.  Yilning  avgust  oyida 

maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudirasi  o’zi  hamkorlik  qilayotgan  maktab 

direktori bilan hamkorlik ish rejasini tasdiqlaydi. 

       Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  va  maktabning  hamkorlik  ish  rejasida 

quyidagilar bo’ladi. 

       Avvalo  avgust  oyi  boshida  maktabgacha  ta’lim  muassasining  psixologi, 

tayyorlov  guruhi  tarbiyachisi  va  boshlang’ich  sinf  o’qituvchilarini  maktabgacha 

ta’lim  muassasasi  tayyorlov  guruhi  bolalari  bilan  olib  boriladiganish  rejasini 

tuzadilar va uni tasdiqlaydilar. 

      Bunda  albatta  tayyorlov  guruhi  bolalariga  maktab  ta’limi  haqida  ma’lumotlar 

beriladi va ularda maktab haqida tasavvur va ko’nikmalar paydo qilish ishlari olib 

boriladi. 

      Yilning sentabr oylarida mustaqilligimiz yubileylari, bilimlar kuni tadbirlarida 

bolalarning chiqishlari bilan ishtirok etish va bu tadbirlarga hamkorlik qilinayotgan 

maktab  direktori,  boshlang’ich  sinf  o’qituvchilarini  ham  taklif  etish  va  ularning 

ishtirokini ta’minlash rejalashtiriladi. 

       Yil davomida o’tkaziladigan tadbirlardan yana biri bu – “1-oktabr o’qituvchi 

va  murabbiylar  kuni”  ga  bag’ishlab  o’tkaziladigan  bayram  ertaligidir.  Bu 

bayramda  ham  albatta  maktab  o’qituvchilari  taklif  etiladi.  Bu  tadbir  orqali 

o’qituvchi  va  murabbiylarimizga  bag’ishlangan  she’rlarni  yod  olishadi.  Bu 

she’rlarni  yod  olish  orqali  bevosita  maktabda  ularga  endi  tarbiyachi  emas 


19

o’qituvchi  ustozlarimiz  ta’lim  berishlarini  va  ularni  hurmat  qilish,  qanchalik 

e’zozlash kerakligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. 

      Maktabgacha  ta’lim  muassasalarda  tayyorlov  guruhilarida  tayyorlanayotgan 

bolalar  maktab  ta’limiga  o’tkazilishdan  oldin  albatta  maktabgacha  ta’lim 

muassasasi psixologi tekshiruvidan o’tkaziladi. Tayyorlov  guruhidagi har bir bola 

uchun alohida daftarcha bo’lishi va unda bolaning tekshiruvdan o’tgan natijalari va 

maktab ta’limiga qay darjada tayyor ekanligi qayd qilib boriladi. Bunday tekshiruv 

natijalari  albatta  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  psixologi  va  boshlang’ich  sinf 

o’qituvchisi, maktab psixologi bilan o’zaro tahlil qilib chiqiladi. Albatta bu ishlar 

yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 

      Tayyorlov  guruhidagi  bolalar  maktab  ta’limiga  o’tgach,  u  yerdagi  sharoitga 

ko’nikish jarayonlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish maktabgacha ta’lim 

muassasasi  va  maktab  psixologlari  tomonidan  amalgam  oshiriladi.  Albatta,  bu 

jarayon  bolalarni  maktab  ta’limiga  sharoitlariga  ko’nikishida  alohida  o’rinni 

egallaydi. 



20

…-SONLI MAKTABGACHA MA’LIM MUASSASASINING …-SONLI 

MAKTAB BILAN HAMKORLIKDAGI ISH REJASI.

“TASDIQLAYMAN”                                                          “TASDIQLAYMAN”

…sonli maktab direktori                                                  …-sonli MTM mudirasi

_______.............................                                                _______...........................

“ ___” avgust                                                                     “ ___” avgust 



  Bajariladigan ishlar 

     Vaqti 

  Mas’ul 

Ijro 

natijasi

  1

Maktabgacha ta’lim 

muassasasining tayyorlov 

guruhi bolalari bilan olib 

boriladigan ish rejasini 

tuzish va tasdiqlash 



     Avgust

   Metodist,

Tarbiyachi, 

Boshlang’ich sinf 

o’qituvchilari

   2 Mustaqilligimizning 

yubileyi, bilimlar kuni 

tadbirlarida bolalarning 

chiqishlari bilan ishtirok 

etish. 

     Sentabr 



 Psixolog, 

Maktab direktori



   3 Maktab va MTM 

pedagoglarining 

hamkorligini 

mustahkamlash 

maqsadida pedagogik 

kengashlar, ota-onalar 

majlislarida o’zaro 

ishtiroklarini taminlash 

   Yil 

davomida


Psixolog 

Maktab direktori



   4 Maktabga chiqarilgan 

bolalarni maktab 

sharoitida ko’nikish 

  Yil 


davomida 

MTM psixologi, 

Maktab psixologi


21

jarayonlarini muntazam 

nazorat qilib boorish.

   5 “1-oktabr o’qituvchi va 

murabbiylar kuni”ga 

bag’ishlab o’tkaziladigan 

bayram ertaligiga maktab 

o’qituvchilarini taklif 

etish


   Oktabr 

Metodist, 

Tarbiyachi,

Boshlang’ich sinf 

o’qituvchilari. 

                                                      XULOSA.

      Xulosa  o’rnida   yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda  shuni  aytib  o’tish 

joizki  ta’lim  tizimi  va  unda  kechayotgan  jarayonlar  sog’lomlashtirish,  shaxsni 

rivojlantirish eng asosiysi tarbiyaga berilayotgan e’tibor barchamizni qiziqtirishi va 

nazarimizdan  chetda  qolmasligi  darkor.  Chunki,  bu  ishlarning  barchasi  bevosita 

sog’lom avlodni shakllantirishga qaratilgan. 

       Darhaqiqat,  yosh  avlod  unib  o’sayotgan  ekan  ularga  albatta  biz  o’z 

e’tiborimizni 

qaratmog’imiz 

ularning 

ta’lim-tarbiya 

ishlariga 

alohida 


yondashmog’imiz  shart  va  bu  bizning  yosh  avlod  va  xalqimiz  oldidagi 

burchimizdir. Bolalarimizni davlatimiz kelajagini o’ylovchi, o’z vatani uchun jon 

kuyduruvchi vatanparvarlik ruhida tarbiyalishimiz kerak. 

       Bugungi kunda ta’lim tizimidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish va bu 

jarayonga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani tahsinga sazovordir. 

Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktabning o’zaro hamkorligi asosida bolalrga 

ta’lim  berish  o’z  samarasini  ko’rsatadi  albatta.  Chunki,  maktabgacha  ta’lim 

muassasasidagi  tayyorlov  guruhi  bolalariga  maktab  ta’limiga  o’tishdan  oldin 

ko’nikmalar,  u  yerdagi  sharoitga  bolani  asta-sekin  tayyorlab  borish  va  maktab 

haqidagi  ijobiy  fikrlarni  bola  tasavvurida  shakllantirish  bevosita  maktabgacha 

ta’lim muassasasi pedagoglari zimmasiga yuklatilgan. Bunda maktabgacha ta’lim 

muassasasi pedagoglari albatta maktab bilan hamkorlikda ish olib boradilar. 

        Albatta,  maktab  bilan  hamkorlikda  yuqorida  aytib  o’tilganidek  tadbirlar, 

kechalar,  bolalrning  bayramlardagi  chiqishlari  bilan  qatnashish  va  bu  jarayonda 

birgalikda  ishtirok  etish  jarayonlari,  ota-onalar  majlislarida  o’zaro  ishtirok  etish, 


22

pedagoglar  o’rtasidagi  fikr  almashinuvi  va  suhbat  jarayonlarini  tashkillashtirish 

ishning  samaradorligini  oshiradi  va  bolalar  ta’lim-tarbiyasiga  ham  bevosita  ta’sir 

ko’rsata olishga yordam beradi.   

       Avvalo, maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogning malakali va tajribali 

bo’lishini  ta’minlash  darkor.  Chunki,  bolaning  fikrlashi,  tasavvuriga  tarbiyachi 

bevosita ta’sir ko’rsata olishi kerak. Shundagina bola ongida ezgu fikrlar, bilimga 

bo’lgan qiziqish, iqtidorini namoyish qila olishi va o’z qiziqishlarini qo’rqmasdan 

bildira olishi mumkin.   

        Shu  o’rinda  ta’lim  tizimida  maktabgacha  ta’lim  tizimi  haqida  to’xtalsak. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  hammamizga  ma’lumki  ta’lim  tizimining 

boshlang’ich  bo’g’ini  hisoblanadi.  Bu  yerda  ta’limdan  tashqari  bevosita  tarbiya 

jarayoni  ham  olib  boriladi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasasidagi  ta’lim-tarbiya 

jarayoni qanchalik sifatli va yuqori darajali bo’lsa yoshlarimiz ta’limning keyingi 

bosqichlarida  ham  qiynalmasdan  bilimlarni  o’zlashtiradilar.  Shunday  ekan  ta’lim 

jarayoniga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tiborni e’zozlashimiz va unadan 

to’g’ri  samarali  foydalanishimiz  lozim.  Buning  asosida  albatta  yosh  avlodni 

barkamol  shaxs  sifatida  shakllantirishimiz  va  vatanimizga  kerakli  inson  qilib 

ulg’aytirmog’imiz  lozim.  Muhtaram  yurtboshimiz  tabiri  bilan  aytganda 



“Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, aqlli va albatta baxtli bo’lishlari shart” 

                    Yurtboshimiz  tomonidan  o’tgan  2014-yilni  “Sog’lom  bola  yili”  deb 

e’lon  qilinganligi  buning  yaqqol  dalili  desak  hecham  mubolag’a  bo’lmaydi.  Yil 

davomida  respublikamiz  viloyat,  shahar  va  tumanlardagi   ta’lim  muassasalariga 

e’tibor  kuchaytirildi  va  muassasalardagi  sharoitlar,  ta’lim  jarayoni  ko’zga 

ko’rinarli  darajada  o’zgartirildi.  Bu  ham  albatta,  yosh  avlod  rivojlanishiga 

qaratilgan  yana  bir  e’tibordir.  Bunday  zamonaviy  shart-sharoitlardan  to’g’ri 

foydalanish biz yoshlarning burchimizdir. 



23

             

               FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

 

1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. -

T.:O‘zbekiston. 1997 

2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”  -T.:O‘zbekiston. 1997 

3. “Maktabgacha   yoshdagi  bolalarga  qo`yiladigan  davlat  talablari”-T.:Kvinta 

print. 2012 

4. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”. _ T.: Ma’naviyat 2008 

5. Sh.A.Sodiqova  “Maktabgacha  pedagogika”.  “Tafakkur  sarchashmalari”  T:. 

2013

6. N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti T:. 2013.



7. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm 

ziyo.2012 

1. www.ta’lim.uz

2. www.edu.uz.

3. www.pedagogika.uz.

4.www.ziyonet.uz.



5.www.Google.uz

24

Yüklə 164,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin