Pedagogik-psixologik fanlarning bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni



Yüklə 79,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü79,1 Kb.
#211905
1   2   3   4   5
document (9)

Muhokama (Обсуждение/Discussion).
Shunday qilib, real vaziyatlarda, pedagogik 
jarayonlarda o‘qituvchi kompetentligi o‘quvchiga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatib, unda 
ijobiy motivasiyani hosil qilishi ham yoki aksincha, psixologik tormoz vazifasini bajarib, bola 
kompetentligi rivojiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajalari:
1. Reproduktiv daraja talaba tushunchalar mohiyatini reproduktiv darajada ifodalaydi; ilmiy 
bilish metodlarini yetarlicha egallamagan, ularni pedagogik amaliyotda faqat qisman qo‘llay 
oladi, kasbiy yaxshi rivojlanmagan. 
2. Produktiv daraja talaba ijodkorligining mohiyati haqidagi tasavvurlar mavjudligini nazarda 
tutadi. Ammo bu tasavvurlar cheklangan va mustaqil pedagogik faoliyat olib borish uchun 
yetarli emas, talaba o‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulotni o‘tkazishda keyinchalik qo‘llash 
mumkin bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga motivasiyasi mavjud.
3.Qisman izlanishli darajada talabaning kasbiy faoliyat munosabati bilan xarakterlanadi. U 
pedagogik metodlarni egallagan, ularni kasbiyf aoliyatida amalda qo‘llaydi, yangi g‘oyalarn 
itekshirish prosedurasini ishlab chiqishg aqodir. 
4. Akmeologik daraja talabaning yuksak qobiliyatlari hamda kasbiy bilim, ko‘nikma va 
malakalarini mantiqiy va tizimli tarzda pedagogik faoliyatda qo‘llay bilishi, o‘z imkoniyatlarini 
to‘g‘ri baholay olishi hamda nostandart pedagogik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olishi 
kabi ko‘nikmalarni nazarda tutadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini baholash ularning 
kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 


23
 
 
2.2-rasm 
Akmeologik yondashuvdan foydalanishning asosiy maqsadi – mavjud har qanday qiyinchilik 
yoki muammolardan o‘quvchining o‘zi mustaqil ravishda chiqib keta olsin, unda ijodkorlik 
shunday rivojlansinki, hatto o‘zi mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida faoliyat yurita 
olsin. Bunga erishish uchun ta’lim jarayonida akmeologik yondashuvdan foydalanish bilan 
birgalikda, pedagogik jamoada ijodkorlik va muvaffaqiyatga erishish motivida akmeologik 
muhitni shakllantirish ustida ish olib borilishi lozim. Buning uchun ijtimoiy tashkilotlar
psixolog, guruh murabbiysi, ishlab chiqarish ustasi, maxsus fan o‘qituvchisi tomonidan ijodiy 
ishlar olib borilishi, jumladan, natijalari har semestr yakunida umumiy o‘quvchilar va 
o‘qituvchilar jamoasida ko‘rib chiqilib, faollar munosib taqdirlanishi ko‘zda tutilgan tadbirlar 


24
(to‘garaklar, festivallar, konkurslar, musobaqalar, marafonlar, o‘yinlar, treninglar), maxsus 
dastur natijalari doimiy ravishda ishlab turishi lozim. Bunda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini 
boshqarish, liderlik, ijodiy faoliyat, loyihalar ustida ishlash kabi qobiliyatlari shakllantirib 
borilishi maqsadga muvofiq. 
Oliy ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni akmeologik yondashuv asosida kasbiy tayyorlashning 
asosi quyidagilarni tashkil etadi: 
-bo‘lajak o‘qituvchilarning borliq va jamiyat o‘rtasidagi munosabat kommunikativ aloqalarini 
o‘rganish; 
-bo‘lajak o‘qituvchilarning hayotiy muvoffaqqiyatlarga erishishinimo‘ljallashda, shaxsiy 
sifatlarni takomillashtirishga, madaniy rivojlantirish yetukligiga va ta’lim jarayonidagi axloqiy 
sifatlarga erishishga intilishi; 
-kreativ faoliyatni tashkil etishda, qiziqarli va mahsuldor, har bir talabaning qobiliyatini ochib 
beruvchi va uning muvaffaqiyatlarini ta’minlovchi, ijtimoiy tan olinish, o‘z yetukligini his etish, 
ijodiy guruhlarda shaxslararo munosabatni tashkil etish;
-bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratilarini takomillashtirish imkonini beruvchi 
omillarni aniqlash;

Yüklə 79,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin