Pedagogik nazorat va ta`lim sifatini baholash va ma`rifiy tizimlarni



Yüklə 145,45 Kb.
səhifə4/4
tarix01.12.2022
ölçüsü145,45 Kb.
#71693
1   2   3   4
dokument microsoft word 5

O`z-o`zini nazorat qilish shakli ta`lim jarayonida ichki aks aloqaning bo`lishini ta`minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Unung samaradorligi o`qituvchining kasbiy mahoratiga bog`liq bo`ladi;
O`quvchilarning o`quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
Og`zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishgaasoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.
4. O`zbekiston Resbublikasining <>gi Qonuni . Mustaqillik yillarida,O`zbeiston Respublikasida, uzluksiz ta`lim tizimini takomillashyirish ustuvor yo`nalish sifatida e`tirof etildI.
O`zbekiston Respublkasi oliy Majlisida IX sessiyasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining<>gi Qonunida uzluksiz ta`lim tizimining mohiyati, yo`nalishlari, ta`lim mazmuni, ta`limining huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me`yoriy hujjat mazmunida quydagilar ifodasini topgan:

  1. fuqarolarga ta`lim, tarbiya berish, kasb -hunar i`rgatishning hquqiy asoslari;

  2. ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;

  3. har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;

  4. pedagogk faoliyat bilan shug`ullanish huquqi;

  5. ta`lim muassasasining huquqiy m \aqomi;

  6. ta`lim tizimi va turlari;

  7. ta`lim jarayoniqatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;

  8. ta`lim tizimini boshqarish.

O`zbekiston Respublikasining ―Ta`lim to`g`risida‖gi Qonunida alohida urg`u berilganidek, ta`limni tashkil etishning asosiy maqsadi- jamiyatda intelliktual va ilmiy
potensialni revojlantiurish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Ta`lim sohasidagi davlat siyosatinig asosiy tamoyillari. O`zbekiston Respublikasining
―Ta`lim to`g`risida‖gi Qonuning 3-moddasida ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko`rsatib o`tilgan. Ular quyidagilardan iborat;
1.Ta`lim-tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda bo`lishi, 2.Ta`lim tizimining uzluksizligi va izchilligi ;

  1. Umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus, kasb-hunar talimining majburiyligi ;

  2. Umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus kasb-hnar ta`limining 5.O`zbekistonda ta`lim taraqqiyoti muammolari va istiqbollari.

    1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni. Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida, uzluksiz ta‘limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e‘tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunida uzluksiz ta‘lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta‘lim mazmuni, ta‘limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me‘yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:

      1. fuqarolarga ta‘lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari;

      2. ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;

      3. har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;

      4. pedagogk faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi;

      5. ta‘lim muassasasining haquqiy maqomi;

      6. ta‘lim tizimi va turlari;

      7. ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;

      8. ta‘lim tizimini boshqarish.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta‘limni tashkil etishning asosiy maqsadi – jamiyatda intellektual va ilmiy potentsialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.
Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

  1. ta‘lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo‘lishi, 2.ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

  1. umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limining majburiyligi;

  2. umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limining yo‘nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;

  3. ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  4. davlat ta‘lim standarti doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  5. ta‘lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;

  6. bilimli bo‘lishni va iste‘dodni rag‘batlantirish;

  7. ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida, ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta‘lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo‘lishi ko‘rsatilgan. Ta‘lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta‘limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. SHuningdek, ta‘lim jarayonida uning ma‘naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta‘lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta‘minlashga yo‘naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Ta‘lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta‘lim- tarbiya mazmunining ochiqligi, o‘quv materiallari, ta‘lim shakl va metodlarining xilma- xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va har kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta‘minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o‘quvchilarning xohishlariga ko‘ra o‘quv jadvalidan qo‘shimcha fanlarning o‘rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o‘rgatilishi, fakulьtativ mashg‘ulotlar hajmining kengaytirish, turli yo‘nalishlarda to‘garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o‘tkazilishiga e‘tibor berilishini anglatadi.
Ta‘lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlari o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining o‘quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o‘z navbatida ularning o‘quv dasturlari oliy o‘quv yurti o‘quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o‘zidan avvalgi bosqichda o‘zlashtirilgan ma‘lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
SHuningdek, davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta‘lim tizimi mazmuniga ko‘ra bir tipdagi o‘quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o‘tib o‘qish imkoniyati mavjud. CHunonchi, ta‘lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan oliy o‘quv yurtiga o‘tib ta‘limni davom ettirish huquqiga egalar.
Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limining majburiyligi tamoyili o‘zida, birinchidan, fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlari, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bililar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko‘nikmalari shakllantirish; ikkinchidan, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabahalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta‘lim olishni ta‘minlash; uchinchidan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limining ixtiyoriyligi tamoyilining asosiy mohiyati o‘quvchilarning yangi turdagi o‘quv muassasalarida ta‘lim olish yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanliklarini anglatadi. Bu iki turdagi uch yillik maxsus
ta‘lim yo‘nalishlarini o‘quvchilar o‘z iqtidorlari va xohish-istaklariga tayangan holda tanlaydilar. Ana shu tarzda o‘quvchilarning biron bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo‘lib yetishishlari uchun sharoit yaratiladi.
Ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta‘lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo‘lib, u fan-texnika, madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini nazarda tutadi.
Insoniyat mavjud ekan, har doim taraqqiyot sari intiladi va yangidan-yangi fan yutuqlarini qo‘lga kiritib boradi. Ta‘lim tizimi esa ana shu fan yangiliklarini kelajak avlodga yetkazib berishni ta‘minlaydi. SHu bois ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterda bo‘lishi talab etiladi. SHuningdek, ta‘lim oluvchilarning ushbu yutuqlardan oqilona foydalangan holda ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarib, kelajakda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»ni qonunining 4-moddasida belgilab qo‘yilganidek, fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e‘tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasida hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat‘iy nazar bilim olish huquqiga egalar. Davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi.
Yuqorida qayd etilgan moddada, yana shuningdek, chet ellik fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga egaliklari ta‘kidlab o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega ekanligi bu tamoyilning inson va uning manfaatlariga xizmat qilishini bildiradi.
Respublikamizda ta‘lim, o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz va tojik tillarida olib borilayotgan umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari mavjud bo‘lib, bunday yo‘l bilan barcha millatlarning tenglik asosida bilim olishiga sharoit yaratilgan. Bundan tashqari mamlakatning barcha hududlarida «yakshanbalik maktablari» tashkil qilingan bo‘lib, har bir millat vakillari dam olish kuni ixtiyoriy ravishda o‘z ona tilida ta‘lim olish imkoniyatiga egalar.
Ta‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunining 7-moddasida o‘z ifodasini topgan. Davlat ta‘lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar hamda oliy ta‘lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.
Davlat ta‘lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta‘lim muassasalari uchun majburiydir. Buning ma‘nosi shuki, har bir ta‘lim turi uchun alohida davlat ta‘lim standartlari ishlab chiqiladi, ularda ko‘zda tutilgan talablarga amal qilish esa mazkur bosqichdagi ta‘lim muassasalaridan birday talab etiladi. Ammo davlat ta‘lim standarti asosida ta‘lim muassasalari o‘zlarining o‘quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin. Bu ta‘lim olish maqsadi yagona bo‘lgani holda, unga erishish yo‘llari turlicha ekanligini ko‘rsatadi.
Bilimli bo‘lishni va iste‘dodni rag‘batlantirish ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, uzluksiz ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida ushbu tamoyilga to‘la amal qilinadi. Ta‘lim oluvchilarning iste‘dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma‘naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.
Bunday rag‘batlantirishlar sirasiga iste‘dodli o‘quvchilarni faxriy yorliqlar, stipendiyalar hamda mukofotlar bilan taqdirlashni kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 martdagi
«O‘zbekiston o‘quvchi-yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi ushbu tamoyilni huquqiy jihatdan kafolatlanishini ta‘minladi. Mazkur qarorga muvofiq har yili o‘quvchi va talabalar o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkazilib, g‘oliblar turli imtiyozlarni qo‘lga kiritmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevralda qabul qilingan «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan ilmiy salohiyat, iqtidorga ega talabalar (bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha) hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan aspirantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari ta‘sis etildi va har yili o‘n bir ta‘lim yo‘nalishi (texnika va informatika, tibbiyot, fizika-matematika, iqtisodiyot, jurnalistika, gumanitar, huquq va xalqaro munosabatlar, pedagogika, madaniyat va san‘at, chet tillar, qishloq xo‘jaligi) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi uchun tanlovlar tashkil etilmoqda. SHuningdek, iqtidorli talabalar uchun «Beruniy»,
«Ulug‘bek» hamda «Navoiy» nomidagi stipendiyalar joriy etilgan bo‘lib, ularning sovrindorlari bo‘lgan talabalarning faoliyati moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bundan tashqari iste‘dodli yoshlarni moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish, chet elda ta‘lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Umid», «Iste‘dod», «Respublika bolalar fondi», «Sog‘lom avlod uchun», «Ulug‘bek» va boshqa jamg‘armalar tashkil etilgan. Ayni vaqtda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam tufayli 2000 nafardan ortiq talabalar xorijiy mamlakatlarda tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Yuqorida bildirilgan fikrlar respublikada bilimli bo‘lish va iste‘dodni rag‘batlantirish tamoyilining to‘laqonli ravishda amaliyotga tatbiq etilayotganligining yorqin isbotidir.
Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish tamoyili ta‘limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta‘lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta‘lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Ta‘lim tizimi va turlari. Ta‘lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta‘lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta‘lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim tizimi davlat ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari, ta‘lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Respublikaning ta‘lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Respublika «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunda ta‘kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta‘lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta‘minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta‘lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta‘lim bosqichi.
Umumiy o‘rta ta‘lim ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ular quyidagilardir:

  1. boshlang‘ich ta‘lim (1-4-sinflar);

  2. umumiy o‘rta ta‘lim (1-9-sinflar).

Boshlang‘ich ta‘lim o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
Umumiy o‘rta ta‘lim o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish1 bosqichi. Umumiy o‘rta umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida amalga oshirilib, o‘quvchilarga I-IX sinflar hajmida davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq fan asoslari bo‘yicha majburiy ta‘lim beriladi.
Bolalarning qobiliyati, iste‘dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilishi esa ularning istiqbollarini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega.
Umumiy o‘rta ta‘lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi amalga oshiriladi. Mazkur ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan mustaqil tur hisoblanadi. O‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi – umumiy o‘rta ta‘lim negizida majburiy-ixtiyoriy ravishda tashkil etilib, o‘quvchilarga ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslik asoslariga oid bilimlarni berish bosqichi. Mazkur muassasalarda ta‘lim olish o‘quvchilar tomonidan majburiy-ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta‘lim olishlarini ta‘minlash maqsadida davlat ta‘lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta‘lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi.
Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida, tegishli davlat ta‘lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi.
Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom hamda o‘rta ma‘lumotga ega bo‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar beriladi. Ular bitiruvchilarga ta‘limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisoslik va kassb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Oliy ta‘lim - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar





1 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi //Oliy ta‘lim: me‘yoriy hujjatlar tыplami. – Toshkent: SHarq nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001. – 35-bet.
yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma‘lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta‘lim bosqichi.
Bakalavriat – mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta‘lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta‘limdir. Bakalavrlik dasturi tugatilgandan so‘ng bitiruvchilarga «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huququini beruvchi diplom topshiriladi.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta‘lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta‘limdir.
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb- hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta‘lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad‘yunktura va doktoranturada ta‘lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta‘lim bosqichi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim bosqichlarida tahsil olish (aspirantura, doktorantura) muayyan ilmiy daraja (fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi)ni olishga imkon beruvchi dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra tegishli mutaxassislik yo‘nalishlarida fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta‘lim bosqichi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi.
Maktabdan tashqari ta‘lim madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta‘limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta‘lim bosqichi.
Maktabdan tashqari ta‘lim davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarida olib boriladi.

  1. Hozirgi davrda jahonda ta‘lim tizimining ahvoli. Rivojlangan xorijiy davlatlar ta‘lim tizimini o‘rganish maqsadida AqSH, Frantsiya, Yaponiya davlatlarining ta‘lim tizimi tarkibini yoritmoqchimiz.

  1. Amerika qo‘shma SHtatlarida ta‘lim tizimi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga

oladi:


  1. maktabgacha tarbiya muassasalari – 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi;

  2. boshlang‘ich maktablar (1-8-sinflar) – 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta‘lim oladilar;

  1. o‘rta maktablar (9-12-sinflar) – 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ta‘lim olishlari uchun imkoniyat yaratadi. O‘rta maktab quyi va yuqori bosqichdan iborat.

  2. oliy ta‘lim - 2 yoki 4 yil mobaynida kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi.

  3. universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etiladigan aspirantura va doktoranturadir.

AqSHda majburiy ta‘lim 16 yoshgacha amal qiladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan o‘quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy muassasalarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Amerika qo‘shma SHtatlarining maktablari uchun yagona o‘quv rejasi yo‘q. Har bir shtat o‘z o‘quv rejasiga ega. SHunga ko‘ra SHtatlarda boshlang‘ich ta‘lim 4, 5, 6 va 8 yillik bo‘lishi mumkin.

  1. Yaponiya ta‘lim tizimi o‘z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang‘ich maktablar, yuqori o‘rta maktablar hamda oliy ta‘lim beradigan universitetlarni oladi.

Bolalar bog‘chalariga bolalar 3-5 yoshlarida boradilar va 3, 2, 1 yillik ta‘lim kurslariga jalb qilinadilar.
Boshlang‘ich maktabga bolalar 6 yoshdan boradai va 6 yil o‘qiydi. Boshlang‘ich maktabni tugatgandan keyin kichik o‘rta maktabda 3 yil ta‘lim oladilar. Yaponiyada 9 yillik bu ta‘lim majburiy bo‘lib, barcha bolalar bepul o‘qitiladi, ular tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o‘rta maktab Yaponiyada ixtiyoriy bo‘lib, uning kunduzgi, kechki va sirtqi turlari mavjud. O‘qish muddati 3 yil.
Oliy ta‘limga yuqori bosqich o‘rta maktablarni tugatgan bitiruvchilar qabul qilinadilar. Oliy ta‘limni universitetlarda olish mumkin. Oliy ta‘lim tizimiga kirgan bo‘lsada, o‘rta maxsus ta‘lim beradigan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlikdan o‘tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud. Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universitetning yarmidan ko‘pi xususiydir.

  1. Frantsiyada ta‘lim tizimi quyidagi bosqichlar asosida shakllangan:

    1. Maktabgacha tarbiya – 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalarni o‘z ichiga oladi.

    2. Boshlang‘ich ta‘lim – 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 3 bosqichda ta‘lim olishlariga imkon beradi. Tayyorlov bosqichi uchun 1 yil, elementar kurslar uchun 2 yil ta‘lim muddati belgilangan. Boshlang‘ich ta‘limning 3-bosqichi 2 yillik chuqurlashtirilgan bosqichdir.

    3. O‘rta ta‘lim ikki bosqichda beriladi. O‘rta ta‘limning birinchi bosqichi 4 yillik ta‘lim beruvchi kollejlar, ikkinchi bosqich esa 3 yillik ta‘lim beruvchi litseylarda amalga oshiriladi. 3 yillik litseyni tugatgan bitiruvchilar «Bakalavr» darajasini olish uchun imtiqon topshiradilar.

    4. Oliy ta‘lim universitetlar va oliy ixtisoslik maktablarida olib boriladi.

  1. Ta‘lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo‘lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta‘lim tizimida ham boshqarishni to‘g‘ri tashkil etilishi juda muhim.

Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma‘lum bir ob‘ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta‘sir ko‘rsatish demakdir.
Ta‘lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta‘lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta‘sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat»,
«hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda.
Ta‘lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta‘lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo‘sh, «menejment» va «menejer» atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi? Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta‘lim muassasida davlat-jamoat boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo‘nalishda
tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o‘z mulklari va xodimlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta‘sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta‘lim muassasasi menejmenti haqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta‘kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentining quyidagi vazifalari ko‘rsatib berilgan:

  • uzluksiz ta‘lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;

  • barcha darajadagi ta‘lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi

  • ta‘limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta‘lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta‘minlanadi;

  • ta‘lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta‘lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta‘lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta‘lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta‘kidlab o‘tishadi.
Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

    • ta‘lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma‘naviy o‘lchovga ega;

    • ta‘lim menejmenti – bu fan va san‘at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rolь o‘ynaydi);

    • menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;

    • ta‘limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta‘lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta‘lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga ta‘lim dasturlarini, turlarini, ta‘lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta‘lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasining
«Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunining (1997 yil) 3-moddasida, ya‘ni ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillarida aks etgan. Ta‘lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun respublikamizda ta‘limni boshqarishning davlat organlari tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonunida, O‘zbekistonda ta‘lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Xalq ta‘limi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim Vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ta‘limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o‘zini vakolatlik doirasida:

      • ta‘lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi; - ta‘lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;

      • davlat ta‘lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarning bajarilishini ta‘minlaydi;

      • o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta‘limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etadi, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;

      • ta‘lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta‘lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;

      • davlat oliy ta‘lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

      • pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Xalq ta‘limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta‘limi vazirligining mahhhalliy organlariga xalq ta‘limi viloyat boshqarmalari, shahar, tuman bo‘limlari kiradi. Xalq ta‘limi bo‘limlari mahalliy hokimlik tasarrufiga kiradi va unga bo‘ysunadi. Qoraqolpoqiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi, xalq ta‘limi viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari ikki tomonlama - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligiga va tegishli ravishda Qoraqolpoqiston Respublikasi Vazirlar kengashiga, viloyat, shahar, tuman hokimliklariga bo‘ysunadilar.
Ular maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini ta‘minlash uchun ko‘maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlarini tayinlash ham kiradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspektsiyasi, ya‘ni, vazirliklar va xalq ta‘limi bo‘limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o‘rganadi, ta‘lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg‘or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlaydi, maktab direktori va o‘qituvchilarga yordam ko‘rsatadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta‘lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv-ta‘lim va kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan ta‘minlsh, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim Vazirligi (O‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi1.
Ta‘lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota- onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o‘rta ta‘lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o‘tkaziladigan maktab jamoasining konferentsiyasi jamoatchilik boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi. Konferentsiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi, o‘qitish qaysi tilda olib borilishi aniqlanadi va xokazo. Konferentsiyalar oraliqida o‘z - o‘zini boshqarishning yuqori organi vazifasini maktab kengashi bajaradi. Maktab kengashi bir yilda 4 marta chaqiriladi.
Davlat ta‘lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta‘lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatishi ham ta‘limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
Umumiy o‘rta ta‘lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari haqidagi Nizom, ta‘lim muassasasalarining Ustavi – ta‘lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati. O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy o‘rta ta‘lim to‘g‘risida»gi Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:

    1. Umumiy qoidalar.

    2. Umumiy o‘rta ta‘limning maqsadi va vazifalari.

    3. Umumiy o‘rta ta‘limni tashkil etish.

    4. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

    5. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

    6. Umumiy o‘rta ta‘limni boshqarish.





1 «O`rta maxsus kasb-hunar ta‘limi tog`risida»gi Nizom, 1998.

    1. Mablag‘ bilan ta‘minlash va moddiy-texnika ta‘minoti.

    2. Xalqaro hamkorlik.

Nizomga asosan, umumiy o‘rta ta‘limning maqsadi o‘quvchilarni davlat ta‘lim standartlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta‘lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta‘lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, majburiy va qo‘shimcha komponentlar umumiy o‘rta ta‘lim mazmunining asosini tashkil etadi.
Majburiy komponent davlat ta‘lim standarti bilan belgilanadi va o‘quvchilarni tayyorlashning o‘rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o‘rganish va kasb egallash uchun yetarli bo‘lgan zarur darajasini belgilaydi.
qo‘shimcha komponent o‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta‘minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. qo‘shimcha o‘quv yuklanmalarining hajmi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi Vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O‘quvchilar bilim sifati va ta‘lim natijalarining davlat ta‘lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta‘minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o‘tkazish ham nazarda tutiladi.
Bosqichli nazorat o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo‘lmagan ta‘lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida, umumiy o‘rta ta‘limda ham xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan «Umumiy o‘rta ta‘lim to‘g‘risida»gi Nizomning sakkizinchi bo‘limida qayd etilganidek, umumiy o‘rta ta‘limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta‘lim muassasalari halqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba o‘rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg‘armalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta‘lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini o‘zida ifoda etadi.
«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to‘g‘risida»gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi maslalar yoritilgan6

  1. Umumiy qoidalar.

  2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.

  3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish, ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  4. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini boshqarish.

  6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini mablag‘ bilan ta‘minlash va moddiy-texnika ta‘minoti.

  7. Xalqaro hamkorlik.

Umumiy qoidalarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi umumiy o‘rta ta‘lim negizida o‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni va
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
Ikkinchi bo’limda o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish haqida gapiriladi.
Quyidagilar o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limining vazifalari sifatida belgilangan:

  • davlat ta‘lim standartlari doirasida umumta‘lim va kasb - hunar dasturini bajarish:

  • uquvchilarning uzluksiz ta‘limning keyingi bosqichida uqishni davom ettirish, tanlangan mutaxassisliklar bo‘yicha mehnat faoliyati Bilan shug‘ullanish uchun zarur va yetarli bo‘lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish:

  • respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.

Bundan tashqari ushbu bo‘limda akademik litseylar qoidaga ko‘ra, Oliy ta‘lim muassasalari huzurida tashkil etilishi, kasb - hunar kollejlari esa hududlarning demografik va geografik sharoitlarini, tegishli soha mutaxassislariga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini hisoga olgan holda tashkil etilishi ko‘rsatib berilgan.
Uchinchi bo’limda o‘rta – maxsus, kasb - hunar ta‘limi muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish; umumiy ta‘lim va kasb - hunar dasturlarini amalga oshirilishi; nazorat turlari; kursdan – kursga, o‘rta maxsus kasb - hunar ta‘limi muassasasining bir turidan boshqasiga o‘tkazish va diplom berish tartiblari bayon etilgan.
To’rtinchi bo’limda esa akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarida kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi; Ushbu ta‘lim muassasalariga professor - o‘qituvchilarni va muxandis pedagoglarni ishga qabul qilish qay tarzda amalga oshirilishi aytib o‘tilgan.
Beshinchi bo’limda o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limini boshqarish tartibini o‘z ichiga oladi. Unda akademik litseylar va kasb - hunar kollejlariga tashkiliy, o‘quv – uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta‘lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv ta‘lim va kasb - hunar dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi ( o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limi markazi ), uning hududiy boqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda ta‘lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Oltinchi bo’limda o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limini mablag‘ bilan ta‘minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, ta‘lim muassasasining moliyaviy mablag‘lari uning tasarrufida bo‘lishi belgilab berilgan.
Ettinchi bo’limda esa o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar Bilan bitimlar tuzish huquqiga egaligi, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkinligi e‘tirof etiladi.
Ta‘lim muassasining Ustavi ta‘lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta‘lim muassasasining Ustavida ta‘lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:

  1. davlat ta‘lim standartida, belgilangan bilimlar zahirasini egallash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi ;

  2. bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o‘rgatish).

SHuningdek, ta‘lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiluvchi talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar hamda ta‘lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Masalan, o‘quvchilar ta‘lim standartlari asosida ta‘lim olish uchun intilishlari, ta‘lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta‘lim berishlari, ta‘lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta‘lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta‘minlashlari zarur. Ta‘lim muassasasi rahbari (direktori) esa o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta‘min etadi, o‘quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta‘lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to‘laqonli rioya etilishi, ma‘naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Ustavda o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zaro munosabatning o‘rnini kabi masalalar mohiyati ham yoritib beriladi. CHunonchi, ta‘lim muassasasining direktori o‘qituvchilar bilan baland ovozda, ularning nafsoniyatiga tegadigan so‘zlar bilan muomala qilish huquqiga ega emas.
O‘zbekiston Respublikasida, amalda bo‘lgan «Umumiy o‘rta ta‘lim muassasasi (maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi» Xalq ta‘limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasasining Ustavi» esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«Ta‘lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta‘limni boshqarishning vakolati mas‘ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ta‘lim muassasasining Ustavida ta‘lim muassasasining joylashgan o‘rni, uning turi, ta‘lim tili, guruh raqbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta‘lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta‘lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko‘rsatib berilgan.
Ta‘lim muassasasining Ustavi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

  1. qisqacha ta‘lim muassasasi haqidagi ma‘lumotlar.

  2. Ta‘lim muassasasining maqsad va vazifalari.

  3. Ta‘lim muassasasini boshqarish:

  1. ta‘lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;

  2. pedagogik-jamoa Kengashi;

v) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
d) ma‘naviyat va ma‘rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.

  1. O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

  1. ta‘lim mazmunining Davlat ta‘lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;

  2. o‘quv jarayonini tashkil etish;

v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;
d) qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;
j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).

  1. O‘qituvchi. Huquq va burchlari.

  2. O‘quvchi. Huquq va burchlari.

  3. O‘quv-ishlab chiqarish ta‘limi ustalari, ma‘muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.

  4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas‘uliyatlari.

  5. Ta‘lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta‘minoti.

4.Ta‘lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta‘lim tizimini boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg‘u berilgan. Mazkur o‘rinda ta‘lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga (Clastenin V.A. «Obhaya pedagogika» 2003 yil) o‘quv qo‘llanmasiga tayangan holda) alohida-alohida ta‘rif berishga harakat qilamiz. Ta‘lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardi


TMB-TAMOYILLARI.

37 - chizma. Ta‘lim muassasasini boshqarish tamoyillari
Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta‘lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma‘muriyatning muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta‘lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta‘lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishini anglatadi.
Ta‘lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub‘ektning sub‘ektga munosabati darajasiga erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘z iste‘dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta‘lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta‘lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integrtsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga ega bo‘lgani bilan, o‘zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo‘ladi. To‘rtinchi belgisi ta‘lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqligidir. CHunki ta‘lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta‘lim jarayonini qayta quradi hamda o‘zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta‘minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma‘muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
SHuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e‘tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko‘zga tashlanadi.
Ta‘lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish ma‘muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o‘qituvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o‘ta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a‘zosining javobgarligini yo‘qqa chiqarmaydi.
O‘z navbatida yakkahokimlikning o‘ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta‘minlaydi.
qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma‘qul bo‘lsa, qarorning ijrosini ta‘minlashda yakkahokimlikka bo‘ysunish ma‘quldir.
Ta‘lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Ta‘lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob‘ektivligi va to‘liqligi. Ta‘lim tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq, to‘liq yig‘ilsa yoki haddan ziyod ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.
Biz ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi haqidagi ma‘lumotlarni yig‘amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi yo‘nalishiga e‘tibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida ko‘plab og‘ishlar kuzatiladi.
Ta‘lim muassasasining rahbari o‘zining faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. SHuning uchun u o‘z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instruktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta‘lim muassasasi ma‘muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta‘lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e‘tibor qaratishi kerak.
Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta‘lim muassasasi faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta‘lim muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir (38-chizma).
Axborotlar jamg‘armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi.
Maktab ichki boshqaruvining o‘ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko‘rinadi:

  1. Ta‘lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.

  2. Maqsad qo‘yish va rejalashtirish.

  3. Tashkil qilish.

  4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.


  5. Tartibga solish.




  • har kuni;



  • har oyda;



  • chorakda;

-taщlil qiluvchi;


  • baщolovchi;



  • konstruktiv;

  • maktabni;

  • boshqarma;

  • boshqarma dan tashqari

- direktiv;
- tanishtiruvchi;

- tavsiya etuvchi



38 - чизма. Бошқарув ахборотининг турлари





  1. Ta‘lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan, avval erishilgan natijalarni hozirgilari bilan taqqoslamasdan turib, uni boshqarib bo‘lmaydi.

Ta‘lim muassasasini boshqarish samaradorligi rahbarning ham, o‘qituvchilarning ham pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bog‘liq. Agar o‘z vaqtida, professional darajada pedagogik jarayon to‘g‘ri tahlil qilinmasa, jamoa orasida
o‘zaro bir-birini tushunmaslik, ishonchsizlik kelib chiqadi. Hozirgi paytda pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:

  1. kundalik tahlil;

  2. tizimli tahlil;

  3. yakuniy tahlil.

Kundalik tahlil o‘quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma‘lumot yig‘ib, undagi kamchiliklarning sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi. Kundalik tahlilning predmetiga o‘quvchilarning har kungi o‘zlashtirish va intizomlari darajasi, ta‘lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darslarga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.
Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tizimini o‘rganishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta‘lim metodlarini to‘g‘ri uyg‘unlashtirish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish, o‘qituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatini ko‘tarish hamda ta‘lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta‘minlash kabilardan iborat.
Yakuniy tahlil o‘quv choragi, yarim yillik va o‘quv yili yakunida amalga oshiriladi hamda asosiy natijalarga erishish yo‘llarini o‘rganishga qaratiladi. Yakuniy tahlil uchun ma‘lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat yakunlari, o‘quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.

  1. Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo‘yish va rejalashtirishdan iborat.

Boshqaruv faoliyatining maqsadi – ishning umumiy yo‘nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad – rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo‘shimcha maqsad qo‘yiladi. Ta‘lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma‘lum bir muddat davridagi ma‘lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng qabul qilinishi mumkin.
Ta‘lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo‘llaniladi:

  1. muddatli (perspektiv);

  2. yillik;

  3. yakuniy.

Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so‘nggi yillarda, ta‘lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo‘ljallab qabul qilinadi.Ta‘lim muassasasida, qabul qilinishi mumkin bo‘lgan muddatli reja quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

    1. Rejalashtirilgan muddatda ta‘lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalar.

    2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarning yillik o‘zlashtirish darajasi muddatlari.

    3. Ta‘lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.

    4. Ta‘lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo‘yilgan talablar.

    5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.

    6. Ta‘lim muassasasini texnika hamda o‘quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko‘rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko‘lamini rivojlantirish.

    7. O‘qituvchi va o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.

Yillik rejalashtirish butun o‘quv yili hamda yozgi ta‘tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o‘quv yili davomida amalga oshiriladi va ta‘lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Yakuniy rejalashtirish o‘quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko‘rinishi hisoblanadi. SHu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko‘rinishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar qo‘mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o‘qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to‘la amalga oshirilishi ta‘lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.

  1. qabul qilingan rejalarni to‘liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo‘lishini tashkil etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma‘nolarda qo‘llaniladi.

Birinchidan, baho sifatida aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta‘minlaydigan o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi, oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi ta‘lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.
Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta‘lim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor o‘rinbosarlarining majlisi, tezkor yig‘ilishlar, metodik seminarlarni qayd etish mumkin.
Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib olib boriladi. Pedagogik Kengashlarda anketalar, savol-javoblar, nazorat ishlar, tanlov ishlari ko‘riladi. Bundan tashqari pedagogik Kengash yig‘ilishlarida ta‘lim muassasasi hayoti va faoliyatiga doir dolzarb masallar hal qilinadi. SHuning uchun pedagogik Kengashni turli muhokamali, muammoli masalalardan ozod qilish uchun ta‘lim muassasalardan direktor yig‘inlari tashkil etiladi. Direktor yig‘ilishlarida rahbariyat va o‘qituvchilar ishtirok etib qolmay, boshqa ishchi xodimlar ham qatnashishlari mumkin.
Ta‘lim muassasasi o‘rinbosarlarining yig‘ilishlarida kundalik savollar va ma‘muriy boshqarishga oid masalalar muhokama qilinadi. Bunday majlislar ta‘lim muassasasi rejasi bo‘yicha o‘quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo‘lib o‘tadi.Tezkor axboriy majlislar ta‘lim muassasasida ta‘lim jarayonini tashkil etishning zarur shaklidir. Tezkor axboriy majlislarning mavzusi mavjud sharoitlardan kelib chiqadi. Bu kabi majlislar pedagogik xodimlar, o‘uvchilarning barchasi uchun tashkil qilinadi.

  1. Ichki nazorat ham ta‘lim muassasasini boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Nazoratni tashkil etishda yetishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha talablarni bilish zarur. Bunday talablarga tizimlilik, ob‘ektivlik, harakatlilik, to‘ldiruvchilik kabilarni ko‘rsatish mumkin.

Pedagogik boshqaruvga doir adabiyotlarda, ta‘lim muassasasi ichki nazoratining quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilishi bayon etilgan:

    1. Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qo‘yilishi.

    2. Ta‘lim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.

    3. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining sifati.

    4. O‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.

    5. O‘qitishning ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarining bajarilish holati.

    6. Darsdan tashqari tarbiya ishlarning tashkil etilish holati va

sifati.
Pedagogik kadrla r bilan ishlash.

    1. Ta‘lim muassasasi faoliyatining o‘ziga xos samaradorligi.

    2. qabul qilingan qarorlar va me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning bajarilishi.

Ta‘lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo‘lib qolmoqda. SHunga qaramasdan, ko‘pgina pedagogik adabiyotlarda ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko‘rsatiladi:




Kompleks

Mavzuli
umkmlashtiruvch

Predmetli

Sinf-muloqot

Aloщida

Frontal

Mavzuli
39 - чизма. Таълим муассасаси ички
Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o‘rganishda ta‘lim muassasasi jamoasi, o‘quvchilar guruhi yoki alohida o‘qituvchining pedagogik faoliyati tizimi, ta‘lim muassasasidagi ta‘lim darajasi, shuningdek, o‘quvchilarning ekologik va estetik tarbiyasi tizimiga e‘tibor qaratiladi.
Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida o‘qituvchi faoliyatini o‘rganishga qaratiladi.
Alohida nazorat biror bir o‘qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida shakllanishiga ta‘sir etuvchi o‘ziga xos omillar e‘tiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta‘lim muassasasida ta‘lim olinganlik darajasini aniqlashda qo‘llaniladi.
Mavzuli umumlashtiruvchi nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o‘qituvchilari va sinflarning alohida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o‘rganishdan iborat.
Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o‘quv fanlari bir yoki bir nacha sinf (guruh)larda turli o‘quvchilarning ishlarini o‘rganishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.

  1. Tartibga solishning asosiy maqsadi ta‘lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilishda ta‘lim muassasasining oldiga qo‘yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yo‘l qo‘yilgan holatlarni tuzatishdan iborat.

Tartibga solish boshqaruv faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. U o‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalarni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hisob qiladi. Ana shu asosdan kelib chiqib, yangi o‘quv yilida ta‘lim muassasasi oldiga maqsad va asosiy vazifalarni qo‘yadi.
Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ijodkor
bo‘lishlarini talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo‘yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o‘qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o‘z ishiga ijodiy yondashish, o‘z burchiga nisbatan fidoiy bo‘lishga bog‘liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko‘p jihatdan ta‘lim muassasasi rahbari, ularning ta‘lim- tarbiyani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog‘liqdir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta‘lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o‘qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. SHunga ko‘ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag‘batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. SHu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo‘lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Ta‘lim muassasasi doirasida malaka oshirish yo‘llari:

-ta‘lim muassasasida fanlar bo‘yicha tuzilgan metod birlashmalar;
-ta‘lim muassasasi pedagogik kengashi;

  • ta‘lim muassasasida tahkil etiladigan doimiy harakatdagi seminar o‘qishlar;

  • maqsadli ochiq darslar;

  • konferentsiya va pedagogik o‘qishlar;

  1. Ta‘lim muassasasidan tashqari malaka oshirish yo‘llari:

    1. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda markaz, viloyat va tumanda o‘tkaziladigan kurslar;

  • murabbiylik asosidagi kurslar;

  • eksternat kurinishidagi kurslar;

  • qisqa muddatli kurslar;

  • erkin tinglovchilar kurslari;

  • sirtdan va qatnab ta‘lim olinadigan kurslar;

  • muammoli ( maqsadli ) kurslar;

  • shaxsiy reja asosida tashkil etiladigan kurslar;

  • mualliflik kurslari;

  • doimiy harakatdagi kurslar.

    1. Maktabgacha bolalar muassasalari xodimlarning malakasini oshirish respublika kurslari.

    2. Tuman Metodika kabineti tomonidan pedagoglarning malakasini oshirish ishlari:

  • ilmiy – metodik, pedagogik yoki amaliy konferentsiyalar, seminar, seminar – kengashlar;

  • bir muammo yoki mavzu asosida tashkil etilgan doimiy harakatdagi seminarlar;

  • tuman fan o‘qituvchilari metodika uyushmalari;

  • tayanch va ilg‘or tajriba muassasasi ishlari;

  • ta‘lim muassasasi rahbarlari Metodika uyushmalari;

  • pedagogik o‘qishlar.

    1. Radio va televidenie orqali beriladigan eshittirishlar, matbuot sahifalari.

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o‘sishini rag‘batlantirish, ta‘lim-tarbiyada ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo‘llash, ma‘naviy-ma‘rifiy yo‘nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da‘vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta‘lim muassasalarida ta‘lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta‘lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta‘limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta‘limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o‘qituvchi, o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to‘garak rahbarlari kiradi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  1. pedagog kadrlar o‘z mutaxassisligi hamda me‘yoriy- huquqiy va ma‘naviy-ma‘rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovidan, suhbatdan o‘tkaziladilar;

  2. pedagog o‘qitayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va o‘zlashtirish darajasi o‘rganiladi;

  3. o‘quvchilar o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi. Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o‘quvchilarning bilim darajasi,

ilmiy, o‘quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya
tomonidan o‘rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yiqindisidan iborat bo‘ladi.
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari, madaniyat, sport, san‘at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha suhbatdan o‘tkaziladilar.
Pedagog kadrlar uchun me‘yoriy-huquqiy va ma‘naviy-ma‘rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test savollari to‘plami O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», Davlat ta‘lim standartlari, milliy istiqlol g‘oyasi va ma‘naviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat bo‘ladi.
Komissiya attestatsiya natijalariga ko‘ra pedagogning ushbu jarayondagi faoliyati «Attestatsiyadan o‘tdi», «Attestatsiyadan shartli o‘tdi» va «Attestatsiyadan o‘tmadi» tarzida baholanadi.
Mutaxassis toifaga ega pedagog «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e‘tirof etilganda, shuningdek, tayanch ma‘lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmagan bo‘lsa, tegishli ta‘lim muassasasi rahbari pedagogga o‘z mutaxassisligiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida malaka oshirishni taklif qiladi. Mazkur takliflarga rozi bo‘lmagan o‘qituvchilarning mehnat shartnomasi (amaldagi qonunchilik asosida) bekor qilinadi.
«Attestatsiyadan o‘tmadi» deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladilar.
Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. Yosh o‘qituvchilarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Haqiqatan ham yosh o‘qituvchi ta‘lim muassasasi (umumiy o‘rta ta‘lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi)ga ishga keldi deylik: uni o‘quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To‘g‘ri, oliy o‘quv yurtida u yaxshi nazariy bilimlarga ega bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o‘tib keladi. Biroq, u oliy o‘quv yurtini tamomlashi bilan o‘qituvchi degan nomga ega bo‘ladi. Tabiiyki, unda o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi yetarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o‘qituvchiga xarakteri turlicha bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o‘z o‘quvchilarining qobiliyat darajasi, o‘zlashtirishdan ortda qolayotgan o‘quvchilar shaxsini o‘rganishda ularning har biri o‘ziga xos xotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo‘lishlarini hisobga olmaganligi sababli o‘quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga olish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi. Yosh o‘qituvchining eng katta xatosi, u o‘zini bilimi sayoz o‘quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada qoloq o‘quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta‘lim jarayonida tartibsiz kechadi.
Yosh o‘qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo‘g‘in – bu ular bilan bevosita ishlashni yo‘lga qo‘yishdir. Ularga ma‘ruzalar o‘qish, nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta‘lim muassasasida yetarli ma‘lumotlarni oladilar. Yosh o‘qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

      1. barcha yosh o‘qituvchilarni jalb etish orqali;

      2. ogohlantirish orqali har bir o‘qituvchining darsini kuzatish yo‘li bilan;

      3. yosh o‘qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.

Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta‘lim-tarbiyaishlarini o‘rganish, ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatish, yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribali hamda faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida «Yosh mutaxissislar maktabi»ni tashkil qilish mahsadga muvofiqdir.
Yüklə 145,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin