Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-



Yüklə 78,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü78,57 Kb.
#165635
1   2   3   4   5   6
o-quvchilarda-kompetensiyalarni-shakllantirish-dolzarb-ijtimoiy-pedagogik-muammo-sifatida

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
 2023-yil 2-iyun 
380
Ushbu muammoning dolzarbligini ta’kidlagan holda Е.В.Бондаревская kompetensiyani 
shaxsiy anglangan, insonning tajribasiga singan hodisa sifatida baholab, shaxsning bilimlari, 
ko‘nikmalari, malakalari tizimida o‘ziga xos o‘rin egallashini ko‘rsatib o‘tadi [4]. 
Kompetentlilik ta’limning asosiy maqsadi sifatida namoyon bo‘ladi. U faoliyatning turli 
turlarini amalga oshirishga tayyorlikni ifodalaydi. Kompetensiya bilim, ko‘nikma, malakalardan 
tubdan farq qilsada, ularni inkor etmaydi. Kompetensiya bilimlardan ular faoliyat turi haqida 
axborot berish bilan emas, balki faoliyat turida mavjudligi bilan farqlanadi. Kompetensiya 
ko‘nikmalardan turli vaziyatlarda turli-tuman topshiriqlarni yechish imkoniyatiga egaligi bilan 
ajralib turadi. Malakalardan esa kompetensiya anglanganligi, avtomatlashmaganligi bilan 
farqlanib, u o‘quvchilarga nafaqat odatiy, balki nostandart vaziyatlarda ham aniq harakatlanish 
imkonini beradi. Bu shundan dalolat beradiki, bilim, ko‘nikma, malakalarning mavqei ta’limning 
asosiy va oraliq maqsadlariga ko‘chib, ko‘zlangan natijaga erishish uchun sharoit yaratadi.
Kompetentli yondashuv doirasida bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq darajasi bilan 
ta’lim natijalari hamda uning ahamiyatli jihatlari uyg‘unlashib, kompetensiyalar – layoqatlar 
majmui hosil bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarga jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli moslashish imkonini 
beradi. Kompetensiyaviy yondashuvda jarayon markaziga o‘quvchi shaxsining o‘zi qo‘yiladi, 
rivojlanish vaziyatlarida uning o‘rni aniq namoyon bo‘ladi.
So‘nggi yillarda chop etilayotgan ilmiy manbalarda bilim, ko‘nikma, malaka va 
kompetensiyalarni bir yo‘la loyihalashtirish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Shu asosdan kelib chiqqan 
holda bir qator yondashuvlarni ilgari surish mumkin.[2] 
Manbalarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunga qadar “kompetensiya” va 
“kompetentlik” tushunchasini tavsiflovchi yagona yondashuv mavjud emas. Kompetensiyalarni 
tushunish va tavsiflashda kompetensiyaning ta’lim oluvchi shaxsiga taalluqliligi, bilim, 
ko‘nikma, malakalarning mahsuli bo‘lsa-da, uning tarkibiga kirmasligi haqidagi qarash ilgari 
surilmoqda. 
Shu nuqtai nazardan yondashganda kompetensiya ta’lim mazmunining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ular: davlat ta’lim standartlari; bitiruvchi sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik 
darajasiga qo‘yiladigan talablar; bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini ifodalovchi shaxsning 
tayyorgarligini ta’minlovchi, ularning shaxsiy tajribasiga kiruvchi, ular uchun ahamiyatli bo‘lgan 
me’yorlardan iborat. Kompetentlilik esa kompetensiyalarni egallashni anglatib, o‘quvchining 
bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan shaxsiy munosabati, ta’limning real 
darajasini o‘z ichiga oladi. 
REFERENCES 
1.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги ―Умумий 
ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг Давлат таълим стандартларини 
тасдиқлаш тўғрисида‖ги 187-сон Қарори //www.lex.uz
2.
Бошланғич таълим концепцияси // тузувчилар: Р.Г.Сафарова ва бошқ.- Тошкент: 
РТМ-2015. ЎзМУ хабарлари - 183 - Фалсафа фанлари
3.
Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентност- ного подхода в 
образовании // Интернет-журнал "Эйдос". - 2005. - 10 сентября. - 
http://www.eidos.ru/journal/2005/0910-12.htm. - В надзаг: Центр дистанционного 
образования "Эйдос", e-mail: 
list@eidos.ru
.  



Yüklə 78,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin