Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi


Ichki kasalliklar nima uchun inson psixikasiga ta'sir



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

 
Ichki kasalliklar nima uchun inson psixikasiga ta'sir 
qiladi? 
Tibbiyot psixologiyasi psixik xolatning somatik holatga va somatik 
kasalliklarning psixikaga ta'sirini o'rganishning o'z vazifalari qatoriga 
kiritadi. Psixik jarayonlar bilan organizmning o'zaro bog'liqligi psixologiya 
va tibbiyotning asosiy vazifalaridan biridir. 
Psixik omillar ta'siri ostida kelib chiqadigan kasalliklar psixogen 
kasalliklar yoki psixogeniyalar deyiladi. 
Psixogeniyalar –organizmda va psixikada odatda shaxs uchun og'ir 
bo'lgan turli psixik jarohatlarning ta'siri ostida paydo bo'ladigan 
buzilishlardir. 
Psixogeniya omillari ta'siri ostida somatik soxada quyidagi buzilishlar 
sodir bo'lishi mumkin. 
Me'da ichak trakti tomonidan-ko'ngil aynish, qusish, ichburug', 
qabziyat, anoreksiya (ishtahaning yo'qolishi); nafas olish a'zolari tomonidan-



28 
nafas siqilishi, nafas bo'g'ilishi, yo'tal: yurak-tomir sistemasida-arteriya 
bosimining psixogen ko'tarilishi, taxikardiya, bradikardiya, yurakda og'riq his 
qilish, yurak faoliyati maromining buzilishi. 
Psixik kasalliklar somatik sabablari tufayli kelib chiqadigan bo'lsa, 
ular samotogen kasalliklar yoki samotogeniyalar deb ataladi. Infeksiyalar
intoksikasiyalar, 
ichki 
a'zolarning 
kasalliklari 
ko'pincha, 
psixik 
buzilishlarning manbai hisoblanadi. Bu ko'proq yurak kasalliklarida, yuqumli 
kasalliklarda kuzatiladi. 
Ayrim hollarda psixogen omillar samotagen omillar Bilan qo'shilib, 
o'zaro bir-birini kuchaytirishi mumkin 
 
 
Nevroz qanday kelib chiqadi? 
Psixogen kasalliklarning hammadan ko'p tarqalgan formalari
nevrasteniya, isteriya va miyadan nari ketmaydigan xayol nevrozidir. Nevroz 
so'zi (grekcha – ‗neyron‘ - nerB) so'zidan olingan bo'lib, psixogen kasalliklar, 
ya'ni oliy nerv faoliyati turmushdagi mushkul axvollar va kechinmalarning 
psixikaga yomon ta'sir qilishi natijasida ro'y beradigan holatdir. 
Nevrozlar tasnifi uchun I.P.Pavlovning odam oliy nerv faoliyati tiplari 
to'g'risidani ta'limoti katta ahamiyatga ega. Nevrozlar ko'pincha nerv tizimi 
kuchsiz yoki muvozanatlashmagan kuchli tipdagi kishilarda vujudga keladi. 
Odam shaxsining o'zi va uning tarixiy rivojlanish davrida shakllangan 
butun xususiyatlari nevrozlarning vujudga kelishida muhim rol o'ynaydi. 
AyniqSA qiyin va uzoq davom etadigan mushkul vaziyatlar tug'ilsa 
shu mahalgacha soppa sog' yurgan odamlarda ham nevrozning hamma asosiy 
formalari, jumladan isteriya paydo bo'lishi mumkin. 
Biroq isterik xarakter ko'rinishidagi moyillik bo'lsa anna shunda 
ko'pincha isteriya kelib chiqadi. Isterik xarakter asosan odamning nozik qilib 
tarbiyalanib, turmushga moslashaolmaydigan, no‘noq bo‘lib qolishi 
natijasida shakllanib boradi. 
Nevrozning yana bir formasi nevrasteniyaning paydo bo'lishida 
xarakterdagi bir qator xususiyatlarni noto'g'ri shakllanishi sabab bo'ladi. 
Ota-onalar balalarn kuch va imkoniyatlarini hisobga olmay turib
muvaffaqiyat qozonishga undashi shu hildagi xarakter shakllanishiga imkon 
beradi. 



29 
Odamning yoshlikdan ortiq darajada hissiyotli qilib tarbiyalanishi va 
ziddiyatli murakkab vaziyatlarda bir qarorga kelishi zarur bo'lib turgan 
sharoitlarda o'z xarakterlarini bo'g'ib qo'yishga moyil bo'lishi ko'pincha 
miyadan nari ketmaydigan hayolnevrozining kelib chiqishiga yo'l ochadi. 
Bemor kayfiyati pasayib umidsizlik o'z-o'zidan qoniqmaganlikni ifoda 
etadi. Hayoldan ketmaydigan fikrlar nevrozi uzoq vaqt davomida saqlanib 
qolishi, surunkasiga kechish xususiyatiga ega. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin