3.2. Nomlangan shakalar. Tartib (qator) shkalari Berilgan kattalikni oʻlchash uchun boshlangʻich asos boʻlib xizmat qiladigan
kattalik qiymatlarining tartibga keltirilgan majmui kattalik shkalasi deyiladi.
Oʻlchashlar nazariyasida oʻlchashlar shkalasining beshta asosiy turi mavjud
nomlangan shkala tartib shkalasi oraliq shkalasi nisbat shkalasi va absolyut
(mutlaq) shkala (3.4-rasmga qarang).
Nomlangan shkalalar, ularda:
- ekvivalentlik munosabatlari qoʻllanishi mumkin
- tartib munosabati (masalan, “katta - kichik”) qoʻllanilmaydi
- proporsionallik munosabati qoʻllanilmaydi
- jamlash munosabati qoʻllanilmaydi
- nol kriteriyasi mavjud emas
- oʻlchash birligi mavjud emas.
Nomlangan shkalalar yordamida sifat tavsiflari yoziladi, bunda quyidagi
oʻlchovlar ishlatiladi ranglar atlasi va boshqa rang oʻlchovlari
xromo-kobaltli shkala.
3.4-rasm. Oʻlchash shkalasi turlari. 3.5-rasm. Nominal shkalaga misol: ranglar atlasi. Tartib (qator) shkalasi – oʻlchanadigan kattaliklarning oʻsish yoki kamayish
tartibida joylashgan oʻlchamlari, unda:
- ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi
- tartib munosabati (“katta-kichik” turidagi) qoʻllaniladi
- proporsionallik munosabati qoʻllanilmaydi
- jamlash munosabati qoʻllanilmaydi
- nol tushunchasi mavjud yoki yoʻq
- oʻlchash birligi mavjud emas.
Misol
Moosa minerallarining qattiqlik shkalasi
(Brinnel, Vikkers, Rokvell, Shor va b) jismlarning qattiqlik shkalalari
yorugʻlik sezuvchan shkalalari
(yorugʻlik sezuvchanlik) ishqorli, yodli, gidroksilli, efirli sonlar
shamol kuchining balli (Bofort shkalasi boʻyicha, yer silkinish (qimirlash) kuchi (Rixter shkalasi boʻyicha),
atom elektrostansiyalaridagi portlashlar (MAGATE shkalasi boʻyicha) va buzilishlarga mustahkamligi. Quyidagi 3.1-jadvalda qattiqlikning minerologik shkalasi keltirilgan.
3.1-jadval Qattiklikning minerologik skalasi