3.Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.
➢
boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi milliy
eksportga bo’lgan talabni oshiradi. Misol, jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inkiroz
natijasida ko’plab rivojlangan mamlaktlardagi axolining real daromadlari tushib
ketgan va ularning bizning mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga bo’lgan talabi
ham kamaygan. Hozirgi kunda neft narxining keskin o’sishi neft eksport qiluvchi
mamlakatlar milliy daromadlarini oshirib borishiga va natijada bu mamlakatlarda
bizning mahsulotlarga talabini oshib borishiga sabab bo’lmoqda.
18
➢
valyuta kurslaridagi o’zgarishlar, milliy valyuta so’mning kursi
pasayishi bilan xorijdan kelayotgan mehmonlar olib kelgan dollari evaziga ko’proq
so’mga ega bo’lishadi, ya’ni bizning mahsulotlarimiz xorijliklar uchun nisbatan
arzonroq bo’lib qoladi.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari umumiy
talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilni beradi. Bular: pul taklifi
(M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Narxlar o’zgarmagan holda, pul
massasining ko’payishi yoki pulning aylanish tezligining oshishi qisqa muddatda
jami talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi, chunki bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi
mavjud bo’lgan real pul zahiralarini hamda iste’molchilarning sotib olish
qobiliyatini oshiradi.
Umumiy talabning narxga bog’liq bo’lmagan omillari ta’sirida AD egri
chizig’i o’ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum narx darajasiga mos keluvchi
talab qilinayotgan milliy mahsulot xajmi o’zgaradi.
chizma. Umumiy talab egri
chizma. Umuchiy taklif
egri chizig’idagi siljishlar chizig’idagi siljishlar
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy
daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri
chizig’ining o’ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD
egri chizig’i chapga siljiydi.
|