Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari.
Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida
axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», -
deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur
manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to‘xtalib o‘tadi. Allomaning nuqati
nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod),
nazofat (poklik va tozalik), g‘ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm,
sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak,
haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot),
iqtisod, viqor (g‘urur), muhabbat, avf (kechirimli bo‘lish). Bu xislatlar ma’naviy-
axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat,
mehnatga axloqiy munosabat, o‘z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek,
har bir o‘quvchining o‘zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi.
Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g‘azab, aysh-
ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat
(o‘zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’ma, hirs),
rahovat (g‘ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek
saqlash), namimat (chaqimchilik), g‘iybat, haqorat, jibonat (qo‘rqoqlik), hasad,
kizb (yolg‘on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi
bo‘lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o‘quvchilarga xulq-odob me’yorlari va
qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga
oshiriladi.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o‘qish, kinofilm va
spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida
turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-
odatlar paydo bo‘la boshlaydi. O‘quvchilar o‘zlari va boshqalarning xatti-
harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy
mavzularda o‘tkaziladigan suhbat va munozaralarda o‘quvchini fikr yuritish,
o‘ylashga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do‘stimiz Kamol
qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani
tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va
munozaralar o‘quvchilarni o‘ylash, fikr yuritishga yo‘llaydi, ularda salbiy
xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o‘rganishga bo‘lgan intilish va qiziqishlari
tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o‘z xatti-harakatlarini baholashga bo‘lgan
intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.
Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb
muammolariga bag‘ishlanishi zarur.
Bunda o‘quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.
O‘quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan
mashqlantirish, o‘rgatish, pedagogik talab qo‘yish jamoa fikrini hisobga olish,
topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan
foydalanish samarali natijalar berishi mumkin.
Lekin o‘quvchilarni faol, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan
turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo‘lmaydi. Bunda mashqlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy
xislati shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi.
Rag‘batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi.
Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o‘z-o‘zini shakllantirishga doir shaxsiy
dasturlarni loyihalash, o‘quvchilarni qiziqishlariga ko‘ra tabaqalashtirish
monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy
texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy ntijalarga olib kelmoqda.
Hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida tobora ommaviylashib borayotgan
«Zakovat», «Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O‘yla, izla, top!» kabi o‘yinlar
ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan o‘quvchilarning ma’naviy-
axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl,
metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik
an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Bu borada tarbiya jarayonida o‘quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy,
jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali
natijalar beradi. Bunday tarbiya o‘quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko‘ra
bilish, o‘zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilash, axloq,
e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to‘g‘ri anglash, ijtimoiy hayotda turli
vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘llaydi.
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o‘quvchi-yoshlarning faolligi,
liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘zgalar fikrini hurmat
qilish, ishontirish, o‘z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo
bo‘ladi. SHuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg‘ularini jilovlay olish, fikr
yuritish mahorati shakllanadi. O‘z ishiga mas’uliyat hissini shakllantirib, ijodiy
tasavvurini
rivojlantiradi,
ma’naviy-axloqiy
tadbirlarni
loyihalashtirish,
ko‘ngilochar, tashhisli, ishchan va harakatli o‘yinlar, ziddiyatlarni hal etishning
turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy),
rag‘batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid_ -
bularning barchasini insonparvarlik g‘oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar
beradi.
Dostları ilə paylaş: |