13
bug`i ajralib chiqmaydi; undagi gazlar asosan, xlorli birikmalardan, natriy xlor,
kaliy xlor va boshqalardan tashkil topgan bo`ladi. Bundan tashqari ozroq temir,
marganes, mis, ftor bo`ladi.
Ko`pincha nordon fumarol tarkibida suv bug`lari bilan aralash xlorit va
sulfat kislotasi uchraydi. Ularning issiqligi 300—400°C bo`ladi. Nordon
fumaroldan sof oltingugurt va qizil temir oksidi (gematit) kristallari hosil bo`ladi.
Bunga Chotqol tog`laridagi gematitli konlarni misol qilib keltirish mumkin.
Ishqorli fumaroldan xlor ammoniyli suv bug`i, ba’zan gazi ajralib chiqadi.
Bunday fumarolda ko`pincha xlor ammoniysining havoda parchalanishidan
ammiak gazi hosil bo`ladi. Ularning harorati 100° C dan salgina oshadi.
Sulfatorlardagi suv bug`i va karbonat angidridi hamda H
2
S gazidan
oltingugurt birikmasi va tuzlar hosil bo`ladi. Mofettlardan suv va suv bug`i bilan
birga karbonat angidridi chiqadi. Mofettlarning paydo bo`lish vaqti ko`pincha
vulqonning so`nishi yaqinlashayotganidan darak beradi. Suv bug`lari va gazlardan
xalq xo`jaligida, eruptiv gazlardan tashqari, issiqlik elektr stansiyasida, uy-joylarni
isitishda keng foydalanilmoqda. Bulardan tashqari ulardan bor kislotasi
mahsulotlari, ammoniy tuzlari va sof oltingugurt olinadi. Vulqon gazlari va suv
bug`lari bilan mis, qo`rg`oshin, qalayi, oltin, kumush, margimush va simob
konlarining vujudga kelishi bog`liq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: