72
Jismoniy tarbiya uslubiyatida jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar
jismoniy
tarbiyasining asosiy shakli bo’lib, har bir darsda alohida vazifalar hal etilishi ko’rsatib
o’tilgan.
Jismoniy tarbiya darsining vazifalari
Jismoniy tarbiyaning ta’lim berish, tarbiyalash, sog’lomlashtirishdek
umumiy
vazifalaridan kelib chiqib har bir dars uchun aniq hususiy vazifalar qo’yiladi. Vazifalar
“o’rgatish”, “takrorlash”, “mustahkamlash”, “nazorat olish”dek mazmunga ega bo’lishi
nazarda tutiladi.
Ta’limning ayrim vazifalarini bajarish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-
ket darslar jarayonida amalga oshiriladi. Ba’zi vazifalar esa
bir darsda hal etilishi
mumkin. Masalan turnik yoki brusda berilgan mashqlar majmuasi ketma-ketlik bilan
qator darslarda o’zlashtiriladi.
Jismoniy tarbiya darslari jarayonida nafaqat harakat malaka va ko’nikmalari, jismoniy
fazilatlar
tarbiyalanadi, balkim aqliy, ahloqiy, etik, estetik tarbiya kabi tarbiyaning
boshqa turlarini ham tarbiyalash nazarda tutiladi. Shuningdek turli o’yinlar,
musobaqalar orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi.
Masalan bitta
o’yin orqali milliy iftixor, millatparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini
singdirish
mumkin.
Jismoniy tarbiya darslarida mashqlarni to’g’ri tashkil etish, sanitariya-gigiyena
qoidalariga rioya qilish orqali sohlomlashtirish vazifasi hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: