YANGI DINIY HARAKATLAR VA SEKTALAR
Reja:
1.
Dunyoning konfessional manzarasi.
2.
Soxta xristianlik harakatlari.
Tayanch tushunchalar: Din, konfessiya, sekta, diniy tashkilot, missionerlik,
xarizmatika, xristianlik, islom, buddaviylik, hinduiylik, Xitoy dinlari, O‘zbekistondagi
diniy konfessiyalar, mormonlar, Krishnani anglash jamiyati, Yahve shohidlari, Bahoiylik,
Bobiylik, noan'¬anaviy diniy oqimlar, Ahmadiylik.
Mavzu o‘quv maqsadi: Konfessiya, sekta tushunchalarining mazmun-mohiyati,
bugungi kunda dunyoning konfessional xaritasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, dinlarning
geografiyasidagi yangi tendensiyalar va ularni keltirib chiqarayotgan omillar haqida
talabalarda keng tasavvur hosil qilish.
XIX-XX asrlarda yirik dinlar doirasida yuzaga kelgan diniy tashkilotlar, ularning
e'tiqodi va faoliyati, jamiyatga ta'siri haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish.
1. Dunyoning konfessional manzarasi. "Konfessiya" so‘zi (lotincha – "confessio")
o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e'tiqod qilish”, degan ma'noni anglatadi. Umuman
olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta'limot doirasida shakllangan va o‘ziga
xos xususiyatlarga ega e'tiqod va ushbu e'tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir
din doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy
konfessiyalar jumlasiga kiradi.
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000
dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Islom dinida bunday holat
kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida
konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia
jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning
turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me'yoriy omillardan biri
bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o‘ziga xos xususiyatlari bilan
belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq me'yorlarini o‘ziga singdirib
olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan,
odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch
hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib
o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni
saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan
madaniyat rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv
jarayonlarining o‘ziga xos in'ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun
va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va
jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham
zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma'naviyatining uzviy qismi bo‘lgan
dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan
e'tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning
kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni
hal qilish yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini
ta'minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob
topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik,
buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday
jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar (YaDH) deganda odatda XX asrning 70-yillarida Yevropa va
AQShda tarqalgan noan'anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar
bunga an'anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo‘lganligini ta'kidlaydilar. YaDH liderlari
jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, bu “o‘tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib,
o‘zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqatgo‘y” sifatida ko‘rsatdilar. YaDH to‘riga
ko‘proq yoshlar ilinadilar.
Odatda YaDH qat'iy ta'limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider
roli bilan belgilanadi. Liderlar an'anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib
boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga
oshiriladi. YaDHning ba'zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega
bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylangan.
YaDH meditasiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida
shaklida boshqariladi. Ularning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal
tashkilotlardir (Masalan, “Aum Sinrikyo” (Yaponiya), «Quyosh ehromi» (Fransiya va
Kanada) va b.).
Dostları ilə paylaş: |