Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
384
21. Alloh (Lavhul-Mahfuzda): "Albatta, Men O'z payg'ambarlarim bilan birga g'olib bo'lurman", - deb
yozib qo'ygandir. Albatta, Alloh kuchli va qudratlidir.
22. Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik
qiluvchilar bilan - garchi ular o'zlarining otalari, yoki o'g'illari, yoki og'a-inilari, yoki qarindoshlari
bo'lsalar-da - do'stlashayotganlarini topmassiz. Aynan o'shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib
qo'ygandir va ularni o'z (tomon)idan bo'lmish ruh bilan quvvatlantirgandir. U ularni ostidan anhorlar
oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo'lur va ular ham
(Allohdan) rozi bo'lurlar. Aynan o'shalar Allohning hizbidirlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning
hizbigina najot topuvchilardir!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
385
HASHR SURASI
Hashr - to'plab surgun qilish.
Surada Madinadagi Banu Nazir ismli yahudiylar qabilasining yovuz kirdikorlari
tufayli yurtlaridan surgun
qilinishlari to'g'risida ma'lumotlar bor. Shuningdek, unda mo'minlar va munofiqlar,
yaxshilar va yomonlarning
ta'rif va tavsiflari ifoda etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.
Dostları ilə paylaş: