(jazoladik). Holbuki, uni o'ldirganlari ham, osganlari ham yo'q. Faqat (boshqa bir kishi Isoga) o'xshatib qo'yildi, xolos. Albatta, uning to'g'risida bahslashganlar u haqda shubhadadirlar. Ularda gumonga ergashishdan boshqa biror (to'g'ri) ma'lumot yo'q. Aniqki, uni o'ldirmaganlar. 158. Balki, uni Alloh O'z huzuriga ko'tardi. Alloh qudrat va hikmat egasidir. 159. Hech bir ahli kitob yo'qki, o'limidan oldin unga imon keltirmasa. Qiyomat kuni esa u (Iso) ularga qarshi guvoh bo'ladi. 160. Yahudiy bo'lganlarning zolimliklari va ko'p (kishilar)ni Alloh yo'lidan to'sganlari sababidan ularga (oldin) halol qilingan narsalarni* harom qilib qo'ydik. Izoh:An'om surasining 146-oyatiga qaralsin. 161. (Yana boshqa) sabablari - ularning ustama (foiz) olishlari va odamlarning mol-mulklarini nohaq yeganlaridir. Ulardan kofirlariga alamli azobni tayyorlab qo'yganmiz. 162. Lekin, ular (yahudiylar) orasida ilmda mustahkam bo'lganlar hamda Sizga nozil qilingan narsaga va Sizdan ilgari nozil qilingan narsaga imon keltiradigan mo'minlar, xususan, namozni barpo qiluvchilar, zakotni ado etuvchilar, Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchilar ham borki, aynan ularga, albatta, ulkan mukofot ato eturmiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
66
163. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Nuhga va undan keyingi payg'ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi Sizga ham vahiy yubordik. Shuningdek, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodi, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zabur berdik. 164. (Bir qator) payg'ambarlar haqida qissalarni Sizga ilgari aytdik. (Ayrim) payg'ambarlar qissalarini