g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda
amaliyotda qo’llash
imkoniyatiga
erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi,
Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta
tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan semi-
nar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanish taxsinga
sazovordir.
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv
muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan
o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib
kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida
multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni
talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi kompakt disklarni
respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir miqdordagi
mablag’ni oldindan jalb etishni
talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga
ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va
yuqori
malakali
mutaxassislarni kamol
toptiradi.
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib
borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir
masofada joylashgan holda ta'lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining
ma'lum bir masofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar,
sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil
qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib
borishi, ayniqsa, axborotlarni o’zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya
sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda.
Dostları ilə paylaş: