1 - mashq. Rasm solish orqali xavotir holatini aniqlash
Maqsad: bolalarning qiziqishlarini, havaslarini, temperament xususiyatlarini,
tuyg`u-kechirmalarini va ichki dunyosini tushunish.
Material: rangli qalamlar, oqqog`ozlar.
Pedagog bolalarga har xil mavzularda rasm solishni tavsiya etadi: «Maktabda»,
«Ko`chada», «Oilada», «Men qo`rqinch tush ko`raman», «Men kunduzi nimadan
qo`rqaman», «Mendagi eng yomon holat», «Mendagi eng yaxshi holat».
Izoh: rasmlardagi qora va kulranglarning aksariyati boladagi ko`rquv holatlarini
ko`pligidan, bolada ko`ngil xushligini yo`qligidan, kayfiyati sust ekanligidan dalolat
beradi.
Shunday qilib, «Bolalarda xavotırlanısh holatlarını tuzatısh metodıkaları»
mavzudagi kurs ishi mizning ushbu bobida kuyidagi masalalar tadqiq qilindi va
aniqlandi:
Artterapiya usuli yordamida bolalardagi xavotir holatini tuzatish
Musiqaterapiya usuli yordamida bolalardagi xavotir holatini tuzatish
Rasm yordamida bolalardagi xavotir holatini tuzatish metodikalar
30
XULOSALAR VA TAVSIYALAR
Shunday kilib, kurs ishi tadqiqot ishimizga yakun yasaylik.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e`lon
qilingan 2021 yilda O`zbekistonda yoshlarga davlat, jamiyat va oilaning sog`lom
zurriyot tarbiyasi uchun e`tibor va g`amxo`rligini oshirish, yoshlarni sog`lom,
barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida katta ishlar qilinmoqda.
Ma`lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilni
mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini
mustahkamlash yili» deb e`lon qilinishini xalqimiz zo`r mamnuniyat bilan kutib
oldi. Bu boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish, hayrli tashabbuslarni amalga oshirish
imkonini beradi. Oila, jamiyat, mamlakat hayotining kelajagi farzandlarga,
avlodlarga bog`liq. Kelajak sog`lom, ishonchli, erkin va barqaror bo`lishi uchun
farzandlar ham sog`lom, jismoniy, ma`naviy, intellektual jihatdan barkamol
bo`lishlari zarur.
Darhaqiqat,
har
birimizning,
shu
jumladan,
maktabgacha
ta`lim
muassasalaridagi xodimlarning va boshlang`ich maktab pedagog-o`qituvchilarning
zimmasidagi
vazifalar
ham
nihoyatda
mas`uliyatlilidir.
Yurtboshimiz
ta`qidlaganidek «.. . bolani go`daklikidan ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan
to`g`ri tarbiyalashni, bu davrda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya
fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada va ta`lim muassasasida joriy qilish ayniqsa
zarurligini tushunib olishimiz lozim».
Hozirgi kunda maktabgacha ta`lim va boshlang`ich maktab – kelajak avlod
kamoli uchun poydevor hisoblanadi. Tarbiyachi va o`qituvchiga alohida bilim,
fidoyilik lozim. Qolaversa, bu dargohlardagi butun jarayon davlatimiz tomonidan
qo`llab-qo`vvatlanadi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun, «Kadrlar tayerlash milliy
dasturi», «Uchinchi mingyillikning bolasi» dasturi asosida olib borilayotgan ishlarni
butun jahon e`tirof etmoqda.
Albatta, eng avallo pedagoglar o`z ishida har bir bolaning ruhiyati, qizikishi,
qobiliyati, irodasi, zehnini, va ayniqsa, uning xissiyotlarini aniqlab bilishi zarur.
|