78
2. Kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib
borish prinsipi.
3. Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat bilan funksional bog‘liqlik prinsipi.
4. Talabalar amaliyotining ko‘rgazmaliligi prinsipi.
5. O‘z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat
yurgazishga intilish va mas’uliyat hissining shakllanishi.
6. Talaba amaliy o‘quvining takomillashib borishi prinsipi.
Bu prinsiplarning barchasi kelajakda o‘qituvchi kasbiy kompe
tensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy funksional, pedagogik-psixo logik
takomillashuvi aspektlaridan hisoblanadi.
Uslubiy qo‘llanmada o‘zimiz aniqlagan va tahlil qilgan kasbiy
kompetensiyaning boshqa pedagogik sifatlar bilan solishtirish orqali
o‘qituvchi pedagogik faoliyati zinapoyasidagi o‘rnini aniqlashga xarakat
qildik. Biz uni “Uztoz pedagog” modeli diagrammasida, ”Kasbiy
kompetensiya
takomillashuvi
aspektlari”
deb
nomlangan
professiogrammalarda sanab o‘tdik. Asosan shu ikki ko‘rgazmali manbaa
bizning ilmiy tahlillarimizni aniqlashtirish imkonini beradi.
Uslubiy
qo‘llanmada
kasbiy
kompetensiya
egasi
bo‘lgan
o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, kompetentlik mezonlari va o‘lchovlarini
ishlab chiqish, pedagog kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda
malakasini oshirish kurslarida samaradorlikni oshirish, “O‘qituvchi kasbiy
kompetensiyasi asoslari” o‘quv darsligini ishlab chiqish maqsadga
muvofiq ekanligi hamda ushbu muammolarni hal qilishda, pedagogik
kasbiy kompetensiya asoslarini yaratishda xorij pedagogikasidan ko‘chirib
olishning xato ekanligi, mezonlarga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
nuqtai nazaridan yondoshish, milliy an’analar, manaviyat va milliy, davlat
manfaatlaridan kelib chiqib yondoshish kabi hulosaviy takliflarimizni ham
kiritdik.
Oliy ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini takomillash tirish
orqali pedagogik mahorat, prfessionalizm sifatlariga erishish ta’lim va
tarbiya ishlarini zamon talabiga ko‘tarishga xizmat qilajagini ta’kidlab
o‘tdik.
Dostları ilə paylaş: