Bu bosqichda aholi yosh tarkibida stabillashuv to’liq kuzatilmaydi. Aholi tarkibida o’lim hollari kam
bo’lgan guruh-yoshlar salmog’i nisbatan baland bo’ladi.
To’rtinchi bosqichda o’lim qollari yuqori darajada bo’ladi. O’lim va tug’ilish koeffitsientlari
tenglashadi. Demiografik stabillashuv jarayoni tugallanadi.
Dunyodagi qator rivojlangan davlatlar XX asrning 80 yillarida uchinchi bosqichning
tugallanish davriga o’tganligi kuzatiladi. SHu davrda, ko’pgina rivojlangan davlatlar esa demografik
o’tish birinchi bosqichning oxirigi va ikkinchi bosqichning boshlanish davridadirlar.
Demografik o’tish davri dastavval Evropada 18 asrda boshlanadi. Shunda tabiiy o’sish 20-30%
ga teng bo’ldi, buni xaqiqatdan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Chunki 10-20 yil oldin
atiga 5-10% ga teng bo’lgan tabiiy o’sish qisqa vaqt ichida 2-3 martaga oshdi.
Ushbu jarayon Evropada 100-150 yil davom etdi. Undan keyingi davrda Evropa mamlakatlari
demografik o’tishning ikkinchi fazasiga o’tdi. Hozir ushbu mamlakatlarning ko’pchiligi demografik
o’tishning uchinchi fazasidadirlar. Binobarin, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya, Vengriya,
Niderlandiya aholini oddiy takror barpo etilishi ham ayrim yillarda ta’minlanmaganligi kuzatilmoqda,
ya’ni o’lganlarning soni tug’ilgan bolalar sonidan ko’p bo’lmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning
ko’pchilligi demografik o’tish jarayonining 1-fazasini o’tamoqda.
AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya mamlakatlari 2-fazani boshidan kechirmoqdalar. Xitoy
va boshqa bir qator mamlakatlar 2-fazaga o’tish arafasida turibdi.
O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1-fazadan 2-fazaga o’tish uchun zamin
tayyorlandi, bu jarayon yaqin 10-15 yil mobaynida boshlansa, ajab emas. Dunyo aholisi ana shu davr
ichida 2,4 marta o’sdi. Bundan ham yuqori ko’rsatkich Osiyo (2,6) va Afrikaga (3,6) xos bo’ldi.
Mazkur ko’rsatkich Evropada, 1,4 martaga teng bo’ldi. Aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o’sishi
Afrikada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Markaziy Amerikada kuzatilmoqda. Shu vaqtning o’zida
Evropaning ayrim mintaqalarida aholi soni juda past sur’atlar bilan o’smoqda yoki deyarli
o’zgarmayapti.
Dostları ilə paylaş: