59
lishi mumkin. Uretrit yuqumli va invazion kasalliklarda ham
bo‘lishi mumkin.
Klinik belgilari. Siydik ajratish og‘riqli, to‘xtab-to‘xtab amalga
oshadi. Urg‘ochi hayvonlarda jinsiy lablar shishadi, doim shilim-
shiq-yiringli oqmalar kuzatiladi.
Uretritning oldini olish uchun hayvonlarni shamollashdan saq-
lash zarur. Hayvonlarni sun’iy qochirganda va qinni tekshirganda
aseptika qoidalariga rioya qilish lozim. Ayniqsa, kateter kiritishga
jiddiy talab qo‘yiladi.
Erkak hayvonlarda simpatik impotensiya (jinsiy ojizlik) urug‘-
don va urug‘don ortig‘i, urug‘ yo‘llari, qo‘shimcha jinsiy bezlar,
jinsiy a’zo, preputsiya xaltasi kasalliklari tufayli kelib chiqadi.
Urug‘donning yallig‘lanishi –
orxit, urug‘don ortig‘ining yal-
lig‘lanishi –
epidimit, preputsiya xaltasi teshigining qisqarishi –
fimoz deyiladi. Jinsiy a’zoning preputsiya xaltasidan osilib chiqishi
parafimoz, preputsiyaning yallig‘lanishi
postit, preputsiyaning
jinsiy a’zo tomoni yallig‘lanishi
balanit, qo‘shimcha jinsiy prostata
bezining yallig‘lanishi
prostatit deyiladi.
Jinsiy a’zolar kasalliklarini davolashda farmokologik va gor-
monal preparatlardan, shuningdek, fizioterapevtik, patogenetik
hamda jarrohlik usullaridan samarali foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: