2.4. Kukunning shakllanish darajasi Kukun materiallarning asosiy xossalaridan biri uning shakllanish darajasi
bilan izoxlanadi, bunda press-qolipga kuyilgan kukunga bosim berilib uning qay
darajada mustakxam zichlikga ega bo’lishligi va press-qolipdan chiqazilgandan
keyin shu shaklni saklab kolganligi bilan izoxlanadi. Aytish keraki xamma kukun
materiallari xam yaxshigina shakllanish xossasiga ega bo’lmaydi. Kukunlarning
o’ziga xos xossalariga kura ular ma‘lum sharoitlarda shaklanishi mumkin. Bu
sharoitlar asosan ularni shaklanishiga ketgan bosim bilan izoxlanadi. Kukun
materiali malum darajada shaklanishga qancha bosim kam talab etsa u shuncha
darajada shaklanishi yuqori bo’ladi. Shaklanish darajasiga asosan kukun zarracha
o’lchami va xajmiy massasi katta tasir ko’rsatadi masalan: zarracha o’lchami 40
mkm xajmiy massasi 0,8 g/sm
3
bo’lgan mis kukuni 0,25 t/sm
2
bosimda 50%
zichlanish darajasini ko’rsatadsa kukun zarracha o’lchami 100-130 mkm ga ega
bo’lgan mis kukuni fakat zichlanishni 0,8 – 1,0 t/sm
2
da boshlaydi. Rasm 6 da bir
xil xajmiga ega bo’lgan kukunlarning shakllanishiga ketga mosim miqdorlari
keltirilgan.
Rasm 5. Kukun materiallarning shakllanishiga ketgan bosim miqdorlari: 1 –
shaklanadigan kukun, 2 – yomon shaklanadigan kukun, 3 – yaxshi shaklanadigan
kukun
2.5 Kukun materiallarni presslashga tayyorlash Kukun materiallarni presslashga tayyorlash deganda asosan kukun
materiallarning bazi bir xossalarini oshirish va belgilangan kimyaviy tarkibga
keltirish uchun aralashtirish jarayonlari tushuniladi. Kukun materiallarning
xossalari juda ko’p bo’lib ulardan asosiy xossalariga preslanuvchanligi kiradi. Bu
xossaga ega bo’lgan kukunlar yaxshi shakllanadi va press qolipdan chiqgach
ma‘lum darajada mustaxkamlikga ega buladi. Bu esa preslangan maxsulotlarni
pechga yoki quritish sexiga jo’natish operatsiyasini amalga oshirishga imkon
beradi. Lekin aksariyat xollarda kukun materiallari juda yomon preslanadi shuning
uchun ularga maxsus moddalar qo’shiladi. Bu moddalar plastifikator deb atalib
ular kukun preslanish darajasini yaxshilash imkonini beradi. Bunday moddalarga
o’z navbatida malum talablar kuyilib ularga: qo’shilgan modda kukun tarkibidagi
elementlar bilan tasirlashmasligi; qizdirib pishirish jarayonida qoldiqsiz material
tarkibidan chiqib ketishligi; kam miqdorda kukun materialining presslanish
darajasiga katta ta’sir ko’rsatishiligi talab qilinadi. Bunday xossaga ega bo’lgan
moddalarga:
1- parafin; 2- kauchugning benzindagi eritmasi; 3-past temperaturali
polimerlar; 4-glesirin u kabi boshqa moddalar kiradi. Ular presslash jarayonida
kukun zarasalarni bir-biri bilan mustaxkam birikib turishini taminlaydi. 6-Rasmda
plastifikator qo’shilib presslangan kukun materialning struktura sxemasi
keltirilgan.