Namuna
1-guruh
2-guruh
3-guruh
-tilidab bol tomadi
-og‘zi bo‘sh
-ichi qora
-istarasi issiq
-tili zahar
-tirqi sovuq
-qalbi toza
-og‘zi bo‘sh
-qo‘li kalta
-dimog‘i chog‘
-zuvalasi pishiq
Ushbu topshiriq o‘quvchilarning iboralarni qanchalik yaxshi bilishlarini
sinab ko‘rishdan iborat. Iboralar nutqning ta’sirchanligi va rang-
21
barangligini ta’minlaydi. Shaxs otlariga ko‘p iboralar topa olgan va
ushbu iboralarni izohlab, tushuntirib bergan guruh o‘quvchilari g‘olib deb
topiladi va rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa qilib shaxs oti bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar va tasviriy
vositalar topib kelish buyuriladi.
Namuna
1. Orqasidan tushmoq- qayerga borsa, zimdan ta’qib qilib bormoq
2. Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi- umidi puchga chiqib, bo‘shashmoq.
3. Tekkanga tegib tegmaganga kesak otmoq- tegajaklik qilib, hech
kimga tinchlik bermaslik.
4. Tepsa tebranmas- har qanday ishni ham imillab qiladigan sustkash.
5. Chumchuq “pir” etsa yuragi “shir” etadi- o‘taketgan qo‘rqoq.
6. Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq- yaxshilik qilaman degan
holda yomonlik qilib qo‘ymoq.
Shaxs otiga misol bo‘lgan tasviriy vositalar.
1. Afgonchi- baynalmilal jangchi.
2. Baxt va shodlik kuychisi-Hamid Olimjon.
3. Fudbol quroli- Pele.
4. Ishq kuychisi- Mashrab.
5. Vatan posbonlari- askarlar.
6. G‘azal mulkining sultoni- Alisher Navoiy
7. Moyqalam sohibi- rassom.
8. Salomatlik posbonlari.
9. Izquvar- tergovchi.
10. Is’tetod sohiblari- talantli kishilar.
|