11
Surround signalidan tashqari, L va R kanallarining ayirmasiga teng signal ham
bo‗ladi. Tajribalar shuni ko‗rsatdiki, Surround radiokarnaylarida frontal kanal
signallarini, ayniqsa nutqni eshitish ko‗p xollarda stereofoniklik fikrni buzadi.
Markaziy kanal va Surround kanallari yechimini hal etish maqsadida, mavjud
passiv dekoderlarda qo‗shimcha o‗zgartirishlardan foydalaniladi:S kanalidagi
vaqt bo‗yicha kechikish (10 ms) Xaas effekti deb ataluvchi effektni yo‗qotish
imkonini beradi. Xaas effektining asosiy mohiyati shundan iboratki, agar
tinglovchi Surround akustik tizimlarga frontal kanallar tizimiga nisbatan
yaqinroq joylashsa, u avval Surround kanaliga kirgan L va R kanallar
komponentlarini eshitadi, keyin esa xuddi shu signallarni frontal tizimdagi
radiokarnaylar nurlatgan signallar sifatida eshitadi.
Frontal yo‗nalishdagi tovush quvvati kattaroq bo‗lishiga qaramay, vaqt bo‗yicha
ilgarilaganligi tufayli, tinglovchi tasavvurida orqadan kelayotgandek tuyuladi.
Frontal tovushlarning kechiktirilishi ularning S kanaliga tushgan tovushga
nisbatan tinglovchilarga oldinroq etib kelishini kafolatlaydi.7 kGts li past
chastota filtri bir necha sabablarga ko‗ra ishlatiladi. Ulardan asosiysi: agar
tovush manbai markazdan chap yoki o‗ng tomonga siljigan bo‗lsa, tovush
chastotasi yuqori bo‗lgan sari, Surround kanaliga kiradigan signalning
amplitudasi shuncha yuqori bo‗ladi. Darhaqiqat, bir xil geometrik masofalar
ayirmasida fazalar ayirmasi chastotaga bog‗liq, L va R signallari bir xil
amplitudaga ega bo‗lganda, L R signallar ayirmasi amplitudasi (ya‘ni S kanaliga
kirayotgan signal) faqat fazalar ayirmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun yuqori
chastotalarda kanallarning samarali bo‗linishini ta‘minlash qiyinroq. Ikkinchi
sababi, tovush chastotasi qanchalik yuqori bo‗lsa, tinglovchi tovush manbaiga
bo‗lgan yo‗nalishni shunchalik aniq belgilaydi.
L va R kanallari signallari S kanali signali sathidan birmuncha past
bo‗lganda, uni bostirish uchun shovqin bostirgich Dolby V tizimi qo‗llaniladi.
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, Dolby Surround odamning eshitish a‘zolari
xususiyatlaridan-psixoakustik effektlardan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: