etilishining asosiy prinsiplari to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning
asoslarini belgilab berdi. Bundan tashqari ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakillantirish,qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish,umumdavlat va xududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakilaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning xududlar manfaatlarini ifoda etishi, kuyi-Qonunchilik palatasi esa o’z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi xisobga olindi. Milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va uning xar bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq belgilab berildi. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to’grisida”gi va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’grisida”gi konstitusiyaviy qonunlarning 2003- yilda qabul qilinishi aloxida axamiyat kasb etdi. O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonnning o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “o’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi