FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
tushunchasi keng ma’noga ega: o’rganilayotgan tushuncha va fikrlarni tasvirlab
beradigan misollar, muayyan masalalarni yechish uchun namunalar, teskari misollar
va h.k), o’ziga kerakli miqdorda masalalarni yechish imkoniyati, shuningdek nazorat
savollariga javob berib yoki nazorat ishlarini bajarib o’zini tekshirish imkoniyati.
6. Moslashuvchanlik tamoyili: o’quv jarayonida elektron o’quv uslubiy
majmua muayan foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashish imkoniyatiga ega
bo’lishi, o’rganilayotgan materiallarning chuqurligi va murakkabligini o’zgartirishga
imkon berishi, foydalanuvchining ehtiyojlariga mos ravishda qo’shimcha ko’rgazmali
materiallarni yuzaga keltirishi, o’rganilayotgan tushunchalar va masalalar natijalarini
grafik va geometrik interpretatsiyasini taqdim etishi kerak.
7. Kompyuterli yordam tamoyili: o’quvchi ixtiyoriy paytda uni zerikarli
ishlardan ozod etuvchi va o’rganilayotgam materialning mohiyatiga e’tiborini
qaratishga, ko’proq misollarni ko’rish va yechishga imkon beradigan kompyuter
yordamidan
foydalanishi
mumkin.
Bunda
kompyuter
nafaqat
qo’pol
almashtirishlarni, har xil hisoblashlarni va grafiklarni qurishni bajaradi, balki ixtyoriy
qiyinlik darajasidagi matematik amallarni bajaradi, shuningdek ixtiyoriy bosqichda
olingan natijalarni tekshiradi.
8. Yig’iluvchanlik tamoyili: elektron o’quv uslubiy majmualar ularni yagona
elektron majmualarga birlashtirish imkonini beradigan formatlarda bajarilishi kerak,
ularni kengaytirish va yangi mavzular hamda bo’limlar bilan to’ldirish imkoniga ega
bo’lishi kerak, alohida fanlar bo’yicha elektron kutubxonalarni shakllantirish
imkonini berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: