23
kiritilgan marganes rudasidan qaytariladi. Aralashmalarning qaytarilishi quyidagicha
sodir bo‟ladi:
MnO + C = Mn + CO;
SiO
2
+ 2C = Si + 2CO.
P
2
O
5
ko‟rinishidagi fosforning qaytarilishi ham shunday amalga oshiriladi.
Oltingugurt temir bilan birikma hosil qilib, qolgan temirda eriydi.
Yuqorida qayd qilingan elementlarning qaytarilishi tufayli domna pechida
temirning uglerod, marganes, oltingugurt, fosfor bilan murakkab qotishmasi hosil
bo‟ladi. Bekorchi jins, kul, oltingugurt, koks va ruda aralashmalarining bir qismi
flyus bilan birikib shlak hosil qiladi. Domna jarayonida shlakning roli juda katta,
cho‟yanning sifati hosil bo‟lgan shlakning xarakteriga bog‟liq. Oltingugrtni chiqarib
yuborish quyidagi reaksiya bo‟yicha sodir bo‟ladi:
CaO + FeS
FeO + CaS.
Shlak domnada suyuqlantirishning qimmatli mahsuloti hisoblanadi. U turar
joy va sanoat binolarini qurishda, sement, beton, g‟isht tayyorlashda, yo‟llar
qoplamasida va hatto o‟g‟it sifatida ishlatiladi.
Domna gazi suyuqlantirishning muhim mahsuloti bo‟lib, yuqori kaloriyali
yonilg‟i hisoblanadi. Undan turli metallurgiya agregatlarini (havo isitgichlari, koks
batareyalari) isitishda foydalaniladi, so‟ngi vaqtlarda undan qimmatli kimyoviy
mahsulotlar olinmoqda. Bir kecha – kunduzda 1500 t cho‟yan beradigan domna
pechi 90 – 100 t yoqilg‟i o‟rnini bosadigan gaz beradi.
Dostları ilə paylaş: