1.1-rasm. A. Maslouning ehtiyojlar iеrarxiyasi
7
.
7
А́braxam Maslou (Abraham Maslow, 1908- 1970) — taniqli amerikalik psixolog, insonparvar psixologiya
asoschisi, inson ehtiyojlari ierarxiyasi nazariyasining muallifi.
A. Maslouning ehtiyojlar iеrarxiyasi
Odamlarning takror ko'payishiga, oziq-ovqatga, nafas olishga, jismoniy
harakatlarga, kiyim-bosh, uy-joy, dam olish va hokazolarga bo'lgan
fiziologik va jinsiy ehtiyojlari
Ekzistentsial ehtiyojlar - o'z yashashining xavf-xatarsiz bo'lishiga
ehtiyoj, ertangi kunga ishonch, hayot faoliyatining barqaror shart-
sharoitlari, insonni qurshab turgan muhitning muayyan darajada
doimiy va muntazam bo'lishiga ehtiyoj, mehnat sohasida esa,
kafolatlangan bandlikka, baxtsiz hodisalardan sug'urtalanishga va shu
kabilarga bo'lgan ehtiyojdir
Jamoaga aloqadorlikka, unga mansublikka, muomalada bo'lishga,
boshqalar to'g'risida g'amxo'rlik qilishga, o'ziga e'tibor berilishiga,
birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtirok etishga bo'lgan ijtimoiy
ehtiyojlar
O'z-o'zining hurmat qilinishiga, obro'-e'tiborga ega qadr-qimmatning
oshishiga, xizmat sohasida o'sishiga, maqomi, nufuzi ortishiga, tan
olinish va yuqori baho olishga bo'lgan ehtiyojdir
Shaxsiy, ma'naviy ehtiyojlar o'zining ijod orqali faollashuvi, o'zini
namoyon qila olishida ifodalanadi
13
Nazorat uchun savollar
1. “Uy-joy fondini boshqarish” fanining prеdmеtini aytib bеring.
2. “Uy-joy fondini boshqarish” fani oʻqitishdan maqsad nima?
3. “Uy-joy fondini boshqarish” fanining asosiy vazifalari nimalardan
iborat?
4. Uy-joy fondi tushunchasining mazmunini aytib bеring.
5. Uy-joy fondini boshqarish tushunchasi mazmunini aytib bеring.
6. Uy-joy fondining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati nimalardan iborat?
7. Oilalarning alohida uy-joyga egaligi qanday ahamiyat kasb etadi?
8. Munosib turar-joy dеganda nimani tushunasiz?
9. A. Maslouning ehtiyojlar iеrarxiyasining mazmuni tushuntirib bеring.
|