BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Nafasni boshqaruvchi mexanizmlarning yoshga bog’liq xususiyatlari to’liq
o’rganilgan. Bor ma’lumotlar asosan chaqaloqlik davriga oid bo’lib, ular
yuqorida keltirilgan.
Bola o’sishi va rivojlanishi jarayonida nafas asinxronligi tekislanadi,
qovurg’alararo muskullar va diafragma harakatlarida monandlik paydo bo’ladi,
nafas harakatlarining shakli va ritmi uyg’unlashadi, organizmning kislorodga
bo’lgan
ehtiyojiga qarab, nafasning o’zgarishi optimallashadi. Bunday
o’zgarishlarning negizida boshqaruv mexanizmlarining takomillashishi yotadi.
Bir yoshga to’lgan bolalarda gipoksiya sezilarli darajada nafasni tezlashtiradi.
Birinchi va ikkinchi bolalik davrlarida organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji
ortgan sharoitlarda o’pka ventilyatsiyasi faqat nafas chastotasi hisobiga emas,
balki uning chuqurlashuvi hisobiga ham ortadi. Ammo nafasga olinadigan
havoda kislorod miqdori teng miqdorda kamaysada, o’pka ventilyatsiyasi
bolalarda kamroq
ortadi.
Demak,
bolalarda
chetdagi
va
markaziy
xemoretseptorlarning kislorodning parsial bosimi o’zgarishiga sezgirligi pastroq.
Bolalardagi nafas tizimi nafasga olinadigan havoda CO
2
miqdorining
ko’payishiga minutlik ventilyatsiyani oshirib, aniq javob beradi. Bola qancha
kichik bo’lsa, javob shuncha ko’p.
Bu farqlarga qaramasdan, nafasni reflektor boshqarish mexanizmlari erta
yoshlikdan yetarli darajada rivojlangab bo’ladi.
Bola osishi davrida nafas markazining faoliyati takomillashib boradi. Bola
bir yoshga to’lishi bilan nafas nutqda ishtirok eta boshlaydi. Ikki yashar bolaga
o’pkadagi tovushlarni eshitish maqsadida nafasni chuqurlashtirish zarurligini
tushuntirish mumkin. To’rt yashar bola ixtiyoriy ravishda o’pka ventilyatsiyasini
ko’paytirishi yoki nafasni to’xtatishi mumkin. Bu davrda yarim sharlar
po’stlog’i bulbar nafas markazi ustidan to’la nazorat o’rnatadi. Shu bilan nafasni
boshqaruv mexanizmlarining rivoji tugamaydi. Tayanch-harakat apparatining
rivojlanishi va bola harakatlanishining jadallashishi nafas markaziga
proprioretseptorlardan kelgan afferent ma’lumot miqdorini oshiradi. Bunga
javoban nafasning jismoniy ish miqdoriga moslashishini ta’minlovchi
reaksiyalar takomillashadi, distant analizatorlarning nafasni boshqarishdagi roli
ortadi.
Dostları ilə paylaş: