34
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim-tarbiya jarayonining tug`ri
tashkil etiluvchisi
va ularda integratsiyalashuv jarayonining amalga oshishi;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitish jarayonida baholashning reyting tizimi;
- kasb-hunar kollejlarida ta`lim jarayonlarni boshqarish bo’yicha tashkil
etiladigan mustaqil ta`lim mazmuni;
- kasb-hunar kollejlarida o’qitishning umumiy printsiplari va
metodlari;
- atrof-muhit va insonni fizik, kimyoviy va biologik hodisalar zararli ta`siridan
himoyalash vositalari va
usullarini aniqlashi;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida dars o’tish
metodikasi;
- darsni to’g`ri tashkil etish rejasi va unda taqdim etiladigan axborotlarni
integratsiyalash;
- darsning texnologik xaritasi, professiogrammalarga qo’yiladigan talablar;
- muammoli ta`lim va uni amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari;
- pedagogik madaniyat va kasbiy mahorati;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan fakultativ
va qo’shimcha mashg`ulotlar mazmuni;
- o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini
tashkil etish maqsadida
seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida foydalaniladigan muammoli
topshiriqlar mazmuni;
- pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda tashkil etiladigan mustaqil
ta`lim mazmuni;
- o’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik-psixologik usullar;
- elektron darsliklar asosida texnologik jarayonlarni o’qitish tamoyillari va
metodlari (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida
taqdimotlar namoyish etish hamda ulardan samarali foydalanishning yo’l-
yo’riqlari);
- kasbiy fanlarni o’qitishning umumiy tamoyillari va metodlari;
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitish metodlari;
35
- o’quv jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlarni aniqlashi va ularni
qo’llashi;
- dars uchun zarur bo’ladigan o’quv va uslubiy materiallar ishlab chiqishi;
- amaliy mashg`ulotlar hamda laboratoriya mashg`ulotlar jarayonida
o’quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etuvchi muammoli
topshiriqlar yaratishi;
- o’quvchi-talabalarning loyihachilik qobiliyatini
shakllantirishga xizmat
qiluvchi topshiriqlar to’plamini ishlab chiqishi;
- darsga oid asosiy va yordamchi vositalar(tarqatma materiallar, ko’rgazmali
qurollar, audio, video, texnologiyalar)ni tayyorlay olishi va darsning texnologik
xaritasini tuzishi;
- o’quvchilar faoliyatini baholashning reyting tizimini ishlab chiqishi;
- mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklardan samarali foydalanishning
yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqishi;
- kasbiy ta`lim jarayonida masofadan o’qitishni tashkil etishda o’qitish
metodlarini tahlil qilib, ularni qo’llash uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqishi
ko’zlanadi.
SHuningdek, bu qismda muallif tomonidan o’rganib chiqilgan materiallar
tahlili asosida erishilgan natijalar,
yangiliklari, ixtirolar, me`yoriy ko’rsatkichlar,
tavsiya etilayotgan texnologik jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar
tavsiya etiladi, taklif etilayotgan ob`ektni takomillashtirish yo’llari, iqtisodiy
samaradorligi
aniqlanadi, ilgari surilayotgan g`oya va takliflar ilmiy jihatdan
asoslanadi.
Taxlilning dastlabki materiallari talaba tomonidan pedagogik amaliyot
jarayonida o’rganilgan o’quv muassasasining ish rejasi yoki ularning bir qismi,
yillik xisoboti, moliyaviy va statistik hisobot materiallari
va boshqa hujjatlar
bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: